Isajon sultonning "ozod"romanidagi ramziylik



Yüklə 354,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix20.10.2023
ölçüsü354,92 Kb.
#128719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
isajon-sultonning-ozod-romanidagi-ramziylik

Keywords: Eastern philosophy, modern literature, spirituality, unity, world of wisdom, 
semantic layer, aesthetic ideal 
KIRISH (Introduction) 
Badiiy asarning yaralishi ijodkordan katta mahorat talab qiladi. U muallifning 
tinimsiz mehnatlari, izlanishlari, uyqusiz tunlari, halovatsiz hayoti, buyuk 
istedodining samarasi o‘laroq maydonga keladi. Asar yozish ijodkordan tengsiz 
mahorat, malaka, matonat va qobiliyatni talab qiladi. Mana shu xislatlarning bir 
yozuvchida jamlanishi badiiy ijoddagi eng nodir va ulkan hodisa sifatida baholanadi.
Chunki, yozuvchilarning ayrimlari chinakam iste’dod egalari bo‘lsa, boshqalari 


 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
242 
www.birunijournal.uz 
mashaqqatli mehnatlar orqali yozuvchilik maqomiga erishadilar. Mana shunday 
nodir ijodkorlardan biri Isajon Sultondir. Uning “Ozod”romani o‘zbek 
romanchiligiga yangicha ruh, kayfiyat olib kurdi. Roman modern adabiyotning 
namunasi bo‘lib, o‘z mazmun-mohiyati bilan hozirgacha yozilgan ko‘plab 
romanlardan tubdan farq qiladi. Syujeti jihatidan asar mumtoz adabiyot namunalariga 
borib taqalsa ham, aslida butunlay yangicha xarakterdagi ijod mahsulidir. Romanda 
Sharq falsafiy tafakkuri, ya’ni zohirni ko‘rib botinni anglash, ruhiy poklanish, 
ma’nolar olami, Haqqa yetishish kabi tasavvufiy qarashlar muhim o‘rin tutadi. Asar 
to‘laligicha ramziy belgilar asosiga qurilgan, ya’ni “hech narsa ko‘ringani kabi 
emasdir..” [1; 3-b] 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Mustaqillik davriga kelib adabiyot yo‘lidagi mafkuraviy g‘ovlardan xalos 
bo‘lgach, an’anaviy romanchilikdagi ijodkorning o‘ziga xos shakl va uslub 
individulalligi ko‘rina boshladi. Mumtoz adabiyot chashmalaridan oziqlanish, milliy 
qadryatlarga e’tibor kuchaydi. O‘zbek adabiyotida modernizm yo‘nalishi shiddat 
bilan yuzaga qalqdi. Bu holat G‘arb adabiyotiga taqlid natijasida emas, tabiiy 
ravishda tug‘ilgan ehtiyoj samarasi sifatida maydonga keldi. Bularning bari roman 
janri imkoniyatlarini kengaytirdi. 
Modern adabiyotda tasavvur va hayolot parvozi cheksiz , uzluksiz. Hayoliy bu
jarayon qahramonga ko‘chib o‘tgach, o‘ziga xos ong oqimini vujudga keltiradi. 
“Ozod” romanida reallik bilan tasavvur uyg‘unligi bir vaqtning o‘zida namoyon 
bo‘ladi. Qahramon ongida hikmat qatlamlariga to‘la ma’naviy olamlar yaraladi. Vaqt 
chegarasi yo‘qolib, zamon va makon mohiyatini o‘zgartiradi. Hodisalar zamiridagi 
ramziy qulflarni ochish orqali asarning g‘oyaviy maqsadi yoritiladi. An’anaviy 
romanchilikka yot bo‘lgan bu kabi yondashuv, modernizmning ustivorligi, g‘oya va 
uslubning orginalligi asarning badiiy qimmatini oshiradi. 
Diqqatga molik jihati, romanda yozuvchi o‘ziga xos yangicha uslubdan 
foydalanadi. Unda modernistik yo‘nalishga oid bo‘lgan turli usullar, masalan, asarga 
aloqasi yo‘qdek ko‘ringan tasodifiy qahramonlar, voqealar, fikrlar talaygina. Asar 
yakuniga yetgani sari bu tilsimotlarga aniqlik kiritilib, mohiyat ochilib boradi. 
Qahramonning turli holatlarda sinovlardan o‘tishi, qarshisida moziy pardalari 
ko‘tarilib, tarix sahifalari namoyon bo‘lishi, aql idrokiga tayanib balolardan omon 
qolishi, nihoyat maqsadga yetish jarayonlari tizimli tarzda izchillik bilan ifodalanadi. 
Maqsad sari bosilgan yo‘l o‘tib borayotgan umrdir. Insonning umri bir tekis 
kechmaydi. Unda yaxshilik ham, yomonlik ham bor. Umr yo‘li davomida odamzodni
harakatga undovchi asosiy omil ehtuyojdir. Ayni shu ehtiyoj ramzi sifatida “baxt 
lolasi” tavsif etilgan. Uning siymosida har kim o‘z istagini ko‘radi. Aksariyat 



Yüklə 354,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə