Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə14/38
tarix21.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#118394
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Иммунология

Ingrediyentlar

Probirkalar

1

2

3

4

5

6

Suyultirish

1:100

1:200

1:400

1:800

Kontrol (Ag)

Kontrol (zardob)

1

Natriy xloridning






















izotonik eritmasi

0,5

0,5

0,5

0,5

0,5

0,5

2

Qon zardobi (kasal-






















niki) 1:10 nisbatda






















suyultirilgan

0,5

-

-

-

-

0,5(1:10)

3

Diagnostikum






















(1-2 mlrd. mikrob






















eritmasi)

0,15

0,15

0,15

0,15

0,15

-






Agglyutinatsiya reaksiyasining qay miqdorda borayotganini yoki darajasini aniqlashda to'rt (4) musbat belgi qo'yiladi. To'rt musbat (++++) belgili reaksiyada hamma antigenlar cho'kmaga tushib, suyuqlik tiniq bo'lib qoladi. Uch musbat (+++) belgili reaksiyada suyuqlik ozgina loyqalanib qolishi mumkin, cho'kma aniq ko'rinib turadi. Ikki musbat (++) reaksiyada esa antigenlarning yarmi cho'kmaga tushadi, suyuqlik yarim loyqalangan holda bo'ladi. To'rtta va uchta belgili reaksiyada musbat natija qayd qilinadi. Belgining ikkitasi aniqlansa, reaksiya manfiy deb qaraladi.
Buyum oynasida agglyutinatsiya reaksiyasini qo'yish. Ajratilib olingan mikroorganizmlar qaysi turga va sero guruhlarga mansubligini aniqlash uchun agglyutinatsiya buyum oynasida qo'yiladi. Buning uchun ma'lum agglyutinatsiyaga uchratuvchi zardobdan Paster pipetkasi yordamida 1- 2 tomchi buyum oynachasiga tomiziladi. kontrol uchun natriy xloridning izotonik eritmasi 1-2 tomchi olinadi va bakteriologik halqa (petlya) yordamida tekshirilayotgan mikrob kulturasi olinib, buyum oynasidagi maxsus zardob bilan aralashtiriladi. Reaksiyaning natijasi 3-10 daqiqadan so'ng ko'riladi. Musbat agglyutinatsiya reaksiyasida buyum oynachasi ustida yaqqol ko'rinuvchi aglomerat zarrachalari hosil bo'ladi. Shu bilan bir qatorda, kontrol oynachada fiziologik suyuqlik bilan tekshirilayotgan antigen reaksiya bermaydi.
16-MA VZU. SEROLOGIK REAKSIYALAR: KOMPLEMENTNI BOG'LASH, BEVOSITA, BILVOSITA GEMAGGLYUTINATSIYA, IMMUNOFLYUORESSENT VA KUMBS REAKSIYALARI, QO'YILISHI VA AHAMIYATI
Mashg'ulot rejasi

  1. Komplementni bog'lash reaksiyasi (KBR), uning qo'yilish yo'llari va tibbiyotdagi ahamiyati.

  2. Bilvosita gemagglyutinatsiya reaksiyasi (BGR), uning kelib chiqish mehanizmi va rneditsinada qo'llanilishi.

  3. Kumbs reaksiyasi va uning praktikada qo'llanilishi.

Namoyish qilish

    1. KBR ishlatiladigan ingridiyentlar, reaksiya qo'yish aks ettirilgan rangli rasm, sxemalar.

    2. Musbat va manfiy natijali gemagglyutinatsiya reaksiyasi.

    3. Kumbs reaksiyasi, reaksiya qo'yish aks ettirilgan rangli rasm va sxemalar.

Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq

      1. Komplementni bog'lash reaksiyasini qo'yish:

        1. komplementning ishchi dozasini aniqlash;

        2. gemolitik sistemani tayyorlash;

v) tekshirilayotgan zardobdagi spetsifik antitelalar borligini aniq antigen bilan aniqlash uchun KBR birinchi va ikkinchi fazasini qo'yish.

      1. Kasal qon zardobidagi antigen yoki antitelani aniqlash uchun bilvosita gemagglyutinatsiya reaksiyasini qo'yish.

Metodik qo'llanmalar
Komplementni bog'lash reaksiyasini qo'yish. KBR murakkab serologik reaksiyalar jumlasiga kiradi, bu reaksiyada antigen, antitela va komplementdan tashqari, reaksiya natijasini ko'rsatib beruvchi gemolitik sistema ham qo'llaniladi. KBR yuqori sezgirlikka ega bo'lganligi sababli keng ko'lamda yuqumli kasalliklarni diagnostikasida qo'llaniladi (Masalan, viruslar, rikketsiyalar va bakteriyalar keltirib chiqaradigan kasalliklarda). KBR ko'pincha bemorlardan ajratib olingan viruslarni aniqlash va turini belgilashda ishlatiladi.
KBR ikki fazani o'z ichiga oladi:

  1. Antigen, antitela va komplementning birikish fazasi.

  2. Gemolitik sistema fazasi.

Birinchi fazaning mohiyati shundan iboratki, (55-rasm) bu fazada antigen va antitela bir-biriga maxsus mos kelganida birikib, birikma hosil qiladi, natijada bu birikma o'ziga komplementni bog'lab oladi (komplement sarllanadi). Bu reaksiya probirkada qo'yilganida, uni
kuzatib bo'lmaydi. Shuning uchun ikkinchi fazadan, ya'ni gemolitik sistemadan foydalaniladi.
Gemolitik sistema reaksiyada indikatorlik vazifasini bajaradi. Gemolitik sistema, qo'y eritrotsitlaridan va ularga qarshi (antigemolitik) antitelalardan iboratdir, ya'ni gemolitik zardob. Bu gemolitik zardobni olish uchun qo'y eritrotsitlarini laboratoriya hayvonlariga (quyonga) bir necha marotaba yuboriladi va ulardan gemolitik zardob ajratib olinadi. Gemolitik zardob 56°C da suv hammomida inaktivatsiya qilinadi (56°C da qon zardobidagi komplement aktivligini yo'qotadi).
К BR boshqa serologik reaksiyalarga o'xshab ikki fazada boradi:
Antigen - antitela.
Komplementning adsorbsiya qilinishi.
Agar kasal qon zardobida shu reaksiyada ishlatilayotgan antigenga mos keladigan antitelalar bo'lsa, u vaqtda hosil bo'ladigan antigen-antitela birikmasi o'ziga komplementni biriktirib oladi, ya'ni bog'laydi. Unga gemolitik sistema qo'shilganda, eritrotsitlarning gemolizi ro'y bermaydi (55-rasm), chunki komplement bog'langan holatda bo'ladi (to'g'rirog'i sarf bo'ladi), ikkinchi gemolitik sistemaga (Ag +At) komplement qolmaydi. Shuning uchun gemoliz probirkada ro'y bermaydi. KBR musbat deb hisoblanadi.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya