Foydalanish tahlili


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 263,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix26.05.2023
ölçüsü263,92 Kb.
#112912
1   2   3   4   5   6   7
o-zbek-va-ingliz-adabiyotida-metaforalarning-foydalanish-tahlili

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4), April, 2023 
95 
Mahoratli yozuvching eng mashhur hikoyalaridan biri bo’lmish “Cho’l burguti” 
ni tahlil qilinganda ham bir nechta metaforalarga duch kelish mumkin
11
. Misol 
uchun,asarning boshida bulutlarning asta-sekinlik bilan harakatlanishini “qip –qizil 
bulutlar sudralib yuribdi” misralari bilan ifodalaydi. Bunda jonsiz bulutlarning 
jonlantirilishi orqali metafora hosil bo’ladi. Keyinroq asarning sarlavhasi ham 
ko’chma ma’nodagi so’z ekanligi ifodalanadi. Chunki,“cho’l burguti” deyilganda 
Said Ahmad uchar qush emas,yuzlarini shamollar qoraytirgan, yaqinida turgan 
odamga ham xuddi olisdan qarayotgandek ko’zlarini qisib, birov bilan ko’rishgani 
qo’l uzatganda shamolga qarshi uchishga hozirlanib, qanotini yozib oldinga intilib 
turgan burgutga o’xshash bahaybat bir kishini nazarda tutadi. 
Bundan tashqari, asarda chol obrazi tomonidan ana shu “cho’l burguti” nomi 
bilan tanilgan shaxsga berilgan ta’riflarda ham yozuvchining metaforalardan 
mohirona foydalanganligiga guvoh bo’lish mumkin. U insonni “qoni tomiridan toshib 
ketayotgandek g’ayratli”, “qo’li gul”, yoshligida ham “o’t-olov” bo’lgan deb 
ta’riflaydi. Ko’rinib turibdiki, cho’l burgutiga berilgan har bir ta’rif bo’rttirilgan 
holda tasvirlangan. 
Metaforaning yana bir muhim jihati shuki, uning sharq mumtoz adabiyotida 
“istiora” deb atalishidir. Istiora (arab tilidan olingan bo’lib, “qarzga olish” yoki 
“ko’chirish”) degan ma’noni anglatadi. Bu asarlarda so’zni o’z manosidan boshqa 
ma’noda, ya’ni majoziy ma’noda qo’llanishini ta’minlovchi san’at turidir. Masalan, 
ohu ko’z, sarv qomat, oq ko’ngil, sheryurak kabi so’zlar asosan she’riyatda ishlatilib, 
istiora san’atini yuzaga keltiradi. Sababi, hayotda ko’ngilning oq yoki boshqa 
ranglarda bo’lishi va yurak so’zining sher hayvoniga ma’no jihatdan yaqinligi 
yo’qligi uchun bu so’zlarning ko’chma ma’noda qo’llanilgan deb hisoblanadi. 
Abdurauf Fitrat “Adabiyot qo’llanmasi” nomli qo’llanmasida istioraga 
quyidagicha ta’rif bergan
12
. “Bir so’zning boshqa bir ma’no uchun ishlatilmakidir. 
Shul shart bilankim, u so’zning o’z ma’nosi bilan yangi ma’nosi orasida bir turli 
o’xshashlik bo’lsun”. 
Masalan,Maqsud Shayxzodaning “Kapitan Gastello” asarida: 
Sheryurakli bu lochin 
Qoqib qanot-qulochin
Quzg’unlardan asradi 
Elning xotin-xalajin. 
Bunda “Lochin” so’zi Kapitan Gastello obrazini, “Quzg’unlar” so’zi fashistlar 
ma’nosini ifodalagan.
11
Cho’l burguti.B.5,6.,G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti.Toshkent - 1994 
12
Abdurauf Fitrat. “Adabiyot qo’llanmasi” 



Yüklə 263,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə