Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə16/64
tarix24.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#97793
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

Imtiyozlar
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to’lashdan quyidagi yuridik shaxslar ozod qilinadi:
4) ichki ishlar organlari huzuridagi qo’riqlash bo’linmalari.
Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to’lashdan ozod qilinadi:
1) Protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko’rsatishdan, nogironlar uchun mo’ljallangan protez-orto’ediya buyumlari va inventarlarni ta’mirlash hamda ularga xizmat ko’rsatishdan olingan foydasi;
2) shahar yo’lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo’nalishli taksidan tashqari) yo’lovchilarni tashish bo’yicha xizmatlar ko’rsatishdan olingan foydasi;
3) tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olin gan foydasi;
5) Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag’lardan foydalanishdan olingan foydasi.
6) fond birjasida emissiyaviy qimmatli qog’ozlarni realizatsiya qilishdan olingan foydasi.
Soliq solinadigan foydani kamaytirish
Yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi quyidagi summaga kamaytiriladi:
1) ekologiya, sog’lomlashtirish va xayriya jamg’armalariga, madaniyat, sog’liqni saqlash, mehnat organlari, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, ta’lim muassasalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga beriladigan badallar, homiylik va xayriya tariqasidagi mablag’lar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning ikki foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda;
3) ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruktsiya qilishga, shuningdek ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlarni uzishga, lizing obyekti qiymatining o’rnini qoplashga yo’naltiriladigan mablag’lar summasiga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda. Soliq solinadigan foydani kamaytirish yuqorida ko’rsatib o’tilgan xarajatlar qilingan soliq davridan e’tiboran, texnologik jihoz bo’yicha esa u foydalanishga to’shirilgan paytdan e’tiboran besh yil ichida amalga oshiriladi. Yangi texnologik jihoz xarid qilingan (import qilingan) paytdan e’tiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan yoki tekinga berilgan taqdirda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to’lash bo’yicha majburiyatlar tiklangan holda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyoz qo’llanilgan butun davr uchun bekor qilinadi. Ushbu imtiyoz tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi soliq to’lovchilar tomonidan qo’llaniladi;
5) yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimlarga ipoteka kreditlari badallari to’lashga va (yoki) mulk sifatida uy-joy olishga tekin yo’naltiriladigan mablag’lar summasiga, biroq soliq solinadigan bazaning 10 foizidan oshmagan miqdorda;
6) diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy ‘artiyalar va harakatlardan tashqari), xayriya jamg’armalarining mulkida bo’lgan korxonalar foydasidan shu birlashmalar va jamg’armalarining ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun yo’naltiriladigan ajratmalari summasiga.
7) qo’shimcha foyda solig’ini to’lovchilar uchun sof qo’shimcha foyda summasiga;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 8-ilovasiga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkalari quyidagicha belgilandi.








Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə