Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya


Antigenning kolloid xususiyati - (tarkibi, erishi) antigenlar kolloid holida organizmga yuborilganda yaxshi so'riladi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə10/38
tarix21.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#118394
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Иммунология

Antigenning kolloid xususiyati - (tarkibi, erishi) antigenlar kolloid holida organizmga yuborilganda yaxshi so'riladi.

Antigenlik xususiyati bor moddalarga oqsillar, mikroorganizmlar, ularning mahsulotlari (zaharlari), ilon, chayon zaharlari, o'simliklarda uchraydigan moddalar (ritsin, abriya), hujayra va to'qima elementlariga yot zarralar va h.k. kiradi.
Antigenlar to'la qimmatli va to'la qimmatsizlarga bo'linadi. To'la qimmatli antigenlar (oqsillar, polisaxaridlar, lipoproteinlar, kompleks moddalar) organizmga yuborilganda maxsus antitelalarni hosil qilib, immunkompetent limfoid hujayralarning aktivligini oshiradi, ya'ni shular bilan muayyan tarzda o'ziga xos birika oladi.
To'la qimmatsiz antigenlar gaptenlar bo'lib, organizmga yuborilganda organizmda maxsus antitelalar va sezgirligi oshgan limfotsitlar hosil qila olmaydi. Gaptenlarga yog'lar, kichik molekulali organik moddalar kiradi, lekin shu gaptenlarning tarkibiga oqsil biriktirilsa yoki organizmdagi oqsillar, fermentlar bilan biriksa, gaptenlar to'la qimmatli antigenlarga aylanadi. Immun javob gaptenga qarshi hosil bo'ladi (gapten maxsuslik). Gapten bilan birikkan oqsil molekulasi kuzatuvchilik (tashib yuruvchi) vazifasini bajaradi va «shleper» deb ataladi (nem. «Shleper» kuzatadi).
Antigen maxsusligi antigen tarkibidagi oqsillarning birlamchi tuzilishiga, ya'ni aminokislotalarning xilma-xilligiga, ketma-ket kelishiga, aminokislotalarni yon zanjirga va ustki qismida joylashgan determinant guruhlarning soniga bog'liqdir.
Oqsil aminokislotalarining ustki qismida joylashgan bu determinant gruppalar oqsilga ma'lum bir shakl (konfiguratsiya), fazoviy qovushqoqlik va qutblilik xususiyatlarini beradi. Bitta elektron zaryadini o'zida tashib yuradi. Determinantlar soni shu oqsilning valentligini, sifatini (antigenligini), kuchini (immunogenligini) bildiradi. Masalan, odam qon zardobidagi albumin oqsili o'z tarkibida 6 ta determinant gruppasini tutadi. Globulin oqsilining tarkibida esa 8 ta determinant gruppasi bor. Shuning uchun ham globulin oqsili albumin oqsiliga nisbatan kuchli antigenlik va immunogenlik xususiyatiga egadir.
Bakteriyalarning antigenlari. Mikroorganizmlarning antigenlari ularning kimyoviy va strukturial tuzilishiga qarab turlicha bo'ladi. Bakteriyalarda xivchin antigeni (H-antigen), tana (somatik) O-antigeni, kapsulali bakteriyalarda kapsula (K-antigen) antigeni tafovut qilinadi. Bundan tashqari, ba'zi bir patogen bakteriyalarga xos bo'lgan Vi, M, W - antigenlar ham uchraydi. Mikrob antigenlaridan yana bir antigenni aytib o'tish zarur, masalan, kuydirgi qo'zg'atuvchisidan birinchi marotaba ajratib olingan «protektiv» (himoya) antigeni, bu antigen eng yuqori immunogenlik xususiyatiga egadir. Viruslarning antigenlari ham ularning strukturasiga va kimyoviy tarkibiga bog'liq. Ko'pchilik viruslarda kapsid, nukleokapsid va superkapsid antigenlari tafovut qilinadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə