Esirgapova umida xasanovna


Dissertasiya ishining ilmiy va amaliy ahamiyati



Yüklə 5,56 Mb.
səhifə3/29
tarix13.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#148996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
desertatsiya umida

Dissertasiya ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Dissertatsiya ishining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, unda Samarqand shahar oqova suvlari bilan ifloslangan Siyob kanalida zuluklarining 7 turdan iborat taksonomik tarkibi, ularga ifloslangan suvning ta’sir mexanizmlari o’rganildi. Zuluklarni hisobga olish moslamasi sinab ko’rildi va undan samarali foydalanildi.
Dissertatsiya ishini o’tkazish davomida Siyob kanalida tibbiyot zuluklarining turlari aniqlanib, ularning ekologik xususiyatlari va insonlar salomatligini saqlashdagi ahamiyati to’g’risida ma‘lumotlar yig’ildiki bu ma’lumotlar qushni xududlar girudofaunasini o’rganish uchun qushimcha manba bo’lib xizmat qiladi. Zuluklarni o’rganishning amaliy ahamiyati suv havzalarining organik ifloslanishini baholashda, ixtioparazitologik kasalliklarni oldini olishda, ekologik ma‘lumotlar zuluklarni ko’paytirishda hizmat qilishi bilan izohlanadi.
Dissertasiya ishining tuzilishi va hajmi. Dissertasiya ishi 3 bobdan tashkil topgan. Dissertasiya ishida o’tkazilgan tajribalar natijalari 6 banddan iborat bo’lgan xulosalarda yqkunlangan. 3 qismdan iborat amaliy tavsiyalar berilgan va o’simliklar himoyasida keng qo’llash uchun tavsiya qilingan.
Magistrlik dissertasiyasi 84 sahifadan iborat kompyuter grafikasida sodda, ravon va ilmiy tilda yozilgan bo’lib, ilovalar bunga kirmaydi. Undagi ma’lumotlar 5 ta jadvallar va 16 ta rasmlarda o’z ifodasini topgan.
1.Adabiyotlar sharhi
1.1.Zuluklarni o’rganilish tarixi va ahamiyati
Zuluklardan o’rganilish tarixi uch yarim ming yilga borib taqaladi. Zuluklar yordamida davolanish qadimgi Gretsiyada, Hindistonda, Misrda, Xitoyda keng qo’llanilgan. Afsonlarga qaraganda malika Kleopatra Yuliy Sezardan zuluklarning shifobaxsh xususiyati oqibatida homilador bo’lgan ekan. Shundan so’ng faraonlar qabr toshi devorlarida zuluklar rasmi tasvirlana boshlagan (2,4).
Hozirgi zuluklarning shifobaxsh xususiyati insonlarga ming yillar oldin ma’lum. Zuluklar bilan davolash metodlari qadimgi sivilizasiyasi qadimgi Misr, Hindiston, Gretsiya meditsinasi to’plamlarida toppish mumkin. Zuluklarni qo’llash to’g’risidagi ma’lumotlar Gippokrat (miloddan avvalgi IV-V asrlar) va Ibn-Sino (Ibn-Sino, 980-1037 y.) lar ilmiy manbalarda yozib qoldirilgan (2,4).
XVII-XVIII asrlarda Yevropa medisinasida “Yomon qon” ni chiqarish konsepsiyasi hukmronlik qilgan davrda medisina zuluklaridan foydalanish keng yo’lga qo’yildi. Yomon qonni chiqarish maqsadida vrachlar kasal odamga 40 tagacha zuluk qo’yganlar. Qon olish qiyin bo’lgan yoki nozik joylardan qon chiqarish zaruriyati tug’ilganda vena qon tomirlaridan foydalanishgan.
1829-1836 yillar davomida Fransiyada 33 mln dona, 2-3 million aholisi bor London 7 mln dona zuluklar yetkazib bergan. XIX asr o’rtalarida Yevropa va Amerika da zuluklardan foydalanish to’xtatildi (2).
Inson organizmida zuluklarning ta’sir mexanizmini o’rganish bo’yicha ilmiy ishlar XX asr boshlarida Djon Xeykraft tomonidan boshlangan. U kishi zuluk ekstratining antikoagulyantlik (qonning ivishi) ta’sirini aniqladi. 1884- yilda u tomondan zuluklar so’lagida girudin fermenti aniqlandi. 1902-yilda girudindan preparatlar tayyorlandi. Bu ilmiy yangiliklar medisinada antikoagulyantlardan ilmiy foydalanish yo’nalishiga asos soldi. Meditsina zulukining davolovchi ta’siri uning so’lagidagi moddalarning antikoagulyant xususiyatga ega girudin moddasiga asoslanadi. Zukuklar bilan stenokardiya, meokard infarkti, tromboflebit, vena trombozi va gemoroyni davolashda foydalaniladi.
Sankt-Peterburg medisina ijtimoiy akademiyasi boshqarmasi grudoterapiya kafedrasida zuluk so’lagini o’rganish jarayonida 100 dan ortiq biologic faol modda borligi aniqlangan. Qaysikim ular shifobaxsh eliksirning asosi hisoblanadi. Ulardan asosiylari quyidagilar: Girudin zuluk so’lagi tarkibidagi eng o’rganilgan komponentdir. U kuchli antikoagulyant bo’lib, qonning quyuqlashuvini oldini oladi. Boshqacha aytganda girudin tromblar hosil bo’lishini oldini oladi. Ba’zi holatlarda hosil bo’lgan tromblarni yo’qotishi ham mumkin. Organizmda hosil bo’lgan tromblarni yo’qotishdan ko’ra uni oldini olish osonroqdir. Zuluklardan foydalanish qon tizimidagi vena tomirlarining kengayishi, trombofolebit va boshqa ko’pgina kasalliklarni oldini oladi (5).
Girudinni o’zi bir qancha inson organizmi uchun samarali aminokislotalardan tashkil topgan. Ular gruppasiga glutamin (immunitetni mustahkamlovchi) , lizin (kalsiyni yaxshi o’zlashtirishga yordam beradigan hamda viruslarga qarshi tura olishi), sistin ( regeneratsiya jarayonida ishtirok etadigan, alkogolva tamaki chekish salbiy oqibatlarini kamaytirishda), glisin ( aqliy faollikni oshiruvchi, psixo – emosional stresslarni kamaytiruvchi), asparagin (azot almashinuvida ishtirok etuvchi), serin(organizmda muhim aminokislotalar biosintezini boshqarish) va boshqa ijobiy hususiyatlarga ega.
Zuluklar so’lagida girudin singari inson organizmi uchun foydali biologik faol moddalardan gialuronidaza, distabilaza, orgelaza, kollagenaza, lipazalar mavjud. Gialuronidaza-gialuront kislotasining gidrolitik parchalanishi va depolimerizasiyalanish reaksiyasini katalizlaydi. Aynan gialuronidaza faoliyati kasal organizmga turli xil shifolovchi moddalar so’rilishini osonlashtiradi, to’qimalar, qon tomirlar devorining o’tkazuvchanligini osonlashtiradi.
Destabilaza ko’pgina xususiyatlari bilan girudinga o’xshab ketadi. Hosil bo’lgan tromblarni parchalash, sklerozin kamaytiruvchi, hujayra membranasi orqali biologik faol moddalarning o’tkazishini ta’minlaydi. Bu fermentning yana bir qimmatli xususiyati har qanday oqilning izopeptid aloqalarini parchalab yuboradi. Distabilazani katarakta kasalligini susaytirishda keng foydalaniladi.
Orgelaza – yangi qon tomirlarining shakllanishiga yordam beradi, shuning uchun ularga “quruvchi” laqabi qo’yilgan zuluklarda regenerasiya to’qima va organlarini tiklash xususiyati yaxshi rivojlangan, ular inson organizmini tishlaganda ular go’yoki bu xususiyatini “o’tkazish” ni amalga oshiradi. Natijada qon tomirlaridagi shishlar va tromblar so’rilib ketadi, zararlangan qon tomirlarda suyuqlikning harakatlanishi yaxshilanadi.
Kolpanegaza –yaralarini davolash vaqtida hosil bo’ladigan kallogen oqsillarining uzun bog’larini parchalab yuboradi, keloid chandig’larini yo’qolib ketishiga hamda teridagi boshqa muammolarni ijobiy hal qiladi.
Lipaza-yog’lar va xolesterin parchalanishda qatnashadi. Sellulitda samarali yordam beradi, ayrim hollarda semirib ketishiga va atresklerozni oldini olishda yordam beradi (2,5).
Yuqorida ko’rsatilgan ta’kidlab o’tilganlar zuluk so’lagidagi eliksirning butun bir xilma –xilligining kichik bir qismidir. Bugungi kunda uning ko’pgina komponentlari, hali aniqlanmagan shifobaxsh xususiyatlarini o’rganishmoqda, shifokorlar medisina zulukini qo’llashning yangi – yangi yo’llarini topishmoqda. Rossiyada varikoz, gemorroy, yaralar trofik yaralar va boshqalarni davolashda, AQSH da asosan mikro va plastik xirurgiyada transplantasiya qilingan to’qimalarda venoz tiqilishlarini yo’qotishda foydalaniladi (3).
Ba’zi mutaxassislar medisina zulugining uchta turi ichidagi formalarini aniqlashgan. Tibbiyot zulugi (H. medicinalis T.medicinalis) dorixona zulugi (H.medicinalis f.officinalis), sharq zulugi (H.medicinalis f.orientalis).
Ular tashqi kurinishi va yashash joylarining xususiyatlaridan biroz farq qiladi. Lotin Amerikada tibbiy maqsadlarda zulukning boshqa turi Hirudinaria manellensiz shimoliy Amerikada Maerobdella deora qullaniladi.Ko’pincha medisina zulukni boshqa tashqi ko’rinishi o’xshash turlar bilan adashtiriladi(3, 4)
Ot zulugi (zimnatica nilotica) issiq iqlimli o’lkalarda tarqalgan-uy hayvonlari paraziti. Ko’pincha uy hayvonlarini zararlaydi, tana bo’shligiga, traxeyaga, bronxlarga, siydik yo’liga siljib kirishi mumkin (1, 5).
Uncha kata bo’lmagan jag’lari bo’lib, terini tishlay olmaydi, shuning uchun shilliq qavatlariga yopishib olish ular uchun osonroqdir. Aynan shu turi ko’pincha girudinozni keltirib chiqaradi.
Katta ot zulugi ular inson terisini tishlash uchun juda zaif jigarlari bor, shakli va kattaligi medisina zulukiga o’xshash, lekin tanasining qora rangi, qorni qismining ko’kragining ko’kimtir rangi bilan ajralib turadi. Ular tuproq qurtlari va hasharot lichinkalari bilan oziqlanadi. (4, 5, 7.)
Baliq zulugi (Piscicola geometra), bu zuluklar baliqlarda parazitlik qilgani uchun baliq zulugi nomini olgan. Turning o’ziga xos lotincha nomi uning tanasidagi to’g’ri geometrik naqshlarga asoslangan. Baliq zulugining tanasi kalendarsimon shaklida bo’lib uzunligi 3-5 sm, tanasining rangi juda o’zgaruvchan, ko’pincha kulrang-yashil yoki sarg’ish rangda orqa tomonining o’rtasida ingichka yorqin chizig’i bo’lib undan shoxlangan (ko’ndalang) oq rangli chiziqlari ko’rinib turadi. Tanasining qolgan shaklidan keskin ajralib turadigan disk shaklidagi oldingi so’rg’ichiga ega, so’rg’ichda og’iz teshiklari bo’lib, unda oldinga chiqadigan stilet shaklidagi xartumli chiqadi, shu xartumlari orqali baliq qonini so’radi. Oldingi so’rg’ichda ikki ko’zlari joylashgan. Tanasining orqa qismida orqa so’rg’ich bo’lib, o’lchami jihatidan oldingi so’rg’ichidan kata, bu so’rg’ichlar suvda tez suzuvchi baliqlarga yopishish uchun foydalaniladi, unda ko’zga o’xshash dog’lari bor. (4,6)
Baliq zulukining ommaviy ko’payishi baliqlarning ko’plab bo’lishiga sababchi bo’ladi. Ular baliqlarni zararlashi natijasida pisikolyoz kasalligini keltirib chiqaradi. Dunyo faunasida zuluklarning 500 turi aniqlangan. Hozirgi kunda zuluklarga bo’lgan qiziqish yanda ortib bormoqda, dunyo bo’yicha yuzlab biofabrikalarda yarim millionlab zuluklar ko’paytirilib medisinada qo’llanilmoqda.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə