Fonetika “Ilm – qaytarish va takrorlash mevasidir”


alifbo deyiladi.  UNLI VA UNDOSH TOVUSHLAR TASNIFI



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/30
tarix23.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#156925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
ona tili. qo\'llanma. FONETIKA

 alifbo
deyiladi. 
UNLI VA UNDOSH TOVUSHLAR TASNIFI 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida tovushlar ikki guruhga bo‘linadi: Unli tovushlar va undosh tovushlar. 
Unli va undosh tovushlarni farqlovchi uchta belgi bor:
1.
To‘siqqa uchrash, uchramaslik
;
(unli to‟siqqa uchramaydi, undosh uchraydi.) 
2.
Bo‘g‘in hosil qilish yoki qilmasligi
;
(unli hosil qiladi, undosh hosil qilmaydi) 
3.
Shovqin belgining bor, yoki yo‘qligiga ko‘ra.
(
unlida yo‟q, undoshda bor

UNLILAR TASNIFI 
Eslatma! 
Faqat un (ovoz)dan iborat bo‘lgan, bo‘g‘in hosil qiladigan va to‘siqqa 
uchramaydigan tovushlar 
unli 
tovushlar deyiladi. Hozirgi o‘zbek tilida 6 ta unli tovush bor: 
i, e, u, o‘, a, o. 
Unli tovushlar uch tomonlama tasnif qilinadi: 
1.
 
Labning ishtirokiga ko’ra; 
2.
 
Og’izning ochilish darajasiga ko’ra 
3.
 
Tilning gorizantal holatiga ko’ra; 
1. 
Labning ishtirokiga ko’ra ikkiga bo’linadi: 
I)
Lablangan unlilar: 
 u, o‟ 
II) 
Lablanmagan unli: 
i, e, a 
Eslatma! O – o
raliq unli hisoblanadi. 
2. 
Og’izning ochilish darajasiga ko’ra uchga bo’linadi: 
I)
Yuqori tor unli: 
i, u 
II)
O‘rta keng unli: 
e, o‟ 
III) 
Quyi keng unli: 
a, o 
3. 
Tilning gorizantal holatiga ko’ra ikkiga bo’linadi: 
I) 
Old qator unlilar: 
i, e, a 
II) 
Orqa qator unlilar: 
u, o‟, o 
Yuqoridagi 1- va 2- belgi hozirgi o‘zbek adabiy tili unlilari tasnifi uchun asos bo‘ladi. 
(lab va og‟iz) 




Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə