Esirgapova umida xasanovna



Yüklə 5,56 Mb.
səhifə2/29
tarix13.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#148996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
desertatsiya umida

Tadqiqotning maqsadi – Siyob kanalidagi zuluklarning turlar tarkibi va ekologik xususiyatlarini o’rganish, ularni hisobga olishning samarali usulini ishlab chiqish.
Tadqiqotning vazifalari –Siyob kanalida tarqalgan zuluklar faunasining tarixiy rivojlanishini tahlil qilish.
– Siyob kanalida tarqalgan zuluklarining faunistik tarkibini aniqlash va taksonomiyasini tuzish. –Zuluklarning yashash tarzi, suv tiplari bo’yicha tarqalishi, ularga ekologik omillarning ta‘sirini o’rganish va ekologik guruhlariga tasnif berish.
–Zuluklarning tibbiyotdagi va inson salomatligini saqlashdagi ahamiyatini tahlil qilish.
- Ifloslangan suv havzalarida zuluklarning miqdorini hisobga olishda zuluk tutqich moslamasini sinab ko’rish va samaradorligini aniqlash.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Ushbu tadqiqot ishining asosiy masalasi so’nggi yillarda yirik shaharlar va ular atrofidagi turli xil suv havzalariga antropogen bosimning kuchayishi natijasida ularning ifloslanishi oshib suv organizmlarining ko’lab zararlanishi va nobud bo’lish holatlari sodir bo’layotgani, ularning noyob va foydali turlari yo’qolib suv havzalarining bioxilma-xilligiga kata ziyon etmoqda. Tadqiqot ishlari Samarqand shahri atrofidan oqib o’tuvchi Siyob kanalida o’tkazildi. Bunga nasosiy sabab Siyob kanaliga Samarqand shahridagi ko’pgina sanoat korxonalarining oqova suvlari quyiladi. Kanalda esa zuluklarning Alboglossiphonia hyalina, Helobdella stagnalis, Piscicola geometra, Limnatis patula, Halmopis sangusuga, Erpobdella octoculata, Hirudo medicinalis, H.orientalis kabi turlari yashaganligi adabiyotlardan ma’lum. Kanalning ifloslanishi ushbu turlarning rivojlanishiga ta’sir qilishi aniq.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Siyob kanali girudofaunasining tur tarkibi o’rganilib, ular 7 turga mansubligi aniqlandi. Bu turlar umurtqasiz hayvonlarning Annelida tipi, Clitellata sinfi, Hirudinea kenja sinfiga taalluqli bo’lib, 6 oila va 7 urug’ga mansubdir. Barcha turlar orasida 6 tasi: Alboglossiphonia hyalina, Helobdella stagnalis, Piscicola geometra, Limnatis patula, Halmopis sangusuga va Erpobdella octoculata Oqdaryo sohili suv tiplari girudofaunasi uchun ilk bor ko’rsatilgan. Oldin adabiyotlarda ushbu suvlar hududidan Hirudo medicinalis qayd etilgan edi, hozirgi kunda u H.orientalis deb tan olingan. Zuluklarga ekologik omillarning ta‘siri o’rganilib, ekologik guruhlari tavsiflangan va xo’jalikdagi ahamiyati ta‘riflangan.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə