Inson malumotlarini qayta ishlash tizimi Reja



Yüklə 73 Kb.
səhifə6/8
tarix22.03.2024
ölçüsü73 Kb.
#180173
1   2   3   4   5   6   7   8
Inson malumotlarini qayta ishlash

Kontrast effekti. 3 ta har xil idishga turli haroratli suv quyishgan: 1-idishga issiq suv, 2-idishga xona haroratidagi suv, 3-idishga sovuq suv. Sinaluvchiga bir qo’lini issiq suvli idishga, ikkinchi qo’lini sovuq suvli idishga 30 sekund solib turish buyurilib, keyin “issiq” qo’lini xona haroratidagi suvga tiqishini, 5 sekunddan keyin “sovuq” qo’lini ham ushbu idishga solishini taklif etilgan. “Issiq” qo’l sovuq haroratni, “sovuq” qo’l issiq haroratni idrok etadi. Bu erda kontrast effekti rol o’ynaydi. Qaror qabul qilishda ham bu effekt qaror mazmuniga katta ta’sir ko’rsatadi.
Informatsiya qanday kontekstda kelishiga qarab uning mazmuni o’zgaradi va bu holat qaror mazmuniga etarlicha kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Birlamchilik effekti. Solomon Ash tomonidan quyidagicha tajriba o’tkazilgan: sinaluvchilarga bir xil sifatlar to’plami ikki xil tartibda berilgan. Sinaluvchilarning yarmisiga –baxil, qaysar, tanqid qilishga moyil, impulsiv, mehnatsevar va aqlli odam to’g’risida, ikkinchi yarmisiga esa – aqlli, mehnatsevar, impulsiv, tanqid qilishga moyil, qaysar va baxil odam to’g’risida. Tajribadan ma’lum bo’lganki, ro’yxatda oldin namoyon bo’lgan xarakteristikalar keyingilariga qaraganda kuchli taassurot qoldirar ekan.
Yaqinda sodir bo’lganlik effekti. Ko’pchilik xollarda odamlar birinchi taassurotlar ta’siriga ko’p beriladilar. Lekin ayrim xollarda oxirida aytilgan narsa ham kuchli ta’sir qilishi aniqlangan. Bu hodisa yaqindagina sodir bo’lganlik effekti deb nomlanadi. Bu ayniqsa, odamlar oldingi informatsiyaga qaraganda oxirgisini yorqinroq eslab qolishga qodir bo’lganlarida namoyon bo’ladi.
Oreol effekti. 1920 yilda Edvard Torndayk tomonidan o’tkazilgan tajribalardan ma’lum bo’lganki, ko’ngli ochiq odamni saxovatparvar, baxtli, chidamli, yumor hissiga ega deb qaraganlar. YOki mehribon, ochiq ko’ngilli pedpgog bilan shug’ullanishni ko’pchilik talabalar xohlashgan. Bu orelo effekti bilan bog’liq bo’lib, u odam to’g’risidagi birinchi tasavvur uning boshqa odamlar tomonidan keyinchalik idrok etishini belgilab berishini ko’rsatadi, bunda idrok etuvchi odamning ongiga shakllangan birinchi taassurotga mos keladigan informatsiya o’tkaziladi, mos kelmaganlari esa qabul qilinmaydi. Aynan ushbu mexanizm qaror qabul qilishda odam to’g’risida ma’lum informatsiyalar ta’siri ostida unga bo’lgan munosabatning o’zgarishini belgilab beradi.
Qaror qabul qilish nazariyasi bo’yicha qaror qabul qilishning zaruratini muammoli vaziyat keltirib chiqarada. Muammoli vaziyatni esa ma’lum ehtiyojlarning (biologik, psixologik, ijtimoiy, davlat ahamiyatiga molik va h.) paydo bo’lishi belgilab beradi. Muammoli vaziyatni hal etish uchun ma’lum qaror qabul qilinadi. Demak, qaror qabul qilish ma’lum bir muammoli vaziyatni hal etish jarayonidir. Mazkur jarayonning hosilasi tarzida qaror yaratiladi.
Qaror qabul qilish nazariyasi odamlarning muammolarni echish yo’lidagi qonuniyatlarini, shuningdek istalgan natijaga erishish yo’llarini o’rganish bilan shug’illanadi. U ikki xil bo’ladi: normativ nazariya (qaror qabul qilishning ratsional jarayonini tavsiflaydi) va deskriptiv nazariya (qaror qabul qilish amaliyotini tavsiflaydi). Qaror qabul qilish quyidagi tarkibiy qismlarga ajratiladi:

  1. Qaror qabul qilish.

  2. Qarorni bajarish uchun yo’llash.

  3. Ijro sharoittini yaratish.

  4. Nazoratni amalga oshirish.

Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldida qo’yilgan maqsadning oqilona echimini topishdan iborat.


Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə