Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari



Yüklə 13,26 Kb.
tarix15.03.2023
ölçüsü13,26 Kb.
#102569
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari


Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari uning tas`irida ishlab chiqarilmay qolgan mahsulot hajmi orqali baholanadi. Iqtisodiyot barcha ishlashni xohlagan va ishlay oladiganlar uchun yetarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo`lmasa, mahsulot ishlab chiqarish potensial imkoniyatining bir qismi yo`qotiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo`qotish yalpi ichki mahsulot(YaIM) hajmining orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YaIMning potensial YaIMdan kam bo`lgan sifatida ko`rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, YaIM hajmining orqada qolishi shunchalik kata bo`ladi. Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va YaIM hajminin orqada qolishi o`rtasidagi nisbatni matematik ifodalab, Ouken qonunini yaratdi.
Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlari ham mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta`sir o`tkazishi mumkin. Jumladan, ishsizlikning ba`zi turlarining uzoq muddatli tavsifi ishchilarning o`z malakalarini yo`qotishlari hamda daromad va ijtimoiy mavqei jihatidan aholining nisbatan past toifasiga o`tib qolishiga olib keladi. Bu esa ularda o`z turmush tarzidan qoniqmaslik, ijtimoiy faollikning yo`qolishi, atrofdagilarga nisbatan loqaydlikning paydo bo`lishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Natijada uzoq davom etgan surunkali ishsizlik millatning ruhiy sog`lomligiga putur yetkazadi. Ishsizlik o`sishining muqarrar oqibati bo`lib mamlakatdagi jinoyatchilikning o`sishi va ijtimoiy keskinlik darajasining kuchayishi hisoblanadi. Shunga ko`ra, mamlakatdagi ishchi kuchi bandligini ta`minlash va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
Yüklə 13,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə