Inson malumotlarini qayta ishlash tizimi Reja



Yüklə 73 Kb.
səhifə3/8
tarix22.03.2024
ölçüsü73 Kb.
#180173
1   2   3   4   5   6   7   8
Inson malumotlarini qayta ishlash

Maxsus qarorlar - tor doiradagi muammoga taaluqli bo’lib, korxonaning muayyan bir bo’limi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi.
Stereotipli qarorlar - odatda qat’iy yo’riqnomalar, me’yoriy xujjatlar doirasida qabul qilinadi. Bunday qarorlar ba’zan kundalik, ba’zan masalalar bo’yicha qabul qilinadi, lekin o’zgarishlar asosan muddatlarga, ayrim sifat parametrlariga, ijrochilarga taaluqli bo’ladi.
Rahbar streotip qarorlarni odatda ortiqcha tayyorgarliksiz qabul qiladi. Xodimlarni ishga olish va ishdan bo’shatish, korxonaning faoliyatini risoladagidek boshqarish yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni shunday qarorlar jumlasiga kiritish mumkin.
Tashabbusli qarorlar - o’z tavsifiga ko’ra notovarlik mazmuniga ko’ra esa istiqbolni nazarda tutadigan qarorlardir. Bunday qarorlar vaziyatni sinchkovlik bilan batafsil o’rganishni, maxsus kuzatuv materiallariga asoslanishni, maxsus hisob-kitoblarning amalga oshirilishini talab qiladi.
Tashabbusli qarorlar - erkin harakatga asoslanib qilinadi.
An’anaviy qarorlar - bu odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlardir.
Ularning amal qilish doirasi oldindan ma’lumdir. Bunga, korxona yoki Tashkilotning ishlab chiqarish dasturini qabul qilishga oid qilingan qarorlar misol bo’la oladi.
Tavsiyali qarorlar - o’z mohiyatiga ko’ra tashabbusli qarorlarga yaqin bo’lib, ularda korxona faoliyatini yaxshilash borasidagi tavsiyalar o’z aksini topadi.
Aniq qarorlar - to’la-to’kis axborot mavjud bo’lgan holdagina qabul qilinadi. Shu sababli, bunday qarorlarning amalga oshish ehtimolligi birga yaqin bo’ladi.
Noaniq qarorlar - bu tavakkal bilan - to’la bo’lmagan axborotga asoslanib qilinadigan qarorlardir. Boshqacha qilib aytganda, bunday qarorlar ko’tiladigan natijaga baho berish imkoniyati bo’lmagan hollarda tavakkal qilib qabul qilinadigan qarorlardir.
Tezkor (operativ) qaror - kechiktirmay ijro etish uchun chiqariladi.
Muntazam qarorlar - belgilangan muddatlarda chiqariladi.

Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə