1. Soliqlar va yig‘imlar. Soliqlarning va yig‘imlarning turlari. Soliq to‘lovchilar



Yüklə 18,11 Kb.
səhifə1/6
tarix10.04.2023
ölçüsü18,11 Kb.
#104960
  1   2   3   4   5   6
2-mavzu


2-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida soliqlar va yig‘imlar tizimi.
Reja:
1.Soliqlar va yig‘imlar.
2.Soliqlarning va yig‘imlarning turlari.
3.Soliq to‘lovchilar.
4.Soliq to‘lovchilarning huquqlari.
5.Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari.
Tayanch iboralari. Soliq kodeksi, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, ijtimoiy soliq.
Soliq deganda Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb yuritiladi) to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.
Yig‘im deganda budjet tizimiga Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi.
Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to‘lovlar, shuningdek qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib qo‘yish soliqlar yoki yig‘imlar jumlasiga kirmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2) aktsiz solig‘i;
3) foyda solig‘i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Avtotransport yig‘imini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi Soliq Kodeks bilan tartibga solinadi.
Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi.

Yüklə 18,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə