Esirgapova umida xasanovna



Yüklə 5,56 Mb.
səhifə5/29
tarix13.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#148996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
desertatsiya umida

Tadqiqotning ob‘ekti – Siyob kanalida tarqalgan zuluklar va ular hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan suvni ifloslovchi moddalar. Siyob kanali suv havzasi zuluklarining tur tarkibi, morfoekologik xususiyatlari, tarqalish biotoplari, ekologik guruhlari, tabiatda va xo’jalikdagi ahamiyati.
2.2. Tadqiqot uslublari.
Tadqiqotlarimiz Samarqand shahri atrofidan oqib o’tadigan va shahar chiqindilari bilan ifloslangan Siyob kanalida olib borildi. Zuluklarni tutish va ular miqdorini hisobga olish uchun maxsus zuluk tutqichdan foydalandik. Zuluk tutqich yog’och materialdan yasalgan bo’lib, o’lchami 1x1 metr qilib olingan ramkadan iborat. Ramkaning orasi polietilin plyonka bilan qoplangan. Ramka suvga ko’ndalang tarzda qo’yiladi. Unga yopishib qolgan zuluklar har coatda ramka suvdan ko’tarilib sanab ko’riladi. Shu tariqa zuluklar soni va zichligi aniqlanadi.
3.Tadqiqot natijalari
3.1.Siyob kanalidagi zuluklarning tur tarkibi va taksonomik tuzulishi. Izlanishlar natijasida, Siyob kanalida jami 7 ta zuluk turlari tarqalganligi aniqlandi, ular 7 urug’, 6 oila, 1 tip, 1 sinf va 1 kenja sinfga taalluqligidir.
Annelida Lamarc,1809 tipi
Cliatellata Michaelsen,1919 sinfi
Hirudinea Lamarck, 1818 kenja sinfi
Rhynchobdella Blanchard, 1894 turkumi
Glossiphonidae Vaillant,1890 oilasi
Alboglossiphonia Lukin,1976 urug’i
Alboglossiphonia hyaline ( Myuller, 1774 )
Helobdella Blanchard, 1896 urug’i
Helobdella stagnalis ( Linnaeus, 1758 )
Piscicolidae Johnston,1865 oilasi
Piscicola Blanville,1818 urug’i
Piscicola geometra (Linnaeus, 1758)
Arhynchobdellida Blanchard, 1894 turkumi
Hirudiniformes Caballro,1952 kenja turkumi
Hirudinidae Whitman, 1896 oilasi
Hirudo Linnaeus,1758 urug’i
Hirudo orientalis Utevsky et Trantelj, 2005
Praobdellidaelidae Sawyer,1986 oilasi
Limnatis Moquin – Tondon 1896 urug’i
Limnatis paluda ( Tennent, 1859 )
Haemopidae Richardson,1969 oilasi
Haemopis Savigny,1822 urug’i
Haemopis sanguisuga ( Linnaeus,1758 )
Erpobdelliformes Sawyer,1986 kenja turkumi
Erpobdellidae Blanchard,1894 oilasi
Erpobdella Blainville, 1894 urug’i
Erpobdella octoculata ( Linnaeus,1758 )
Yuqorida keltirilganlardan ma‘lum bo’ldiki, Siyob kanalida jag’li zuluklar (Arhynchobdellida ) turkumiga mansub taksonlarga boy bo’lib, ular 4 oila, 4 urug’ va 4 turni tashkil etadi. Xartumli zuluklar ( Rhunchobdella ) esa, faqat 2 oila va 3 turga taalluqlidir.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə