Foydalanish tahlili


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 263,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix26.05.2023
ölçüsü263,92 Kb.
#112912
1   2   3   4   5   6   7
o-zbek-va-ingliz-adabiyotida-metaforalarning-foydalanish-tahlili

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4), April, 2023 
96 
Istiora janridan taniqli g’azalshunos Atoyi ham o’zining g’azallarida mahorat 
bilan foydalangan. 
Masalan: Tamanno qilg’ali la’lingli ko’nglum, 
Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda
13

“La’l” tabiatda uchraydigan qimmatbaho qizil tosh, yor labidan chiqadigan iliq 
so’zni anglatadi. Yorning labi qon kabi qip-qizil bo’lgani sababli ham uni la’lga 
o’xshatma sifatida tasvirlaydi. La’l nodir tosh bo’lgani uchun, yorning shirin 
so’zlariga tenglaydi. Demak, Atoyi agar shunchaki shirin so’z deb tasvirlaganda, 
ma’no bu qadar tasirchan bo’lmas edi. 
Bundan tashqari, Mir Alisher Navoiyning quyidagi misralarida qo’llanilgan 
istiora yanada go’zaldir: 
Ul oy o’tlug’ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin de ko’z, 
Muhabbat tuxmidin o’zga ul o’t uzra sipand etmas
14
.
Ushbu g’azalda istioraning birinma-ketin qo’llanilganligini ko’rish mumkin. 
“oy”, “muhabbat tuxmi”, “o’t” so’zlari ko’chma ma’noda qo’llanilgan. Oy – yorning 
yuzi ma’nosini bildirgan bo’lsa, “Muhabbat tuxmi”- insondagi nozik bir tuyg’uni 
ifodlaydi.Bu so’z shunchaki muhabbat yoki ishq so’zlaridan ko’ra go’zalroqdir. “O’t” 
so’zi esa olov ma’nosini anglatadi va u yorning yuzini olov rangligini ifodalaydi. 
Atoyi uchun yorning yuzidagi qizillikni ifodalshning eng qulay yo’li uni olov so’zi 
bilan ta’riflashdir. Sababi, olov so’zi birinchidan yorning yuzi istaraliligini, 
ikkinchidan, uning rangini ifodalash uchun xizmat qiladi. 
XULOSA 
Xulosa qilib aytganda, metafora yaqin o’n yilda paydo bo’lgan atama emas. Bu 
atama qadimdan, nutqning chiroyli bo’lishi uchun xizmat qilgan. Xususan, asarlarda 
ifodalanuvchi obrazni ko’chma ma’noda ifodalanishini anglatadi. Shuni ham 
ta’kidlab o’tish kerakki, metaforani bir nechta turlari mavjud va bu haqida lingvistika 
darsliklaridan ma’lumot topish mumkin. Ushbu termin avval aytib o’tilganidek, 
nafaqat, adabiyot darsliklarida balki, tilshunoslikda ham o’rganiladi. Bunga tegishli 
ma’lumotlar o’rganuvchiga maktabda berilgan darsliklar orqali o’rgatiladi. 
Adabiyotga keladigan bo’lsak, metafora adabiyotning har qanday janrida (nasriy, 
she’riy, hajviy va hakazo) birdek ishlatiladi. Bundan tashqari, insonlar uni kundalik 
hayotda ham foydalanganligini bir necha misollar bilan isbotlash mumkin. Masalan. 
“ko’chaning boshi”, “qozonning qulog’i”, “stolning oyog’i”, “tog’ning etagi”. 
13
Adabiyot:darslik-majmua /B.To’xtaliyev,-Toshkent: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”Davlat ilmiy 
nashriyoti,2017.B.168-169 
14
Adabiyot:darslik-majmua /B.To’xtaliyev,-Toshkent: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”Davlat ilmiy 
nashriyoti,2017.B.169 



Yüklə 263,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə