Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya


Antigen va antitela birikishi, reaksiyalari, mexanizmi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə9/38
tarix21.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#118394
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Иммунология

Antigen va antitela birikishi, reaksiyalari, mexanizmi.

  • Agglyutinatsiya reaksiyasi, ularning maxsusligi va amaliyotda qo'llanishi.

    Namoyish qilish

      1. Kengaytirilgan agglyutinatsiya reaksiyasi.

      2. Sxema, albom rasmlari va jadvallar.

    Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq

        1. Kasal qon zardobidagi antitela titrini aniqlash uchun kengaytirilgan agglyutinatsiya reaksiyasini qo'yish.

        2. Noma'lum kulturani aniqlash uchun buyum oynasida agglyutinatsiya reaksiyasini qo'yish.

        3. Reaksiyalar natijasida olingan ma'lumotlarni tahlil qilish.

    Antigenlar
    Organizmning hayot faoliyati davomida orttirilgan immunitet asosida immun sistemaning shu organizmga begona irsiy molekulalar tuzilishini tanib, ajratib olib, ularga qarshi maxsus javob bera olish yotadi. Mana shu javob berishda antigenlar ishtirok etadi. Antigenlar - tabiiy va sun'iy, sintetik (oqsil, polisaxarid va bosh.mod.) moddalar bo'lib, organizmga yuborilganda immunkompetent limfoid hujayralaming maxsus aktivligini oshirib, maxsus immun javobni yoki tolerantlik holatini keltirib chiqaradi (beriimaslik). Antigenlar o'zlarining tuzilishida irsiy begonalik xususiyatini tashib yuradi (anti-qarshi, gen-tur). Antigenlar quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:

          1. Antigenlik - ya'ni antigenning sifat ko'rsatkichi. Masalan, ko'proq yoki kamroq antitelalar, sezuvchanligi oshgan limfotsitlar hosil qila olishi.

          2. Immunogenlik - antigenning immunitet hosil qilish xususiyati yoki kuchi. Antigenning bu xususiyati ko'proq mikroorganizmlarning antigeniga taalluqlidir, chunki mikroorganizmlarning antigenlari organizmning kasallikka berilmasligini shakllantiradi. Masalan, ichburug' qo'zg'atuvchisi yuqori darajadagi antigenlik xususiyatiga ega, lekin immunogenlik xususiyati sust, shuning uchun uzoq davom etadigan immunitetni hosil qila olmaydi, aksincha, qorin tifi qo'zg'atuvchisi esa yuqori darajali antigenlik va immunogenlik xususiyatiga ega, shuning uchun vaksinatsiyada qo'llaniladi.

          3. Maxsusligi - antigenning asosiy xususiyati bo'lib, shu xususiyatlari bilan antigenlar bir-birlaridan farqlanadi. Antigenlarning maxsus ko'rinishlariga quyidagilar kiradi: tur maxsusligi; guruh maxsusligi; tipga xos maxsuslik; geteromaxsuslik; organ maxsusligi; funksional maxsuslik; bosqichli maxsuslik; gapten maxsusligi; patologik maxsuslik; antigen mimikriya.


          4. Yüklə 0,54 Mb.

            Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə