Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya


-rasm. Komplementni bog'lash (yuqorida) va immunflyuorcssensiya reaksiyalari (pastda): a) bevosita; b) bilvosita usullari, sxematik ko'rinishi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə15/38
tarix21.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#118394
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Иммунология

55-rasm. Komplementni bog'lash (yuqorida) va immunflyuorcssensiya reaksiyalari (pastda): a) bevosita; b) bilvosita usullari, sxematik ko'rinishi



Ikkinchi holatda kasal qon zardobida antigenga mos keluvchi antitelalar bo'lmasa, antigen-antitela birikmasi hosil bo'lmaydi va komplement bog'lanmasdan (sarf bo'lmasdan) erkin holatda qoladi. Gemolitik sistema qo'shilganida komplement shu sistema bilan birikadi, natijada eritrotsitlarning gemolizi ro'y beradi. Bu esa shu probirkada reaksiyani manfiy deb hisoblashga asos bo'ladi.
Kumbs reaksiyasi (KR)
Bu reaksiya yordamida to'liq bo'lmagan, ya'ni bir valentli antitelalar aniqlanadi. Bu At korpuskulyar yoki eritma holidagi antigenlar bilan maxsus birikadi, bu reaksiyada makroskopik kuzatib bo'ladigan agglyutinatsiya, pretsipitatsiya yoki komplementni biriktirish fenomenlari kuzatilmaydi. To'liq bo'lmagan antitelalar o'zining bir valentliligi tufayli (bir aktiv markazi bor), antigenning determinant joyini qoplab olib, boshqa Ag determinantlar bilan birika olmaydi. Shuning uchun ularni qurshab oluvchi (blokiruyushiye) antitelalar deb ham ataladi.
KR usulida asosan maxsus antiglobulin qon zardoblar ishlatiladi. Bu zardoblarni olish uchun quyonni odam qon zardobining globulinlari bilan immunizatsiya qilinadi. Bu antiglobulin to'liq, ya'ni ikki valentli antitelalar gruppasiga kiradi. Agar tekshirilayotgan qon zardobida to'liq bo'lmagan antitelalar bo'lsa, ular antigen bilan birikib, uning ustki qismiga adsorbsiya bo'ladi. Shu hosil bo'lgan birikmaga diagnostik antiglobulinli qon zardobi qo'shilsa, undagi antitelalar, antigen-antitela kompleksi (antigen bilan birikkan to'liq bo'lmagan antitelalar) bilan maxsus birikadi. Natijada, makroskopik ko'rinmaydigan reaksiya to'liq va to'liq bo'lmagan antitelalarning birikishi yordamida gemagglyutinatsiya yuz beradi va reaksiya ko'rinadi.
Noto'liq At ni aniqlash uchun masalan, homilador ayollar zardobidagi eritrotsitlarning rezus - antigeniga qarshi hosil bo'lgan At aniqlash ikki bosqichda bo'ladi (56-rasm). Birinchi bosqichda ikki martadan suyultirilgan, tekshiriladigan zardobga rezus-antigeniga ega eritrotsitlar qo'shiladi va 37°C da termostatda bir soat saqlanadi va olinib, uch marotaba sentrifuga yordamida natriy xloming izotonik eritmasida yuviladi. Ikkinchi bosqichda yaxshilab yuvilgan eritrotsitlarga (oldindan ishchi eritmada titrlangan) quyonning odam globulinlariga qarshi olingan zardobi qo'shiladi. 30 daqiqa 37°C da termostatda qo'yilgandan so'ng gemagglyutinatsiya borligiga ko'ra (musbat reaksiya) natijasi hisobga olinadi. Reaksiyada quyidagi kontrollar qo'yiladi: 1) antiglobulinli zardob + oldindan sensibilizatsiya qilingan eritrotsitlar; 2) normal zardob +



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə