Isajon sultonning "ozod"romanidagi ramziylik



Yüklə 354,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix20.10.2023
ölçüsü354,92 Kb.
#128719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
isajon-sultonning-ozod-romanidagi-ramziylik

 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
245 
www.birunijournal.uz 
bo‘ysundira olish qobiliyatidir” [7;17]. So‘zning qudratidan foydalanib ko‘plab 
ma’no va mazmun qatlamlarini hosil qiladiganlar ijodkorlardir. Shuningdek, 
Parandovskiy so‘zni g‘azabni yengish, qayg‘uni aritish, qalb isyonini bostirish 
vositasi ekanini ta’kidlaydi: “Qotib qolgan qayg‘u-ahduhlarni, taassuflarni, 
xavotirliklar, g‘ashlik va g‘azabni so‘zga ishonib topshirish ruhan poklanmoq 
demakdir” [7;17]. Yana u so‘zlar ba’zan insonni nobud bo‘lishdan yoki jinni bo‘lib 
qolishdan saqlab qoladigan yagona chora ekanini aytadi. Demak, inson so‘zlar 
vositasida ichki g‘alayonlarini, quvonch va qayg‘u tug‘yonlarini tashqariga chiqaradi, 
dardlashadi, sevinchni baham ko‘radi. So‘zlar yordamida qalbidagi alamli 
og‘riqlardan xalos bo‘ladi, aks holda qalb jarohatlanishi mumkin. Inson so‘zlar ekan, 
hech bir so‘z yo‘q bo‘lib ketmaydi, hammasi muayyan bir shaklni hosil qiladi
shakllar kishilar hayotiga yaxshi yoki yomon ta’sir qiladi, ba’zan taqdirlarni 
o‘zgartiradi: “ Zotan aytilgan so‘zlar allaqachon moddiylashib bo‘ldi, shakl yasadi, 
tevarakni o‘zgartirdi va aytuvchi hayotining mohiyatini belgilab berdi” [8;4-b]. 
Ayrim so‘zlar aytilishi bilan o‘z sohibini ko‘klarga ko‘tarsa, ba’zilari boshiga balolar 
yog‘diradi. Bu jihatdan so‘z aytguvchining kim ekani ham ahamiyatga molikdir. 
Dononing so‘zi salmoqli, so‘zdagi hikmatlar toshi og‘ir, elu yurtga foydali. 
Nodonning so‘zi ko‘p va behuda, ko‘p bo‘lsa-da, yuki yengil. Chunki so‘zda ma’no 
yo‘q, ammo qanday so‘z bo‘lmasin, undan, albatta, biror bir shakl yasaladi.
Asarda odam bolasining o‘ylamay aytgan so‘zlaridan insoniyatning kushandasi 
bo‘lgan dahshatli maxluqlar yaralishi, ular Qof tog‘i orqasida urchib ko‘payib, fursat 
poylab yotishlari aytiladi. E’tiborli jihati shundaki, maxluqlarning tog‘dan ozod 
bo‘lib chiqib ketishlariga ham yana shu so‘z sababchidir: “ ..Bir kuni odam bolasi bir 
nojoiz so‘z aytadi, u gunohga aylanadi-shunda tog‘ darz ketadi. Yana bir so‘z aytadi-
darz kengayadi. Keyin esa darz yoriqqa aylanadi. Ana shu yoriq ochilsa bas..” 
[9;243-b] Ammo savobli amallar qiladigan va yaxshi so‘zlar so‘zlaydigan insonlar 
tufayli darz yana torayadi, yoriq yopiladi. Bu hodisa orqali olam yaxshilar, 
yaxshiliklar tufayli buzilib ketmasligi, ular dunyo muvozanatini ushlab turishlarini 
tushunish mumkin. Maxluqlar hali ham Qof tog‘ining ortida ekan, demak olamda 
yaxshilar ko‘p, ular ezgu amallar qilishyapdi.
Asar kompozitsiyasi Ozodning Oydin qizga baxt lolasini olib kelish uchun 
safarga chiqishidan boshlanadi. Qahramon zimmasidagi vazifa kechga qadar lolani 
olib kelish: “Tushgacha yetib boraman, cho‘qqilarga chiqib-tushgunimcha yana biroz 
vaqt o‘tsa, shomga qadar izimga qaytsam kerak” [9;151]Yo‘l umrga ishoradir. Shom 
umrning poyoni, lola esa farovon va to‘kin hayot ramzidir. Kimki lolaga yetsa, 
uning hayoti baxt-saodatga to‘ladi. Bu ezgu niyatga asoslangan tushuncha asrlar osha 
xalq orasida an’anaga aylanib ketgan. Odamlar bunga ishonadilar va har bir bo‘y 



Yüklə 354,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə