‘ 66-19 Po`latov Asilbek qayta o`zlashtirish ishi



Yüklə 187,38 Kb.
tarix18.05.2023
ölçüsü187,38 Kb.
#111158
Asilbek qayta o`zlashtirish 9-mavzu

‘ 66-19 Po`latov Asilbek qayta o`zlashtirish ishi

Investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhitining ro`li

Reja:

  • 1.Investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar
  • 2.Investitsiya muhitini baholash usullari
  • 3.O‘zbekiston Respublikasida qulay investitsiya muhitini muntazam ravishda yaxshilab borish vazifalari
  • Investitsiyaviy jozibadorlik – mamlakat tarmoq yoki alohida olingan biror bir korxona investitsiyalarning daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsiya riski darajasi nuqtai nazaridan baholanishi. Investitsiyaviy jozibadorlik investitsiya salohiyati va investitsiya riski dara shakillantiradigan ikki guruh omillarining bir vaqtda tasir etishi orqali aniqlanadi
  • “Investitsiya muhiti” va “investitsiya iqlimi” sinonim tushunchalar sifatida ishlatiladi. Bu xususda iqtisodchi olimlardan D.G‘ozibekov va T.Qoraliyevlar tomonidan quyidagi fikrlar bildirilgan: “Investitsiya iqlimi juda keng ma’noda ishlatiladigan tushuncha bo‘lib, investor tomonidan hisobga olinadigan barcha muammo va masalalarni mujassamlashtiradi.
  • Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining o‘sish sur’atlari investitsiya muhitiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirishning muhim omili hisoblanadi. Iqtisodiyotda investitsiya faoliyatining rivojlanishi, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishning ko‘lami, yo‘nalishlari va samaradorligi bevosita, investitsiya muhitiga bog‘liqdir.
  • Investitsiya muhitining holatini investitsiya faoliyatini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliyhuquqiy, siyosiy, ekologik va boshqa shart-sharoitlarning umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma’lum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy,, ekologik, madaniy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi
  • Investitsiya muhitini yaxshilashdan maqsad investitsiya salohiyatini oshirish uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni yaratish, investitsiya faoliyatini jadallashtirish va pirovardida, iqtisodiyotni yuksaltirish ijtimoiy muammolarni hal etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini yaratishdan iborat.
  • Iqtisodchi olimlardan A.Vaxabov, Sh.Xajibakiyev, N.Mo‘minovlar investitsiya muhiti to‘g‘risida quyidagilarni ta’kidlab o‘tadilar: “Investitsiya muhiti – bu xorijiy kapital qo‘yilmalarining qaltislik darajasini va ulardan mamlakatda samarali foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va ijtimoiy omillar yig‘indisidir. Investitsiya muhiti kompleks, ko‘pqirrali tushuncha bo‘lib, milliy qonunchilik , iqtisodiy shart-sharoitlar (inqiroz, o‘sish, stagnatsiya), bojxona rejimi, valyuta siyosati, iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflyatsiya sur’atlari, valyuta kursining barqarorligi, tashqi qarzdorlik darajasi kabi ko‘rsatkichlarga ega”

Yüklə 187,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə