Esirgapova umida xasanovna



Yüklə 5,56 Mb.
səhifə1/29
tarix13.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#148996
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
desertatsiya umida


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Qo’lyozma huquqida
UDK 582.5:576.89:635.61
ESIRGAPOVA UMIDA XASANOVNA
Siyob kanali suvlarida tarqalgan zuluklarni tur tarkibini, uning bioekologik xususiyatlarini o’rganish
5A630102 – EKOLOGIYA (tarmoqlar bo’yicha) mutaxassisligi
Ekolog magistr darajasini olish uchun
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI

Ilmiy rahbar:__________ dots. Jo’rayev M.
Ish ko’rib chiqildi va himoyaga ruxsat berildi
Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi
kafedrasi mudiri prof.Qobilov E.E.

SAMARQAND – 2022

Mundarija

Kirish……………………………………………………………………...……3
1.Bob. Adabiyotlar sharhi……………………………………………..………7
1.1. Zuluklarni o’rganilish tarixi va ahamiyati……………………………..13
2.Bob. Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari…………………………..16
2.1. Tadqiqot sharoitlari……………………………………………………...17
2.2. Tadqiqot uslublari......................................................................................18
3.Tadqiqot natijalari.........................................................................................18
3.1.Siyob kanalidagi zuluklarning tur tarkibi va taksonomik tuzulishi......48
3.2. Zuluklarning morfoekologik tavsifi……………………………………49
Xulosalar………………………………………………………………………50
Tavsiyalar………………………………………………………………….….51
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………..57




Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 maydagi 2939-son «Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi, 2018 yil 6 noyabrdagi PQ-4005-son “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2020 yil 29 avgustdagi PQ- 816-son “Baliqchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 sentyabrdagi 719-son «Baliqchilik sohasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi.
Tabiatni muhofaza qilish, uni asrab avaylash eng dolzarb global muammolardan biriga aylandi. Dunyoda ishlab chiqarishning kengayishi, tabiat zaxiralaridan behisob foydalanish, atrof muhitga zaharli moddalarni chiqarish jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa tabiiy organizmlarning genofondiga ta’sir etib , ularning kamayishiga olib kelmoqda. Ushbu holat nafaqat butun O’zbekistonni, balki Zarafshon vodiysini ham cheklab o’tmayotir. Yuqorida keltirilgan o’zgarishlar toza suv jonivorlari-zuluklarning turlar tarkibiga ham ta’sir etmoqda.
Zuluklar dinazvrlar kabi eng qadimiy organizmlar hisoblanib,ular er yuzida
60-65 mln yildan beri tabiatda saqlanib qolgan.
Hozirgi kunda yer yuzida fanga zuluklarning 900 ga yaqin turlari ma’lum. Ular dengizlar shur suvlarida, toza suvlar, daryolar, ko’llar, kanallar, chashmalar va buloqlarda xayot kechiradilar, ya’ne erkin yashovchi yirtqichlar hisoblanadi. Zuluklar umurtqali hayvonlarning barcha vakillarida: yumshoqtanlilar, qisqichbaqalar, suv hasharotlari va chuvalchanglarga xujum qilib, parazitlik qiladi.Sut emizuvchilar va odam qonini ham so’radi. Ular nafaqat zararlidir,balki ularning foydali jihatlari ham mavjud. Zuluklardan tibbiyot zulugi-Hirudo medicinalis(L.) qadim zamonlardan beri hozirgi kungacha, odamzotning turli kasalliklarini: qon bosimi-gipertoniya, skleroz, insult kabilarni davolashda ishlatiladi. Ular suv sanitarlaridir, ya’ne suvni filtrlaydi. Yuqorida keltirilganlardan ma’lum bo’ldiki, zuluklarni xar tomonlama o’rganish ham nazariy ham amaliy axamiyatga ega bo’lib dolzarb hisoblanadi.
Zarafshon tabiiy-geografik o’lkasi O’zbekiston Respublikasining markazida joylashgan. Sharqdan Tojikiston Respublikasi hududi bilan chegradosh, shimoldan Turkiston tizmasining g’arbiy qismi hisoblangan Chumqar tog’i, G’ubdin, Nurota, Oqtog’ va Qoratog’ bilan, janubdan Chaqalikalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog’lari, janub va janubi-g’arbdan Sandiqli qumli cho’l, shimoli-g’arbdan esa Qizilqum bilan o’ralgan. Zarafshon vodiysi o’zining er usti tuzulishiga ko’ra sharqiy qismi Samarqand botig’idan, shimoliy hamda janubiy qismlari tog’ va qirlardan iborat. G’arbiy qismi esa kengayib, atrofi qumli cho’llar bilan o’ralgan. Zarafshon tabiiy-geografik o’lkasining er usti tuzulishi bir xil emas. U sharqdan g’arbga tomon pasayib borsa, Zarafshon vodiysidan shimol hamda janubga tomon balandlashib, tog’larga tutashib ketadi.
Zarafshon vodiysini o’rab olgan tog’lar esa gersin tog’ burmalanishi bosqichida quruqlikka aylanib, yarimorol ko’rinishida Tetis dengizidan chiqib turgan. So’ngra uzoq vaqt tashqi kuchlar ta’sirida emirilib, pasayib qolgan. Alp bosqichida esa o’sha pasaygan yuza qayta ko’tarilgan. Ular asosan paleozoy erasining ohaktoshlari, slanets, granit, gneys kabi jinslaridan, orasidagi botiqlar esa mezozoy va kaynazoy eralarining lyossimon yotqiziqlaridan tarkib topgan.
Zarafshon tabiiy-geografik o’lkasining iqlimi uning hamma qismida bir xil emas. O’lka iqlimini hosil qiluvchi omillar ( quyosh radiatsiyasi, havo massalari harakati, yer usti tuzulishi va hokazo ) ta’sirida iqlim xususan harorat bilan yog’inlar miqdori g’arbdan sharqqa va tog’ yonbag’irlari bo’ylab pastdan yuqori tomon o’zgarib boradi. Zarfshon tabiiy-geografik o’lkasi subtropik kengliklarda joylashgan bo’lib, uni quyosh uzoq vaqt isitib turadi. Shu sababli quyoshning yalpi radiatsiyasi bir kv sm yuzaga bir yilda 150 kilokaloriyani tashkil qiladi.
Ushbu o'lkada yog’inlar hudud bo’yicha notekis taqsimlangan. O’lkaning g’arbida yiliga 114-177 mm, sharqida 300-350 mm, atrofidagi tog’larda (Omonqutanda ) 881 mm gacha yog’in tushadi. O’lkaning asosiy suv manbayi Zarafshon daryosidir. U Zarafshon muzligidan boshlanadi. Zarafshon keng uzanda sekin oqadi va Samarqand shahri yaqinida ikki tarmoqqa bo’linadi. Shimoliy tarmog’i Oqdaryo ( uzunligi 131 km ), janubiy tarmog’i (uzunligi 126 km). Qoradaryo Xatirchi yaqinida qo’shilib, Miyonqal orolini hosil qiladi. Hozirgi davrda Zarafshon Amudaryoga etib bormaydi.
Zarafshon daryosi muz va qorlarning erishidan to’yinadi. Shu sababli uning tulin suvli davri iyun-iyul oylariga, eng kam suvli davri qishga tug’ri keladi. Hozirgi paytda uning suvi asosan Samarqand va Navoiy vohasini sug’orishga sarflanib, Eski Tuyatortar kanali orqali Sangzor vodiysiga, Eskianhor kanali orqali esa Qashqadaryo viloyatiga suv beradi. Zarafshon daryosi tog’li qismida tor uzanda tez oqadi, o’lka hududida unga hech qanday irmoq qo’shilmaydi. Daryoning ikki sohilida soylar bo’lib ularning suvi sug’orishga sarflanadi, faqat bahorgi toshqin davridagina ba’zilari Zarafshonga etib kelishi mumkin, Nurota-Oqtog’dan boshlanuvchi eng katta soylar-To’sinsoy, Kattasoy, Ko’ksaroysoy, Zarafshon tizmasining g’arbiy qismidan boshlanuvchi soylarning eng yiriklari Urgutsoy, Omonqutonsoy, Ohaliksoy kabilar. Bu soylar qor-yomg’ir va er osti suvlaridan to’yinadi. Shu sababli ularning suvi bahorda toshib, yozda va qishda juda kamayib qoladi. Ba’zan bahorgi jalalar tufayli ularning suvi ko’payib, toshib ketib ko’p joylarga zarar keltiradi.
Dissertasiya ishi mavzusining asoslanganligi va dolzarbligi. Siyob kanali Samarqand shahri atrofidan oqadigan eng yirik kanal bolib so’nggi yillarda antropogen ta’sirlar natijasida u juda ifloslangan. Siyob kanalida ko’plab gidrobiontlar bilan birga zuluklzrning ham bir necha inson salomatligi uchun ahamiyatli bo’lgan turlari yashaydi. Kanalning ifloslanishi esa bunday zuluklarning kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Zuluklarning ko’pchiligi boshqa sut emizubchi hayvonlarda parazit holda hayot kechiradi, lekin ularning shunday turlari borki ular inson organizmi uchun foydali bo’lib tibbiyotda girudoterapiya sifatida foydalaniladi. Tibbiyot zulugining davolovchi ta’siri uning so’lagidagi moddalarning antikoagulyant xususiyatga ega girudin moddasiga asoslanadi. Zukuklar bilan stenokardiya, meokard infarkti, tromboflebit, vena trombozi va gemoroyni davolashda foydalaniladi.
Zuliklarning bunday turlari Siyob kanalida ham uchraydi va ularning biologik hamda ekologik xususiyatlari o’rganilmagan va ifloslangan suv havzalarida ularni muhofaza qilish choralari ishlab chiqilmagan. Shunday ekan Siypb kanalida yashaydigan bunday zuluklarni o’rganish va ularni muhofaza qilish chora tadbirlarini ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə