|
Isajon sultonning "ozod"romanidagi ramziylikisajon-sultonning-ozod-romanidagi-ramziylik
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI
ISSN (E) 2181-2993
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
246
www.birunijournal.uz
yetgan yigit albatta mo‘jiza lolani olib kelish haqida o‘ylaydi: “Minglar u mahal
baquvvat, chayir, o‘ktam yigit edi, mana shu ayoliga fotiha qilinganida qoyalaru
o‘ngirlar osha borib, taqdir lolasini uzib kelgan, deydilar. Odamlar o‘shanda lolani
ko‘rishdan umidvor bo‘lib Minglarning uyi oldiga yig‘ilishdi. Biroq, horib-charchab,
nechundir o‘zgarib-yoshi ulg‘ayganday bo‘ib qaytib kelgan Minglar hech kimga
ko‘rsatmadi. Minglarning nikohidan keyin ham lolani birov ko‘rmadi, ammo bu oila
g‘oyat sarishta, uvali-juvali, qutli-barakatli bo‘lib chiqdi”[9;23-b].
Nima uchun baxt guli sifatida muallif aynan lolani tanladi? Atirgul yoki
qizg‘aldoq deb atamadi. Sababi atirgulni hamma ham uzib olishi mumkin, uni har
yerdan topsa bo‘ladi. Lola esa o‘ziga cho‘qqilarni, qorli va toshli joylarni makon
qilgan. Uning yoniga yetib borish oson emas, duch kelgan yerda uchratib ham
bo‘lmaydi. Mana shuning uchun lolaning qadri baland, bahosi qimmat. Garchi
atirgulning go‘zalligi undan kam emas, hidi ham hushbo‘y. Lekin qiyinchiliksiz
kelgan ne’matning zavqi bo‘lmaydi. Shu sababli insonlar baxt lolasiga ixlosmand
edilar, deb xulosa chiqarish mumkin. Ammo oilasiga lolani olib kelganlar juda kam.
Lolaga yetishish yo‘li mashaqqatli, hatto ilojsiz: “Bu yo‘lda xunobadan iborat
daryolar bor, xunoba emas, balki zahar-zaqqum, deyilsa, to‘g‘riroq bo‘lar. Tog‘lari
ham osmonga tig‘ tortgan..” [9;156-b]. Demak, farovon hayotga yetish har bir
voyaga yetgan yigitning orzusi, niyati. Lekin bunga erishish kishidan ko‘p mehnat,
sabot, matonatni talab qiladi. Orzu qilganlarning hammasi ham bu fazilatlarga ega
emas. Ular uchun bu manzilga yetishning iloji yo‘q, faqat jasorat egalarigagina nasib
etadi baxt lolasi. Ba’zilar uchun esa buning mutlaqo ahamiyati yo‘q. Ular befarq,
loqayd, rivojlanish, muvaffaqiyat qozonishga intilmaydilar, turli bahonalar topib
o‘zlarini aldab yashaydilar: “U yerda guvillab esayotgan shamoldan boshqa hech
narsa yo‘q” [9;157]. Bunday kimsalar qorong‘u hayotlariga bir tutam nur olib
kirishga urinib ham ko‘rmaydilar, erinchoqlik qiladilar, o‘zgarishlarga toqat
qilolmaydilar. Bular bir ishni boshlamoqchi bo‘lsa, uddalay olmasliklari haqida
o‘ylaydilar, mag‘lub bo‘lishlaridan, omadsizlikdan qo‘rqadilar. Natijada rostdan ham
hech narsaga erisha olmaydilar. Chunki, ular qalblaridagi ishtiyoqni, ishonchni
shubha-gumonlari bilan o‘ldirib qo‘yadilar. Bunga, ko‘pincha, atrofdagi yaqinlari
ham sababchi bo‘ladilar: “Go‘daklik paytdayoq hayotda erishishni juda istagan
narsalarga intilganimizda, yo‘q, bu narsalarga erishib bo‘lmaydi, degan gapni
quloqqa quyib qo‘yishadi. Bola: harchand urinmay, baribir o‘zim xohlagan narsaga
erisha olmayman, degan fikr bilan ulg‘ayadi” [10;2-b]. Dunyoga kelishlaridan
maqsad nima ekanini ham tushunmay shu holda nom- nishonsiz o‘tib ketaveradilar.
Ozod esa bulardan farqli ravishda o‘z maqsadi sari qiyinchiliklarni yengib,
olg‘a boradi. “Agar inson ezgu maqsadlari sari intilsa, unga butun koinot yordam
|
|
|