Guruh talabasi Pardayeva Sharifa



Yüklə 72,31 Kb.
tarix25.05.2023
ölçüsü72,31 Kb.
#112835
Pardayeva Sharifa 12

41-22 guruh talabasi Pardayeva Sharifa


Grafika 
Reja:
1. Grafika haqida umumiy ma’lumot.
2. Yozuvlar tarixidan.
3. Orfografiya
4. Fonetik yozuv.
Grafika (grekcha grapho - "yozma" - so‘zidan olingan) tildagi tovushlarni ko‘rsatuvchi shakliy vositalar tizimidir. Har bir tovush uchun olingan maxsus shakl harf deyiladi, tovush ko‘rsatmaydigan shakl esa belgidir. Tildagi muayyan tartib bilan joylashtirilgan harflar va belgilar tizimi alfavit deyiladi.
Hozirgacha amalda bo‘lib turgan yozuv rus(kirill) grafikasiga asoslangan bo‘lib, unda 35 ta shakl mavjud. Shundan 33 tasi harf, 2 tasi (ъ, ь) belgi. Lotin alifbosiga asoslangan yangi yozuvda 30 ta grafik shakl qabul qilingan bo‘lib, ulardan bittasi (tutuq belgi) belgi hisoblanadi. Yigirma to‘qqizta shakl esa unli va undosh tovushlarni ifodalovchi harflardir.
O‘zbek-kirill yozuvida tildagi 6 ta unli fonemalar quyidagi 10 ta harf vositasida ifoda etiladi:а, о, и, э, у, њ, ю, ё, я, е. Bulardan keyingi to‘rttasi ikki tovush ifodasini beradi: ю=й+у, я=й+a, ё =й+o, е=й+e kabi. Biroq mazkur harflar ba’zi so‘zlarda bir tovush ifodasini berishi ham kuzatiladi: Masalan: ю harfi: порошют so‘zida u tarzida; я harfi октябр so‘zida a tarzida; е harfi – кел, кет so‘zlarida e tarzida talaffuz etiladi va bitta tovush ifodalaydi.
Qiyoslang: юлдуз - 5 harf, 6 ta tovush; япрољ- 5 harf, 6 ta tovush; ёз- 2 ta harf, 3 tovush; ер - 2 ta harf 3 ta tovush. Kirill yozuvidagi ikki tovush ifodolovchi ю, ё, я, е harflari yolashgan unlilar yoki grafemalar deb ataladi. O‘zbek-lotin yozuvida esa unli harflar soni tilimizdagi 6 ta tovush soniga tengdir. Chunki yangi yozuvda o‘zbek-kirill yozuvidagi yo, yu, ya, ye grafemalari maxsus xarflarga ega emas. Ular ю, ё, я, е harf birligi orqali yoziladi: yer, yur, yor, yangi.
Har ikkala alfavitdagi 23 harf kirill alifbosiga asoslangan imloda 25 ta, yangi o‘zbek-lotin alfavitida esa 24ta undosh tovushni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunda quyidagilar e’tiborga olinadi: j harfi talaffuzda bir-biridan keskin farqlanuvchi ikki undosh tovushning yozuvdagi belgisi hisoblanadi: jurnal (jurnal), vijdon (vijdon) so‘zlarida j harfi sirg‘aluvchi undoshni; jo‘ra, reja so‘zlarida esa qorishiq portlov-chi undoshni ifoda etadi.
Shuningdek, tong, anglamoq so‘zlaridagi ng til orqa, portlovchi-sirg‘aluvchi, burun tovushi uchun o‘zbek-kirill alifbosida maxsus harf qabul qilinmagan. Bu tovush n+g harf birikmasi orqali ifodalandi. O‘zbek-lotin alfavitida esa bu tovushini ifodalash uchun ng harf birikmasi mavjud. Masalan: tong, ko‘ngil.
Biroq, o‘zbek-lotin alfavitida asosan o‘zlashma so‘zlarda uchraydigan s (ts) qorishiq portlovchisi uchun maxsus harf qabul qilinmagan. Bu tovush uchraydigan so‘zlar yangi yozuvda quyidagicha yoziladi: a) so‘z boshi va so‘z o‘rtasida hamda undosh va unli oralig‘ida kelganda s harfi bilan yoziladi: sirk, kvars, fransiya, stansiya; b) so‘z o‘rtasida ikki unli oralig‘ida kelganda esa ts harf birikmasi bilan yoziladi: militsiya, akatsiya kabi.
Bundan tashqari yangi yozuvda o‘zbek-kirill yozuvidan farqli ravishda sh (sher) ch (chopmoq) kabi harf birikmalari ham qabul qilingan. O‘zbek tili grafikasi alifavitdagi harf, harf birikmalaridan tashqari, tinish belgilari va urg‘u belgisini ham o‘z ichiga oladi.
Yozuv fikrni tovush yetmaydigan joy va kelajak avlodga yetkazish ehtiyojidan kelib chiqqan. Dastlab bu vazifani ramziy ma’nolarni ifodalaydigan narsa-buyumlar bajargan. Umuman, yozuvning ilk ildizlari odamzod biror joyga belgilar qo‘yib har xil chiziqlar chiza boshlagan davrga borib taqaladi. Keyinchalik inson ham jismoniy, ham aqliy takomillashuvi natijasida ko‘ngilda to‘g‘ilgan fikrni turli rasm - tasvirlar orqali ifodalay boshlagan.
Shu tarzda taraqqiyot mahsuli o‘laroq, yozuvning piktografik; idiografik; iyeroglifik va boshqa turlari kelib chiqqan. Turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqi tarixida ham xilma-xil yozuvlardan foydalanganlar. So‘nggi yozuvlarning aksariyati fonografik, ya’ni tovush yozuvi - harfiy yozuvdan iborat bo‘lgan. Hozirgi paytda jahon ahlining to‘rtdan uch qismi yozuvning mazkur turidan foydalanadi.
Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari singari o‘zbek xalqi ham o‘z tarixiy shakllanishi mobaynida oromiy, yunon, karoshta, so‘g‘d, xorazm, eftalit, pahlaviy, suriya, hind, o‘rxun (run), uyg‘ur, arab, kirill va lotin kabi yozuvlardan foydalangan. Tarixiy tadqiqotlarning guvohlik berishicha, eramizdan avvalgi VI - IV asrlarda Markaziy Osiyoning Eronga yaqin hududlarida rasmiy yozuv sifatida mix yozuvi ishlatilar edi.
Ayrim joylarda esa mix yozuvidan birmuncha oddiy va qulay bo‘lgan oromiy yozuvi amalda bo‘lgan. Turli yodgorliklarda qayd etilishicha, eramizdan avvalgi I - III asrlarda oromiy yozuvi bilan bir qatorda yunon va karoshta yozuvlari ham ishlatilgan.
Miloddan avvalgi II-III asrlarda shakllana boshlagan sug‘d yozuvi ham o‘lkamiz madaniyati tarixida muhim o‘rin egallagan. Olimlarning izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, sug‘d yozuvi eramizning VII-VIII asrlarida amalda bo‘lgan. Xususan, Mug‘ tog‘idan topilgan manbalar VII asr oxiri VIII asr boshlariga oid 80 ga yaqin sug‘d yozuvidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi, buning yaqqol dalilidir.
Bundan tashqari, o‘lkamizda eramizning II asri oxiri III asr boshlarida Xorazm shohi zarb etgan pullarda qadimgi xorazm yozuvi uchraydi. Bu yozuv O‘rta Osiyoda ancha keng tarqalgan bo‘lib, shaklan Oromiy yozuviga ancha yaqin turadi.
Yüklə 72,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə