Inson malumotlarini qayta ishlash tizimi Reja



Yüklə 73 Kb.
səhifə4/8
tarix22.03.2024
ölçüsü73 Kb.
#180173
1   2   3   4   5   6   7   8
Inson malumotlarini qayta ishlash

Shaxsiy qarorlar - ishchining o’zining mehnat faoliyati to’g’risidagi qarorlardir.
Boshqaruvchi qarorlar - faqat muassasa rahbarlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlardir.
Qabul qilinadigan qarorlar tarkibida yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul qilinadigan qarorlar ham bo’ladi. Ammo yakkaboshchilik asosidagi qarorlar ko’p xollarda asosli tanqidga uchrab turadi. Sababi, rahbar yakkaboshchilikka asoslangan qarorni aksariyat hollarda o’zini ko’rsatish maqsadida qabul qiladi. Bunday rahbar faoliyatining 80-90% buyruqbozlikka asoslangan bo’ladi. Bu jamoada keskinlikning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Boshqaruv qarorlari jamoa fikriga tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi bilan bo’ysinuvchilar o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, o’zaro ishonchning yo’qolishi, nizolarning kelib chiqishi muqarrardir.
2.Qaror qabul qilishdagi vaziyat.
Inson hayoti turli xil vaziyatlar, holatlar, sharoitlar jarayonida amalga oshar ekan, har bir lahzada, har bir qadamda qaror qabul qilish zaruriyatiga duch kelinadi. U ish faoliyati bo’ladimi, yaqinlar, tanish-bilishlar bilan munosabatlar bo’ladimi, xatto o’z-o’zimizni holatimizga, o’z-o’zimizni tushunishga taalluqli jarayonlar bo’ladimi, barchasida qaror qabul qilish vazifasi ko’ndalang bo’lib turadi. Va bizning faoliyatimizning, munosabatlarimizning, qisqasi, butun hayotimizning qanday tashkil ettirilishi va natijalari aksariyat xollarda qabul qilgan qarorimiz xarakteriga bevosita bog’liq bo’lib qoladi.
Nima uchun bitta shaxsning o’zi turli xil vaziyatlarda, sharoitlarda aynan bitta masala bo’yicha bir xil qaror qabul qilmaydi? Vaholanki o’sha qarorning oldingi o’xshash sharoitda to’g’riligini bilgan bo’lsa ham? Nega biz qaror qabul qilishda ikkilanamiz? Nima uchun bir toifa odamlar uchun to’g’ri deb hisoblangan qaror boshqa toifa odamlar tomonidan to’g’ri bahosini olmaydi? Sharoitlarni, vaziyatlarni hisobga olgan xolda qaror qabul qilish va optimal natijaga erishish uchun nima qilish kerak?
Shu va shunga o’hshagan qator savollarga javob topish uchun inson psixologiyasi xususiyatlariga murojaat qilishga to’g’ri keladi.
Ma’lumki, qarorlarning standart variantlari mavjud emas va ularni algoritmik tarzda qabul qilib ham bo’lmaydi. Bu esa qaror qabul qilishda sub’ektiv, psixologik omillarning roli juda yuqoriligini ko’rsatadi. To’g’ri, qaror qabul qilish jarayonini engillashtiruvchi ko’plagan qoidalar, amallar va metodlar mavjud. Lekin har birimiz o’z tajribamizdan bilamizki, qaror qabul qilish jarayonida formallashtirilmagan, sub’ektiv, xatto ko’pincha intuitiv omillarning roli juda katta bo’ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda qaror qabul qilish ham boshqaruv nazariyasi, ham psixologiya nuqtai nazaridan tadqiqot predmeti bo’lib hisoblanadi. Shunday ekan, qaror qabul qilish funksiyasi jarayonini tahlil etish ikkita asosiy, bir-biridan juda farq qiluvchi, lekin juda o’zaro bog’liq ikkita sohani – tashkiliy va psixologik sohani o’z ichiga oladi.
Ta’kidlash kerakki, boshqaruv qarorlarini qabul qilish muammosi boshqaruv to’g’risidagi ta’limotni rivojlanishida muhim rol o’ynagan. Lekin o’zoq yillar davomida xulq-atvorning, shu jumladan qaror qabul qilishning ratsionalligi nuqtai nazaridan yondasha borib, rahbar turli xil vaziyatlarga to’liq tayangan to’g’ri qaror qabul qilishga erishishi kerak degan qat’iy xulosaga asoslanib kelingan. Lekin Ch.Bernard, G.Saymon, D.March, D.Olsenlarning tadqiqot ishlari natijasida odamga xos bo’lgan psixofiziologik cheklanishlarning mavjudligi ob’ektiv sharoitlarni to’liq hisobga olish va natijada ratsional xulq-atvorga va qaror qabul qilishga erishish mumkin emasligi isbotlandi. Natijada “cheklangan ratsionallik” konsepsiyasi ishlab chiqildi va bunda eng asosiy g’oyalardan biri – sub’ektiv, psixologik xususiyatlar – bu ob’ektiv, xulq-atvorni chekloqchi omillardan iborat degan g’oyaga tayanildi. Bular esa qaror qabul qilish jarayoniga muhim, ko’pincha hal etuvchi ta’sir kursatadi degan xulosaga kelindi.
Hozirgi kunda qaror qabul qilish nazariyasida 2 xil – normativ va deskriptiv yondashuv mavjud.
Normativ yondashuv qaror qabul qilish jarayonlarini sub’ektiv, psixologik omillardan abstraktlashgan xolda tadqiq etadi va qaror qabl qilishning ideal usul va “retseptlprini” ishlab chiqishga yo’nalgan. Deskriptiv yo’nalish esa aksincha, ushbu omillarni asosiy omillar deb hisoblashga asoslanadi. Birinchi yondashuv o’z oldiga qarorni qanday qabul qilishlari kerakligini aniqlash vazifasini qo’ysa, ikkinchi yondashuv qaror qabul qilish jarayoni real ravishda qanday sodir bo’lishini aniqlash vazifasini qo’yadi.
Zamonaviy boshqaruv nazariyasida ushbu ikkita yondashuv sintez qilingan holda qaraladi.
Qaror qabul qilishga qator tashkiliy omillar bevosita ta’sir ko’rsatadiki, ular qabul qilingan qarorning sifatini belgilab beradi. Bular: qaror qabul qilish muhitining noaniqligi, murakkabligi va dinamikligi.
Noaniqlik deganda qaror alternativalarini tanlab olish uchun relevant (tarmoq) informatsiyalarning etishmasligi tushuniladi. Relevant informatsiya – bu asosli qarorni ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan, yuzaga kelayotgan muammoli vaziyat mazmuniga adekvat bo’lgan informatsiyadir. Odam aynan noaniqlik sharoitlarida muhim qarorni qabul qilishiga to’g’ri keladi. Bu noaniqlik sodir bo’layotgan voqea-hodisalarni baholashning qiyinligida, va vaziyat kelgusida qanday rivoj olishini bila olmaslikda namoyon bo’ladi. Bunday noaniqlik vaziyatlarida qabul qilingan qarorlarimiz (pul, karera, tanishish va x.k. lar bo’yicha) qanday natijalarga olib kelganligini har birimiz tajribamizdan yaxshi bilamiz. Noaniqlikni keltirib chiqaradigan sabablar juda ko’p. Eng avvalo, noaniqlik qaror qabul qilish uchun zarur informatsiyaning yo’qligi (etishmasligi) oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Bu sabab informatsion defitsit deb nomlagandi. Ikkinchi sabab – informatsiyalarni xaddan ziyod ortiqchaligi oqibati ham bo’lishi mumkin. Bu holatda katta informatsion oqim orasidan muammoli vaziyatga relevant bo’lgan va ushbu vaziyatdan chiqishga yordam beradigan informatsiyani ajratib olish qiyinligi yuzaga keladi. Yana bitta sabab – qaror qabul qilishda boshqa odamlarning ta’siri. Ayrim odlamlar (ongli yoki ongsiz ravishda) informatsiyani bo’zib ko’rsatishga, soxtalashtirishga, xatto yashirishga moyil bo’ladilar.
Qaror qabul qilish muhitining murakkabligi deganda qaror qabul qilish jarayonida hisobga olish zarur bo’lgan ko’p sonli omillar mavjudligi, ularning o’zaro bog’liqligiva o’zaro bir-biriga ta’sir qilishi tutuniladi. Bu ma’noda ayrim omillarning o’zaro bog’liqligi boshqa bir omillarning o’zgarishiga olib kelishi nazarda tutiladi. Bu holatdan xulosa – omillar yig’indisiga bir qatorda turuvchi, mexaniq yig’indi sifatida emas, balki yaxlit va bir-biriga bog’liq tizim sifatida qarash kerak.
Qaror qabul qilish muhitining dinamikligi deganda ichki va tashqi tashkiliy omillarning doimiy va yuqori darajadagi o’zgaruvchanligi tushuniladi. Shundan kelib chiqiladigan bo’lsa, har qanday qaror nafaqat diagnostik, balki prognostik ham bo’lishi kerak. Bunday qaror yaqin kelajakda va kelgusida, ya’ni qaror amalga oshirilishi davrida muhitda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni hisobga olishi zarur. Bundan tashqari, dinamiklikka qaror qabul qilish vazifasini amalga oshirishda vaqt cheklanganligi – seytnot vaziyati ham ta’sir ko’rsatadi. Vaqt etishmasligi yoki kechikish sharoitida qabul qilingan qarorlar har doim ham to’g’ri bo’lmasligini har birimiz yaxshi bilamiz.
Yuqorida qarab chiqilgan muhit o’lchamlaridan tashqari yana bitta muhim o’lcham mavjud – bu qaror qabul qilish muhitining konfliktlilik darajasi, ya’ni qaror qabul qilishga daxldor odamlarda ko’pincha antogonistik manfaatlarning ifodalanganligi.
Qaror qabul qilish jarayoni psixologik jarayon bo’lganligi sababli shaxsning qaror qabul qilishiga ta’sir ko’rsatadigan qator psixologik mexanizmlar va qonuniyatlarga, ularning fanda o’rganilganligiga e’tibor qaratish zarur.
Inson psixologiyasida qator qonuniyatlar mavjudki, ularning qaror qabul qilish jarayoniga bevosita ta’sir ko’rsatishi fanda o’rganilgan. Bular idrok va xotira xususiyatlari, informatsiyaning qanday kontekstda kelganligi bilan bog’liq holatlardir.

Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə