Oilaning ijtimoiy-psixologik muhitining farzand tarbiyasiga ta'siri Reja



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#141423
  1   2
Oilaning ijtimoiy psixologik muhitining farzand tarbiyasiga ta\'siri


Oilaning ijtimoiy-psixologik muhitining farzand tarbiyasiga ta'siri
Reja:

1. Kirish.Oila muborak qo‘rg‘on


2. Oila farzand tarbiyasining bosh bo‘g‘inidir
3. Oilaga ijtimoiy muhitning ta’siri.
4. Yoshlar tarbiyasida oilaning o‘rni
5. Xulosa.


Kalit sozlari: ota-ona, oila, oilaviy muhit, voyaga yetmaganlar, onalik va bolalikni muhofaza qilish, jamiyat, tarbiya, g‘amxo‘rlik,yoshlar oila tarbiyasi,

Kishilik jamyatinining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti tarixidan ma’lumki, bola shaxsining kamoloti oilada shakllanadi. Oila — jamiyat hayotining kichik bir debochasi bo‘lib, har tomonlama sog‘lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun ma’sul bo‘lgan g‘oyat muhim tarbiya o‘chog‘dir.


O‘zbek oilasi a`zolarning barchasini savodxon, ma’lumotli deb atasak, xato qilmagan bo‘lamiz, ana shu imkoniyatlar ta’sirida o‘g‘il va qizlar bilimli, fikr-mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovati bo‘lib voyaga etmoqdalar.
Oiladagi bola tarbiyasi ikkiyoqlama ahamiyat kasb etadi, ota-onalar farzandlariga ahloq-odob, ruhiyat va ma’naviyatga oid bilimlardan saboq berish bilan qanoatlanib qolmasliklari, balki o‘zlari ham tarbiyaning o‘ziga xos sir-sinoatlari, hususiyatlari, uning mazmun-mohiyati va ma’nosiga doir eng yangi ma’lumotlardan xabardor bo‘lib turishlari kerak bo‘ladi.
O‘z farzandlariga oqilona tarbiya bera olgan ota-onalar, umrlarini rohat va farog‘atda o‘tkazadilar, bolalaridan hamisha olijanoblik, mehribonlik, yaxshilik ko‘radilar, dillari aslo jaroxat azobini sezmaydi; o‘kinish hissiga duchor bo‘lmaydilar. Shu to‘g‘rida o‘zbek xalqidagi quyidagi maqol darak beradi: “Toy ulg‘aysa, ot tinadi (ya`ni ot minishdan qutqariladi)”.
Oilaning asosiy tayanchi bo‘lgan ota, hayotning barcha mashaqqatlaridan totib ko‘radi, o‘zining bukilmas irodasi, adolatparvarligi, hayot sinovlariga bardoshliligi bilan ajralib turuvchi buyuk shaxs sifatida gavdalanadi.
Ota — oilaning boshlig‘i, posbonidir. Zero, oilaning har bir ko‘z ilg‘amas nuqtalarini ilg‘ay olish, oila a’zolariga faqat to‘g‘ri, haq yo‘lni ko‘rsatib turishdek insoniy mas`uliyat ota zimmasida turadi.
Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, o‘zaro muomala madaniyatida, eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va haqqoniylik, samimiylik va xolislik yuzasidan namuna ko‘rsatadi.
Murg‘ak tasavvurli bola ilk tarbiyani oilada oladi. Bola tarbiyasining ilk saboqlari haqida atoqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud Axloq” kitobida quyidagi ibratli o‘g‘itlarni aytgan edi: “Tarbiyani tug‘ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvatlantirmak, zexnimizni ravshanlashtirmak lozim”.
Oilada kattalarning obro‘si qo‘rqitish asosida emas, balki samimiylik, o‘zaro hurmat-ehtirom zamiriga qurilishi maqsadga muvofiqdir. Oila a`zolarining inoqligi, o‘zaro hamjihatligi, kiyinish madaniyati, mehnat faoliyati, o‘zga kishilar to‘g‘risidagi suhbatlari va ularning boshqa sifat hamda fazilatlari bolaning murg‘ak tasavvuriga yangi timsollarni olib kiradi.
Oila tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo‘lib yetishishida mu­him o‘rin tutadi, bola dastlab oilada jamiyatning qiyofasini quradi, bo‘lajak fuqaroning huquq va burchlari, dunyoqarashi va axloqiy qarashlari oilada shakllanadi, shu asosda jisman va ruhan kamol topib boradi. Bola uchun oiladagi sog‘lom ijtimoiy-ruxiy muhit, madaniy-ma`naviy va axloqiy qadriyatlar, an`analar, ijtimoiy-hayotiy tajribalar, ko‘nikma va malakalar manbaidir.
Bu oilaviy tarbiya jarayonida sayqallanib boradi, tarbiyaning mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan iborat bo‘lib, tarbiyaning mazmuni, yo‘nalishi, maqsadi va vazifasi kishilarning ijtimoiy munosabatlariga bog‘liq.
Kishi shu munosabatlarga asosan hayotga biron-bir tarzda qaraydigan bo‘ladi, tafakkuri orqali olamni anglaydi va o‘zining unga nisbatan munosabatini shakllantiradi, muayyan axloq mezonlari ruxida tarbiya topadi, chunki oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruxiy olamiga, xissiyoti va tuyg‘ulariga chuqur ta`sir ko‘rsatadi.
Oila­dagi ma`naviy-ruxiy muhit, bola tarbiyasida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, oila a`zolarining turmush tarzi ko‘p hollarda farzandlarning ruhiy kayfiyati, tasavvuri va xissiyotlarini belgilab beradi. Demak oila sog‘lom, barka­mol insonni tarbiyalab voyaga etkazishda jamiyat oldida mas`uldir.
Oilada tarbiya topgan xar bir inson xar jixatdan umuminsoniy ahloqiy, ilmiy, e`tiqod va boshqa sohalarda kamolatga yetgan hislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim, kamolot sari intilgan kishi asta-sekin olamni, o‘zligini taniy boshlaydi.
Komillik insonning adolatli bo‘lishi, xaqiqat va yaxshilikka intilishi, vijdonan pok, o‘z hatolarini anglab, ulardan xalos bo‘lishga xarakat qilishi demakdir, ma`naviyatni boyitish, iymon-e`tiqodli, aql-zakovatli bo‘lish kishilarni g‘aflatdan uyg‘otadi, barcha ezgu tilaklarini ro‘yobga chiqaradi.
Yosh avlodni barkamol, sog‘lom, Vatan tuyg‘usini xis qila oladigan shaxs qilib voyaga etkazish, birinchi navbatda, oilaga va ota-onaga bog‘liqdir.
Yosh avlodda kelajakka bo‘lgan ishonch xissini uyg‘otish uchun esa, ajdodlarimizning ma`naviy-axloqiy merosini chuqur o‘rgatish, ularning iste`dodi va qobiliyatini buyuk maqsadlar sari yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, oilalarda moddiy boylikning ko‘payishi, undan ota-onalar va bolalarning noto‘g‘ri foydalanishi, o‘smirlarning bir qismida hayotga iste`molchilik, boqimandalik nuqtai-nazardan qarashni, tubanlikni, xudbinlikni keltirib chiqaradi, mehnatsiz boylik orttirish kayfiyati kuchayadi.
Oila qon qarindoshchilik, (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Koʻp jamiyatlarda oila bolalar sotsializatsiyasi uchun asosiy inistut vazifasini oʻtaydi. Antropologlar oilalarni matrilokal (ona va uning bolalari), er-xotin (bolalari boʻlsa,nukliar oila deyilad) va qon-qarindosh (nuklear oila va qaynata-qaynana birga yashovchi) tiplarga ajratishadi.
Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga boglangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.
Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud boʻlmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toʻda-toʻda boʻlib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar muayyan tartib-qoidaga ega boʻlmay, toʻdadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, soʻngra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib guruhli oila paydo boʻlgan. Lekin, bu oilalarda hali er-xotin nikohi barqaror alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan. Bu davrda tabiiy omil oʻz vazifasini tugalladi, yaʼni jinsiy munosabatlar doirasidan qonqarin-doshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi (yana qarang: Patriarxal oila, Poliandriya, Poligamiya, Poliginiya).
Ijtimoiy ishlab chiqarish — chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan erkaklar mehnatining qadri oshdi, mah-sulot ishlab chiqarishda ulushi ortdi, binobarin, ularning ijtimoiy mavqei ham tubdan oʻzgardi. Mavjud qoida tartiblar — farzandlarning onagagina tegishli boʻlishi, ona mulkiga merosxoʻr sanalishi erkaklarning yangi mavqeiga zid kelib qoldi. Natijada ota xuquqiga asoslangan patriarxal oila vujudga keldi. Shunday qilib, hozirgi individual oilaning oʻtmishdoshi — monogam oila vujudga kelgan (qarang: Monogamiya).
Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazadi. Yaxshilarini oʻz bagʻrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Oila oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangʻich ijtimoiy yoʻnalish beradi. Oʻz farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qoʻshish bilan esa Oila jamiyat yoʻnalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va maʼrifatini ham belgilashga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qoʻrgʻon hisoblanib kelingan. Xususan, oʻzbek oilalarining serildizlik, serbutoqlik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Oʻzbeklarda oilalarning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta roʻzgʻor tutishi, farzandlarni odobli, maʼnaviy yetuk boʻlib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli katta. oʻzbek oilalari oʻzlarining mustahkamligi, saran-jom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mehr-oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi (qarang oila tarbiyasi).
Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi tufayli xalqimizning azaliy milliy urf-odat va marosimlari qaytadan tiklana boshlandi, bu udumlar oilani mustahkamlashda muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston hukumati oila masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga ko‘ra, oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi, u jamiyat xdmda davlat tomonidan muhofazada boʻlish huquqiga ega. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshqa qonuniy hujjatlar ham qabul qilinib, amaliy tadbirlar belgilangan. Jumladan, "Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralari toʻgʻrisida" 1994-yil 22 avgustda farmon chiqarilib, muhtoj oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam berishning koʻlami kengaytirildi. Oilani jamiyatning ravnaq topilishidash tutgan oʻrni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta 1998-yilni "Oila yili" deb eʼlon qildi. Shunga asosan, oila manfaatlarini taʼminlash borasidaamalga oshiriladigan tadbirlar toʻgʻri-sida davlat dasturi ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida Respublika "Oila" ilmiyamaliy markazi tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga solishga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilingan.
Oila tarbiyasi — oilada ota-ona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch -oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllab-quvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin kamol topib boradi. Anʼana va marosim oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga erishish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar almashishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qattiq jarohatlanadi, u tajang, serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun oila tarbiyasida maktab va ota-onalar oʻrtasidagi taʼlimtarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Ota-onalarning oʻqituvchilar bilan boʻlgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular oʻz farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar ota-ona maktab bilan yaqin aloqa oʻrnatishi, farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xabardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida oʻqituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan soʻng nima bilan mashgʻulligi haqida oʻqituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim. O‘z navbatida oʻqituvchi va sinf rahbari ham bolaning oʻqishi, odobi, xulqi, maktabda oʻzini tuta bilishi haqidagi maʼlumotlarni ota-onaga yetkazishi, zarurat tugʻilganda paydo boʻlgan muammolarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining aʼzosi boʻlib qolishi kerak. Oʻqituvchi va sinf rahbari ham oʻz oʻquvchisining oilasi bilan mustahkam hamkorlikni yoʻlga qoʻymogʻi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila oʻziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.
Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo‘lsagina, kutilgan natijalarga erishish mumkin. Oila tarbiyasida yutuqlarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi bo‘yicha tajribalar almashishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizg‘in jalb qilishga ham bog‘liqdir. Har bir ota-ona oila tarbiyasida o‘zlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim.
Oila jamiyatning negizi va tarbiyaning asosiy instituti hisoblanadi. Oila farzand tarbiyasida birlamchi bo‘g‘in bo‘lib, u bolaning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.Yurtimizda bolalarga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kimning bilim olish huquqiga egaligi, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi qayd etilgan bo‘lsa, 45-moddasida voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasida ekanligi, 64-moddasida ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi, davlat va jamiyat yetim va ota-onalarning vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlashi lozim. Ta’kidlash lozimki, jamiyat gultoji hisoblangan inson, birinchi navbatda, oilada shakllanadi va voyaga yetadi. har bir oqil insonning, jamiyat oldidagi vazifasi qobil farzandni o‘stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, Vatanga sadoqatli etib voyaga yetkazishdan iborat.Biroq ba’zi ota-onalar farzandlar oldida janjallashadilar, oqibatda oilada salbiy muhit shakllanadi. Ota-ona o‘rtasidagi doimiy janjal bolaning asab tizimiga qattiq salbiy ta’sir etadi. Muntazam janjal bo‘lib turadigan oilada tarbiyalangan bola ruhan zaif bo‘lib o‘sadi va unda oilaga nisbatan ishonch, hurmat yo‘qoladi. Bola uydan ertaroq chiqib ketib, kechroq kelishga harakat qiladi. har bir ota-ona oilada o‘zaro hurmat, bir-biriga nisbatan mehr-oqibatli, bo‘lish, qiyinchiliklarni birgalikda yengib o‘tish kabi sifatlarni yoshlarda shakllantirishga mas’uldir. Bugungi kunda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarligining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, bolalar o‘rtasida nazoratsizlik, ta’lim muassasalarida davomatning pasayishi, ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etishi hollari ko‘paymoqda. Voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarligining oldini olishda, ularning huquqiy savodxonligini yuksaltirishda oiladagi tarbiya va muhit alohida ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, hozirgi kunda voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olishda oilalardagi muhitni ijobiy shakllantirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Arzimagan bahonalar bilan sodir bo‘layotgan oilaviy ajrimlarga barham berish lozim. Chunki oilada ota yoki onaning yo‘qligi ba’zan bolaning kamroq nazorat ostida bo‘lishiga, moddiy muammolarga ko‘proq duch kelishiga hamda uning manfaatlari, qiziqishlari va dunyoqarashining keskin o‘zgarishga sabab bo‘ladi. Nosog‘lom oilalarni o‘z vaqtida aniqlash va uning a’zolari bilan tarbiyaviy-profilaktik ishlarni amalga oshirish zarur. Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish faqat huquqni bilish emas, balki uni to‘g‘ri tushunish hamdir. Farzandlarimiz qonun va axloq me’yorlari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni bilish bilan cheklamasdan, ularga rioya etishlari zarur. Jinoyatchilikning ko‘payishi voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan qonun buzulishi holatlarining oshib borishi jahondagi barcha mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekistonda ham davlat va jamiyat oldida turgan dolzarb vazifalardandir. Yurtimizda keyingi yillarda amalga oshirilgan ishlar natijasida voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishini kamaytirishga, to‘xtatishga erishildi. Lekin erishilgan yutuqlarga, muvaffaqiyatlarga mahliyo bo‘lib, nazoratni susaytirmaslik lozim. Bu borada kuzatilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish, uni keskin kamaytirish dolzarb masala ekanligidan dalolat beradi.



Mamlakatimizda yoshlar faoliyati ustivor yo‘nalishlardan biri bo‘lib, uning asosiy maqsadi yoshlarning har tomonlama shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori to‘la to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.Ayrim turdagi jinoyatlar sonining o‘sishi kuzatilayotgani sababli jinoyatchilikka, xususan, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurashishni kuchaytirish va buni har tomonlama asoslantirilgan tartibda tashkil qilishni taqozo qilmoqda. Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni dastlabki tergovda va sud jarayonida alohida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan masalalar sirasiga voyaga yetmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.Xo‘sh, qanday shart-sharoitlar voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilishiga imkon bermoqda? Buning sabablarini turli omillar bilan bog‘lash mumkin. Masalan, voyaga yetmagan shaxs oilasida tarbiyaning sustligi, ta’lim muassasalarida tarbiyaning talab darajasida emasligi, bolaning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etilmagani, yoshlarning ruhiy rivojlanish holati va boshqa omillarni keltirib o‘tish o‘rinli. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kelib chiqish sabablari va unga imkon beruvchi shart-sharoitlarni o‘rganishda tergov va sud amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, ko‘pgina holatlarda oila a’zolarining tarkibi, ularning ma’lumoti, kasbi, lavozimi, ish va o‘qish joylari, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar, ularning xulq-atvorlari, oilaning moddiy sharoitlari, oila a’zolarining ruhiy va jismonan sog‘lig‘ini alohida e’tiborga olgan holda o‘rganilishi jinoyat sodir etishga imkon beruvchi omillarni aniqlashda muhim sanaladi. Jinoyat ishlarini tergov qilishda ularning jinoyat sodir etishlarida imkon, sharoit yaratib bergan katta yoshdagi dalolatchilar yoki ishtirokchilarning mavjudligini aniqlash muhimdir. Voyaga yetmaganlar jinoyat ishlarida katta yoshdagi dalolatchilar yoki boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo‘qligini o‘rganishlarini voyaga yetmagan shaxs jinoyat sodir etishga qay darajada imkon yaratib berganliklarini, yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etishni yuzaga keltiruvchi va shakllantiruvchi ta’sirni aniqlash muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etishga imkon beruvchi sharoitlar xususida so‘z ketganda, bolaning ruhiy rivojlanish holatlariga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Jinoyatchilikning oldini olish, ularning kelib chiqishiga imkon beruvchi sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish bilan bog‘liq quyidagi choralarni amalga oshirish lozim:
− voyaga yetmaganlarga oilada, bog‘chada, maktab va boshqa ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaga jiddiy yondashish; − voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtlarini ota-onalar va boshqa mutasaddilar tomonidan to‘g‘ri tashkil etish; − ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish ishlari bilan shug‘ullanuvchi muassasalar faoliyatini muntazam ravishda takomillashtirib borish; − ommaviy axborot vositalarini voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish, imkon yaratuvchi sharoitlarni bartaraf etishga faol jalb etish, jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniq tahlil qilish, sinchiklab o‘rganish hamda uni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish. Bola nima uchun jinoyatga qo‘l uradi? Qachonki, uning atrofidagilar unga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lmasa, uning uchun zarur sharoit yaratib berilmasa, bo‘sh vaqtlari qanday va kimlar bilan o‘tkazilganiga e’tibor qaratilmasa, u o‘zini jamiyatda ortiqcha his qilishi mumkin. Bunday holat bolada ruhiy o‘zgarishni hamda jinoyatga moyillikni keltirib chiqaradi. Farzandlarining taqdiriga, ularning barkamol bo‘lib ulg‘ayishiga befarq bo‘lmagan xalq, biror nojoya ish qilgan bolani ayblash va jazolashdan oldin, nima uchun bunday hodisa sodir bo‘ldi, degan savolga javob axtarsa, albatta, barcha muammolarga yechim topilgan bo‘lardi. Bola nafaqat huquqlarga, balki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-, 52-moddalarida nazarda tutilgan burchlarga ham ega. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashdan iborat.
Har qanday davlatning kelajagi undagi yosh avlodning tarbiyasi, ta’lim olishi, salohiyati, sog‘lig‘i bilan chambarchas bog‘liq. Xulosa qilib aytganda, yoshlarni sog‘lom, barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga sharoit yaratish maqsadida davlatimiz va hukumatimiz tomonidan qator qonunlar hamda qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bu me’yoriy-huquqiy hujjatlar O‘zbekistonda barkamol avlodni tarbiyalash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvatlash, yordamga muhtoj yoshlarni davlat himoyasiga olishga va ularni jamiyat uchun kerakli insonlar qilib tarbiyalashga qaratilgan.
Oila-jamiyatning tayanchi. Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg‘ulari oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod bo‘lishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda o‘sib-unayotgan bolalarimizga bog‘liq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilar ekan, o‘sha oila, o‘sha mahalla gullab-yashnaydi.
Farzand tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak?, degan savol ko‘pchilikni o‘ylantiradi. Ko‘pchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tug‘ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug‘ullanish lozim, deb javob bergan.
Oila, odob-axloq va ta'lim-tarbiyaga e'tibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona” degan ibratli maqol ham aynan xalqimizga xos. Mana shu maqolning o‘zi ham farzand tarbiyasi, oilaparvarlik biz uchun nechog‘lik muhim ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa keksalar ko‘chada nobop ish qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo o‘tib ketmagan, shu zahotiyoq tanbeh berib to‘g‘ri yo‘lga chaqirgan. Zero, har tomonlama chiroyli, odobli, go‘zal xulqli bo‘lish, nafsni poklashga buyuruvchi muqaddas dinimiz oilaga katta ahamiyat beradi.
Oiladagi muhit ota-ona o‘z ma'suliyatlarini his qilishi bilan barqaror bo‘ladi. Bolalarning odobli bo‘lib ulg‘ayishi uchun ota-ona bilan bir qatorda mahalla-kuy ham katta ibrat maktabidir. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, deb bejiz aytmagan xalqimiz.Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi, boshqalar bilan o‘zaro munosabatida olijanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak. Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bo‘ladi. Shuning uchun uning atrofdagilari o‘z odatlari bilan ba'zan o‘zlari sezmagan holda ularga ta'sir qiladilar. Oiladagi qo‘pol munosabatlar, ko‘p yolg‘on gapirish, yoqimsiz xatti-harakat bola tarbiyasiga salbiy ta'sir qiladigan nosog‘lom muhitni keltirib chiqaradi.
Farzand tarbiyasida ota-onaning muomalasi muhim o‘rin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qo‘pol, dag‘al so‘zlar eshitib, kaltak yeb katta bo‘lsa, bu uning tabiatiga salbiy ta'sir qiladi. Bu esa o‘z navbatida oiladagi nosog‘lom muhitda tarbiyalanayotgan boladan “ma'naviy kasal” insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat ma'naviyatiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Oilada ota-onalar “ommaviy madaniyat” ta'siriga berilib ketishi oqibatida farzandlarning tarbiyasiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Istiqlol tufayli xalqimiz chet-el yurtlarini kezib, yangi xalq va urf-odatlarni guvohi bo‘lib qaytmoqdalar. Shu jumladan Yevropa davlatlariga sayr qilib kelayotgan fuqarolarimiz bugungi kunda g‘arb o‘smirlari orasida boshqa mamlakatlar yoshlariga qaraganda uyushgan jinoyatchilik va zo‘ravonlikka berilish holati yuqori. Bunga sabab bolalarga keragidan ortiq erkinlik berilgani ekan. Ularni hozirdan aysh-ishratga berilib, turli axloqsiz hatti-harakatlarga ruju qo‘yishdan hech kim qaytarmasligini aytib berishmoqda.
Inson hayoti davomida biror shaxsni o‘ziga o‘rnak deb biladi, bundan inson u kabi hayot kechirishni, u erishgan yutuqlar kabi muvaffaqiyatlarga erishishni, yuksak cho‘qqilarga chiqishni ko‘zlaydi. Bugun jamiyatning yosh a'zolari o‘z hayotlari uchun boshqa madaniyat vakillarining fikrlash va hayot tarzini o‘rnak qilib olishlari ko‘p muammolarni keltirib chiqarmoqda.
XXI asrda turli hayot tarzlari va g‘oyalar raqobatga kirishdi. Bunda muvaffaqiyatga erishish uchun har bir davlat o‘zligini saqlagan holda diniy va milliy qadriyatlarini boshqalarga anglatishni asos qilgan mafkuraga ega bo‘lishi lozim. Aks holda, o‘zlikni yo‘qotish, bebaho qadriyatlardan voz kechish kishini taraqqiyotdan ajratib, uni tobe, mustaqil fikri yo‘q manqurtga aylantirib qo‘yadi. Hozirgi kunda g‘arazli maqsadlarni amalga oshirish uchun zimdan olib borilayotgan fitnalar ba'zi millatlarning o‘zligini yo‘qotishga qaratilganini sezish mumkin. Bunda e'tibor xududlarini egallash emas, balki inson ongini egallashga yo‘naltirilgan.
Albatta bola tarbiyasi o‘ta murakkab va ma'suliyatlidir. Bu har bir ota-onadan o‘z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma'lumotlardan baxobar bo‘lib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko‘rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o‘z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir.
Bugungi kunda oilaviy tarbiyaning qiyinlashuvi shundaki, birinchidan, jamiyat taraqqiy etib borgani sari har tomonlama yetuk insonni shakllantirish talablari ortib boraveradi. Bu esa oilada bolaga estetik, jinsiy tarbiya, axloqiy tarbiya berish sifati va ko‘lamini oshirish talabini qo‘yadi.
Ta'lim-tarbiya, odob-axloq bolalikdan berilgani ma'qul. Rasululloh (a.s.): “Birontangiz o‘z farzandlaringizni tartib-intizomga o‘rgatsa, bu har kuni sadaqa bergandan yaxshiroqdir”, deya marhamat qilganlar.
Bolalarni intizomga o‘rgatish oila mustahkamligiga asos bo‘ladi. Islom shu ma'noda ota-onalarni o‘z farzandlariga sog‘lom tarbiya berishga rag‘batlantiradi. Hadisi sharifda “Farzandlaringizni hurmat qiling va ularni yaxshi xulq bilan xulqlantiring” deb ta'kidlangan.
Farzand tarbiyasi jarayonida bola huquqlarining kamsitilmasligi talab etiladi. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg‘ulariga chuqur ta'sir ko‘rsatadi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko besh yoshgacha bo‘lgan tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib o‘tgan. Bu haqda u shunday deb yozgan: “...tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga yetadi, demak, siz besh yoshgacha nima qilgan bo‘lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi”. Mana shu jarayonda bola tarbiyasiga o‘ta e'tiborli bo‘lish lozim.
Yoshlarning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllantirishda, har jihatdan barkamol etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb etadi. Zero, hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga o‘z umri va salohiyatini bag‘ishlagan allomalarimizning asarlarida sog‘lom avlod tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarga alohida o‘rin berilgan.
Sharq allomalari o‘z asarlarida farzandlarga tarbiya va ta'lim berish, uni ma'rifatu madaniyatga yetaklash muammolariga e'tibor berganlar.
Buyuk mutafakkirlar farzand tarbiyasi, go‘zal axloqning inson kamolotiga sabab bo‘luvchi yuksak fazilat ekanini ta'kidlaganlar. Jumladan, Imom Buxoriyning “al-Adab al-mufrad hadislar to‘plami, Abu Lays Samarqandiyning “Tanbehul g‘ofiliyn” asarlarida farzandlarga yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish tarannum etilgan.
Yurtimiz ulamolari o‘z asarlarida farzandining chiroyli odobidan umid qilgan ota-ona, uni muntazam ravishda husni xulq asosi bo‘lgan muomala odobining quyidagi qirralari bilan tanishtirib borishi muhim ekanini alohida ta'kidlaganlar:
- farzandingiz odamlar bilan muomalada shirinso‘z, muloyim, bosiq va kamtar bo‘lishiga e'tibor qarating;
- odamlar xursandchiligini baham ko‘rish, g‘am-anduhidan qayg‘urish, mol-mulkiga xiyonat qilmaslik, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish husni xulq egalariga xos fazilatlardandir. Shuning uchun farzandingizga ana shu xislatlarni bolalikdan singdirish payida bo‘ling;
- farzandingizga o‘zgalar bilan muomala chog‘ida boshqalarni g‘iybat qilish, o‘zgalarni mensimaslik, obro‘si, boyligi yoki mansabiga qarab munosabat ko‘rsatish ham odobsizlik ekanini uqtirib boring;
- yoshi ulug‘ kishilar, ustozlar bilan muomalada ularning ko‘ziga tik boqmay, gaplarini jim tinglash, savollarigagina javob qaytarish, buyruqlarini sidqidildan bajarish ham bolalar qalbiga jo qilishga e'tibor bering.
Ota-bobolarmiz azaldan o‘g‘il qizlarning go‘zal xulqli, odobli bo‘lishiga katta ahamiyat berganlar. Binobarin, islom dinida ham axloq imon qatoriga qo‘yiladi.
Farzand tarbiya qilganda odatda o‘g‘il bolalar tarbiyasi bilan ko‘proq ota, qiz bola tarbiyasi bilan esa ona shug‘ullanadi. Albatta bunda farzandning saviyasini inobatga olish muhim. Bolani biror-bir yutuqqa erishishida, natijani ko‘rishga shoshmaslik kerak. Masalan ikki yoshgacha faqat shirin so‘z bilan, erkalash orqali tarbiya qilinadi. Besh yoshgacha bola atrofni o‘rganadi, asosiy ma'lumotni shu yosh oralig‘ida egallaydi. Bu davrda biz ko‘proq amaliy jihatdan namuna bo‘lishga urinishimiz, sog‘lom oilaviy muhitni yaratishimiz zarur bo‘ladi.
Oilada otaning bolalariga loqayd bo‘lishi oxiri xunuk oqibatlarga sabab bo‘ladi. Loqaydlik yomon illat bo‘lib, u bola tarbiyasining buzilishiga katta yo‘l ochadi. Ota sustkashlik qilib, burchini ado etmagani va manfaatli ilm hamda yaxshi amalni o‘rgatmagani oqibatida o‘z farzandidan zarur ijobiy hislatlarni shakllantira ololmagan. Farzand ham otasining yaxshi tarbiyasidan mahrum bo‘lib o‘sadi. Keyingi davr esa bir oz talabchanlik va intizomni talab etadi. Bu davr o‘smirlik payti bo‘lib, bola oq-qorani ayni shu davrda ajratadi. Yaxshilikka mukofot, yomonlikka jazo muqarrarligini shu bosqichdan o‘rganadi. Bu davrda farzand to‘g‘ri yo‘lga solinsa, tarbiyali do‘stlarga hamroh qilinsa, uning odobli bo‘lib, yaxshi inson bo‘lishi uchun muhim qadam qo‘yiladi.
Odatda onalar o‘z bolalarining xato va kamchiliklarini otasidan yashirishga harakat qiladilar. Aytsam urishadi, bolamga qattiq tegadi deb, yo‘l qo‘ygan xatolari, qo‘l urgan yomon ishlarini otaga aytmaydilar. Oqibatda bola o‘z vaqtida tanbeh olmaganidan keyin bora-bora kattaroq jinoyatlarni ham qo‘rqmasdan qilaverishi mumkin.
Mehr-muhabbat berishda ham me'yorni saqlay bilish kerak. bolaning barcha aytganlarini qilish, barcha to‘g‘ri-noto‘g‘ri xatti-harakatlarini ma'qullash yoki xatto indamaslik farzandning umuman tarbiyasiz bo‘lib o‘sishiga olib keladi. Ortiqcha taltaytirib erkalash bolani har jihatdan sustlashtirib qo‘yadi, mehr ko‘rsatish esa uni yanada faol bo‘lishga undaydi. Erka o‘sgan bola faqatgtna shaxsiy manfaatlarini ko‘zlaydigan, ma'suliyatsiz bo‘lib voyaga yetadi. Shuning uchun farzandning barkamol inson bo‘lib yetishida onaning xizmati juda zarur va muhimdir. Bolalik chog‘ida farzandning qalbi o‘ta yumshoq va ta'sirga beriluvchan bo‘ladi. Shu bois diniy ta'limotlarda bolalarni mehr bilan erkalash, farzandning bolalik davrini xursand o‘tkazishga alohida e'tibor qaratiladi. Ayniqsa, qiz bolaning ko‘ngli nozik bo‘lishini hisobga olib, ularga alohida mehr ko‘rsatishga chaqiriladi. Diniy ta'limotlarda ota-ona o‘z farzandlariga ta'lim-tarbiya berishi ham dolzarb vazifalardan deb qaraladi. Bu haqda Muhammad (alayhissalom):
“Farzandlaringizga ta'lim bering, chunki ular sizniki bo‘lmagan vaqt uchun tug‘ilganlar”, deb har bir ota-onani bolaning o‘z zamonasi ilm-fani, ta'limiga befarq qaramaslikka chaqirganlar.
Tarbiyada eng muhim vosita bu mehr va shirinso‘zlik bilan tarbiyalashdir. Bu ikki vosita bir bo‘lib, bolani shakllantiradi. Shu jumladan, ta'limni ham g‘azab va jazolash bilan amalga oshirmagan ma'qul. Zero, zo‘rlab berilgan ta'lim bola xotirasidan tezda o‘chib ketadi. Oqibatda uning shu sohaga nisbatan qiziqishi so‘nishi mumkin. Bundan ko‘rinadiki, ta'limning avvali ham yaxshi tarbiyadan boshlanadi.
Islom ta'limotida yosh avlodning jismonan sog‘lom va baquvvat bo‘lib ulg‘ayishiga jiddiy ahamiyat berilgan. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Farzandlaringizga suzish va kamon otishni, qizlarga ip yigirishni o‘rgatinglar”, deganlar.
Bugungi kunda farzand tarbiyasida ijtimoiy muammolardan; uyali telefonlardagi tajovuzliklar hamda Ijtimoiy tarmoqlar to‘ri tabora avj olmoqda. Ushbu zamonaviy kommunikatsiya vositalari muhim aloqa vositalari bo‘lishi bilan birga ba'zi ma'naviyati to‘liq shakllanmagan sust yoshlarga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Ijtimoiy tarmoq ta'siriga tushib qolgan yoshlarga ota-onalar, o‘quv muassasalari bilan birgalikda yondoshib aloqa vositalarining asl mohiyatini tushuntirib berishlari lozim.
Tarbiyadan tashqaridan bo‘ladigan salbiy ta'sir bu, eng katta xatardir. Chunki farzandga oilada bu boradagi erkinlikka yo‘l qo‘yilmagach, u o‘z qiziqish va rag‘batlarini qondiradigan sabablarni tashqaridan izlay boshlaydi. Demak, ota-ona farzandining tashqi hayotiga ham katta e'tibor qaratishi talab etiladi. Ya'ni, ular farzandi maktab yoki kollejdan keyin qaerga borishi, nima bilan shug‘ullanishini nazorat qilish lozim.
Farzandga bilim olish uchun sharoit yaratish ham ota-onaning vazifasidir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Ilm olish har bir musulmon va muslima uchun farzdir”, deb marhamat qilganlarida, o‘g‘il va qiz farzandlarimizga ilm olish uchun barobar sharoitni ta'minlash kerakligini nazarda tutganlar.
Yosh avlod yetuk va komil shaxs bo‘lib voyaga yetishi uchun yana bir muhim omil hayot tarziga aylanishi zarur. U ham bo‘lsa “kitobxonlik”. Buning uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratilingan. Ommaviy, ilmiy kutubxonalar, “Aybuk” tarzidagi kitob-kafe do‘konlari va boshqalar so‘zimizning yaqqol misolidir.
Ota-ona farzandiga vaqtni unumli o‘tkazishni o‘rgatishida vosita sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan usullardan yana biri-zamonaviy axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishdir.
Ota-ona bolada estetik tarbiya, go‘zal manzaralardan zavq olish hissini shakllantirish uchun uni o‘zi bilan birga tabiatdagi manzarali joylarga, muzeylarga olib borishi va shu bilan birga uning qalbida go‘zallik latofatini singdirishi muhim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam ma'naviy immunitetli, o‘zining fikrlarini ravon ayta oladigan, yuqori marralarga erishuvchan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti juda katta ahamiyat kasb etadi. Hech kimga sir emas, insonning qalbi va ongini egallash, ayniqsa, yoshlarning ma'naviy dunyosini zaharlashga qaratilgan turli xavf-xatarlar ham kuchayib borayotgan bugungi kunda o‘zining kimligini, qanday bebaho meros vorislari ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan, imon-e'tiqodi mustahkam yosh avlodgina muqaddas zaminimizni yot va begona ta'sirlardan, balo-qazolardan saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir bo‘ladi.
Farzandlarimizga shunday tarbiya berayliki, ular o‘z ota-bobolariga, o‘z tarixi, Vatani, ona tiliga, millati, diniga va an'nalariga sodiq bo‘lib kamol topishsin.
Oilada ma`naviy-ruhiy hotirjamlik, o‘zaro totuvlik xukmron bo‘lsa, oila a`zolari bir-birlariga g‘amxo‘r bo‘lsalar, bola tarbiyasining tayanch nuqtasini topa olsalar, bunday muhit bola tarbiyasiga ijobiy ta`sir etadi va ular farzandlariga haqiqiy baxt hadya etadilar, bu bilan ishimizda rivojlanish, jamiyatimizda olg‘a siljish bo‘ladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə