Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya


-rasrr.. Agglyutinatsiya reaksiyalari, mexanizmi va natijulari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə13/38
tarix21.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#118394
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Иммунология

54-rasrr.. Agglyutinatsiya reaksiyalari, mexanizmi va natijulari



qoladi. Bitta antigen retseptoriga antitelalar tutuvchi zardoblar «monoretseptor» zardoblar deb ataladi. Ular bakteriya serovarlarini aniqlashda ishlatiladi.
Agglyutinatsiya reaksiyasi amaliyotda asosan yuqumli kasalliklarga serologik tashxis (qorin tifi, paratif A-B, brutsellyoz, tulyarimiya, rikketsioz kasalliklarida) qo'yishda va ajratib olingan mikrob kulturalarini serologik identifikatsiya qilishda qo'llaniladi. Birinchi holatda izlanuvchi uchun antigen (diagnostikum) ma'lum, shuning uchun bemor qonidan noma'lum antitela izlaniladi (kengaytirilgan agglyutinatsiya reaksiyasi) va izlanilayotgan antitela titri aniqlanadi. Yuqumli kasalliklarga bu usulda tashxis qo'yishda, albatta, juft zardob qo'llaniladi. Birinchi marotaba qo'yilgandan so'ng ikkinchi marotaba 1-1,5 haftadan keyin qo'yiladi, agar bemorda izlanib topilgan AT titri, birinchi haftadagi titrdan 2 va undan ko'p barobar oshgan bo'lsa, titrning oshishiga qarab bemorga tashxis qo'yiladi, agar titr oshmasa (ko'pchilik hollarda emlanganlarda, kasal bo'lib o'tganlarda), tashxis qo'yilmaydi. Ajratib olingan kulturalarni serologik identifikatsiya qilishda polivalentli va monovalentli agglyutinatsiyaga uchratuvchi qon zardoblar (54-rasm) qo'llaniladi va reaksiyalar buyum oynachasida qo'yiladi.
Metodik ko'rsatmalar
Kengaytirilgan agglyutinatsiya reaksiyasini qo'yish. Bemorning qon zardobidan izlanilayotgan AT titrini aniqlash uchun qo'yilgan reaksiyaning sxemasi jadvalda keltirilgan. Dastlab zardobning asosiy eritmasi tayyorlanadi, bunda zardob titriga ko'ra: 1:100, 1:200, 1:400, 1: 800 nisbatda suyultiriladi, buning uchun 1 ml asosiy eritmadan olinib birinchiga, birinchi probirkadan ikkinchisiga, ikkinchidan uchinchisiga va h.k qator eritma suyultirilib, tayyorlanadi.
Hamma probirkalar teng hajmda bo'lishi uchun oxirgi probirkadan 1 ml suyultirilgan zardob olinib, dezinfeksiyalovchi eritmaga quyiladi. Kontrol probirkaga (antigen kontroli) natriy xloridning 1 ml izotonik eritmasi quyiladi. Suyultirilgan zardobli har bir probirkaga va kontrol probirkaga pipetka bilan 2 -3 tomchidan (0,15 ml) 1 ml dan 3 mlrd mikrob tanasi bo'lgan bakteriya (diagnostikum) suspenziyasi tomiziladi. Probirkalar yaxshilab silkitilib, 37°C da 2 soat termostatga qo'yiladi, so'ng uy haroratida bir sutka davomida saqlanadi.
Shundan so'ng xivchinli antigen bilan qo'yilgan reaksiyaning natijasi ko'riladi. 18-48 soatdan so'ng somatik antigen bilan qo'yilgan reaksiyalar natijasi aniqlanadi. Reaksiya natijasi qurollanmagan ko'z orqali yoki agglyutinoskop bilan tekshiriladi. Bunda probirkalar sekin-sekin silkitib ko'riladi. Agar natija musbat bo'lsa, cho'kmaga tushgan birikma ipir- ipir bo'lib turadi (H-agglyutinatsiya), dona-dona bo'lishi mumkin (O- agglyutinatsiya).

27-jadval
Kengaytirilgan agglyutinatsiya reaksiyasini qo'yish sxemasi




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə