|
Isajon sultonning "ozod"romanidagi ramziylikisajon-sultonning-ozod-romanidagi-ramziylik
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI
ISSN (E) 2181-2993
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
243
www.birunijournal.uz
kishilar hayotda faqat o‘z ehtiyojlarini qondirishni o‘ylaydilar. El-yurt manfaati
uchun qayg‘uradigan insonlar asarda Ozod timsolida ifodalangan. Ulargina baxt
lolasiga yetib boradilar, o‘zi uchun unga ko‘z tikkanlar oqibatda bo‘sh qo‘l bilan
ortga qaytishga majbur bo‘ladi.
NATIJALAR
I.Sultonning so‘zga munosabati, individual uslubi, ramz tanlash mahorati uning
romanlari saviyasini ko‘taradi. Asarlarining sarlavhasi ham ramziydir. Ozodning
mashaqqat chekib manzilga yetib borishi, baxt lolasiga erishishi, maqsadiga yetishi
va bu yo‘lda ruhan poklanishi, ruhning turli illatlardan ozod bo‘lishiga ishoradir.
Boshqa tarafdan yondashganda yigitning qishloqdan chiqishi, muayyan maqsad bilan
mustaqil safarga otlanishi, ya’ni chegaradan o‘tishi deb qarash ham o‘rinli bo‘ladi.
Bu yerda chegara qishloqdir. Unda Ozodning ota-onasi, turli tartib-qoidalar bor.
Tashqarida esa chegarasi yo‘q kenglik, erkinlik bor.
Asarda ramz, majoz, aforizmlardan unumli foydalanilgan. I.Saymurodova bu
haqida fikr bildirib, romanda bashariyatning o‘zligini anglashga bo‘lgan
intilishlarini mahorat bilan ko‘rsatib berilganini ta’kidlaydi: “I.Sulton “Ozod”
romanida ilgari surilayotgan g‘oyani inson o‘zini-o‘zi anglash yo‘lidagi manzil,
ma’no va mazmunni o‘ziga xos ifoda yo‘sini orqali noan’anaviy tarzda kitobxonga
taqdim etadi” [2;96-b].
MUHOKAMA
Badiiy matnda Uchyong‘oq, Iskandar devori, Tuz cho‘li kabi ramziy ma’nolarni
aks ettirgan noreal makonlar tasviri, Ozodning hayratlari, o‘ylari, anglashlari,
bugungi kun ortida tarixni namoyon bo‘lishi kabi noan’anaviy ifoda usullaridan
foydalaniladi. Romanni akslarda ifodalangan ma’no olamlariga yashiringan
hikmatlar haqida deyish ham mumkin. Muallif butun olam, borliqni ko‘zguga
mengzaydi, har bir narsa nimaningdir aksi degan fikrni olg‘a suradi. Masalan,
qaqragan giyoh qurg‘oqchilikning aksi, qiyshiq imorat uquvsiz ustani aks ettirishini
ta’kidlaydi. Ammo ijodkorning nazarida akslarning eng ajoyibi so‘zdir. Boshqa
akslar olamdagi narsalarni ko‘rsatsa, so‘z inson ruhini aks ettiradi. Adabiyot so‘z
san’ati, insonshunoslik ekan, demak, u inson ruhiyatining oynasidir. I.Haqqul “bir
obraz tarixi va taqdiri” maqolasida bu haqida yozadi: “Adabiyot inson ruhining bir
oynasi. Odam qismati ba’zan shu qadar murakkab, shu darajada ziddiyatli bo‘ladiki,
uning tub mohiyati va ichki bog‘lanishlarini faqat adabiyot suvratlantirib ko‘rsatishi
mumkin” [3;20-b]. Uning ma’nolari tasavvurga sig‘magan xayoliy manzaralarni ham
yaqqol namoyon qiladi. Aks haqida so‘z yuritganda adabiyotshunos Izzat Sultonning
bu borada bildirgan fikri ham ahamiyatga molikdir: “Kishi ongi hayotni aks
|
|
|