Foydalanish tahlili


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 263,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix26.05.2023
ölçüsü263,92 Kb.
#112912
1   2   3   4   5   6   7
o-zbek-va-ingliz-adabiyotida-metaforalarning-foydalanish-tahlili

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4), April, 2023 
94 
Ushbu she’rning birinchi satri “She is all states and all princes, I” u barcha 
shtatlar va hamma shaxzodalar ma’nosini bildiradi va bu yerda insonni davlatlarga, 
shtatlarga qiyoslagani sababli metafora yuzaga keladi. 
Ta’kidlash joizki, yozuvchilar nasriy janrda ham metaforadan mahorat bilan 
foydalangan. O’zbek adabiyotida S.Ahmad o’z asarlarida eng ko’p metaforaga 
murojaat qilgan yozuvchi bo’lsa, ingliz adabiyotida bu inson O.Henrydir. 
O.Henryning ko’plab asarlarini kichik hikoyalar tashkil qilsada, juda ko’plab 
ko’chma ma’noda qo’llangan so’zlarni topish mumkin. Namuna sifatida “The last 
leaf” asarini oladigan bo’lsak, ilk metafora bu “pneumonia”
8
. Aslida bu so’z kasallik 
nomi va yozuvchi buni asarda odam sifatida tasvirlaydi. Oldin ta’kidlanganidek, bu 
so’z ma’noning o’quvchiga ta’sirchanroq yetib borishini ta’minlagan. Agar muallif 
uni shunchaki kasallik deb ataganda, tushunish uchun sezilarli darajada qiyin bo’lardi. 
Ushbu yozuvchining yana bir metaforaga boy asari – “The gift of the Magi” 
hisoblanadi
9
. Ushbu asarda dastlabki metafora asarning sarlavhasidan boshlanadi. 
Ushbu so’zlar Della va Jimning sevgisi ma’nosini anglatib, metafora tarzida kelgan. 
Bundan tashqari, asarda soch ham jonlantirilgan va u jigarrang suv kabi to’lqinlanib, 
ko’chma ma’no hosil qilgan. Asarda Della obrazi sevgan insoni uchun sochini kesadi. 
Bu epizod hikoyaning kulminatsion nuqtalarida sodir bo’ladi. Shuning uchun ham 
yozuvchi bu voqealikni metafora orqali tasvirlagan. Keyingi metafora bu – 
ko’zlarning 
olmos, 
brilliantga 
qiyoslanishidir. 
Bu 
metafora 
Dellaning 
xursandchilikdan to’kayotgan ko’z yoshlarini anglatadi. Ushbu asarning keying 
satrlarida “next two hours tripped by on rosy wings” keltirilgan gap “keyingi ikki soat 
pushti qanotlarda o’tib ketti” ma’nosida tarjima qilinib, Dellaning keyingi vaqtlari 
hursandchilik bilan o’tganini tasvirlaydi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, O’zbek adabiyotida Said Ahmad eng ko’p 
metaforadan foydalangan ijodkordir. Masalan, uning eng mashhur asarlardan biri 
“Xandon Pista” asari ham metaforiga boydir
10
. Ushbu asarning ilk hikoyasi va 
dastlabki satrlardayoq “lab” so’ziga urg’u berilgan. “Yoqut lab, g’uncha lab, shakar 
lab” kabi ta’riflar berish orqali metafora hosil qiladi. “Go’shtning zarari haqida” 
hikoyasida oldingi davrlarni “shirin tush” ga o’xshataman deb yozadi, Said Ahmad 
va bu oldingi zamonning esda qolarli hotiraga boy ekanligidan darak beradi. Undan 
keyingi metafora esa “Yur yuvamiz” hikoyasida uchraydi. “Badavlat kelin” nomli 
hikoyasi gazetada chop etilganini nishonlanishini “yuvmoq” fe’li bilan izohlaydi va 
bu so’z ko’chma ma’nodagi so’z hisoblanadi.
8
“The last leaf”.,B.13 
9
“The gift of the Magi”is published – This day in History – 4/10/1906.history.com 
10
Xandon pista.B.3.,G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti.Toshkent-1994 



Yüklə 263,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə