Esirgapova umida xasanovna


Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari



Yüklə 5,56 Mb.
səhifə4/29
tarix13.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#148996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
desertatsiya umida

2.Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari
2.1. Tadqiqot sharoitlari
Zarafshon tabiiy-geografik o’lkasi O’zbekiston Respublikasining markazida joylashgan. Sharqdan Tojikiston Respublikasi hududi bilan chegradosh, shimoldan Turkiston tizmasining g’arbiy qismi hisoblangan Chumqar tog’i, G’ubdin, Nurota, Oqtog’ va Qoratog’ bilan, janubdan Chaqalikalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog’lari, janub va janubi-g’arbdan Sandiqli qumli cho’l, shimoli-g’arbdan esa Qizilqum bilan o’ralgan. Zarafshon vodiysi o’zining er usti tuzulishiga ko’ra sharqiy qismi Samarqand botig’idan, shimoliy hamda janubiy qismlari tog’ va qirlardan iborat. G’arbiy qismi esa kengayib, atrofi qumli cho’llar bilan o’ralgan. Zarafshon tabiiy-geografik o’lkasining er usti tuzulishi bir xil emas. U sharqdan g’arbga tomon pasayib borsa, Zarafshon vodiysidan shimol hamda janubga tomon balandlashib, tog’larga tutashib ketadi.
Zarafshon vodiysini o’rab olgan tog’lar esa gersin tog’ burmalanishi bosqichida quruqlikka aylanib, yarimorol ko’rinishida Tetis dengizidan chiqib turgan. So’ngra uzoq vaqt tashqi kuchlar ta’sirida emirilib, pasayib qolgan. Alp bosqichida esa o’sha pasaygan yuza qayta ko’tarilgan. Ular asosan paleozoy erasining ohaktoshlari, slanets, granit, gneys kabi jinslaridan, orasidagi botiqlar esa mezozoy va kaynazoy eralarining lyossimon yotqiziqlaridan tarkib topgan.
Zarafshon tabiiy-geografik o’lkasining iqlimi uning hamma qismida bir xil emas. O’lka iqlimini hosil qiluvchi omillar ( quyosh radiatsiyasi, havo massalari harakati, yer usti tuzulishi va hokazo ) ta’sirida iqlim xususan harorat bilan yog’inlar miqdori g’arbdan sharqqa va tog’ yonbag’irlari bo’ylab pastdan yuqori tomon o’zgarib boradi. Zarfshon tabiiy-geografik o’lkasi subtropik kengliklarda joylashgan bo’lib, uni quyosh uzoq vaqt isitib turadi. Shu sababli quyoshning yalpi radiatsiyasi bir kv sm yuzaga bir yilda 150 kilokaloriyani tashkil qiladi.
Ushbu o'lkada yog’inlar hudud bo’yicha notekis taqsimlangan. O’lkaning g’arbida yiliga 114-177 mm, sharqida 300-350 mm, atrofidagi tog’larda (Omonqutanda) 881 mmgacha yog’in tushadi. O’lkaning asosiy suv manbayi Zarafshon daryosidir. U Zarafshon muzligidan boshlanadi. Zarafshon keng uzanda sekin oqadi va Samarqand shahri yaqinida ikki tarmoqqa bo’linadi. Shimoliy tarmog’i Oqdaryo ( uzunligi 131 km ), janubiy tarmog’i (uzunligi 126 km). Qoradaryo Xatirchi yaqinida qo’shilib, Miyonqal orolini hosil qiladi. Hozirgi davrda Zarafshon Amudaryoga etib bormaydi.
Zarafshon daryosi muz va qorlarning erishidan to’yinadi. Shu sababli uning tulin suvli davri iyun-iyul oylariga, eng kam suvli davri qishga tug’ri keladi. Hozirgi paytda uning suvi asosan Samarqand va Navoiy vohasini sug’orishga sarflanib, Eski Tuyatortar kanali orqali Sangzor vodiysiga, Eskianhor kanali orqali esa Qashqadaryo viloyatiga suv beradi. Zarafshon daryosi tog’li qismida tor uzanda tez oqadi, o’lka hududida unga hech qanday irmoq qo’shilmaydi. Daryoning ikki sohilida soylar bo’lib ularning suvi sug’orishga sarflanadi, faqat bahorgi toshqin davridagina ba’zilari Zarafshonga etib kelishi mumkin, Nurota-Oqtog’dan boshlanuvchi eng katta soylar-To’sinsoy, Kattasoy, Ko’ksaroysoy, Zarafshon tizmasining g’arbiy qismidan boshlanuvchi soylarning eng yiriklari Urgutsoy, Omonqutonsoy, Ohaliksoy kabilar. Bu soylar qor-yomg’ir va er osti suvlaridan to’yinadi. Shu sababli ularning suvi bahorda toshib, yozda va qishda juda kamayib qoladi. Ba’zan bahorgi jalalar tufayli ularning suvi ko’payib, toshib ketib ko’p joylarga zarar keltiradi.
Zarafshon vohasi Turkiston tog’ tizmalarining shahobchalari bo’lgan Zarafshon tog’ining tarmoqlari – shimol tomondan Nurota, Oqtog’, Qoratog’, G’o’bdun tog’lari, janub tomondan Qoratepa, Ziyovuddin, Zirabuloq tog’lari, sharqdan Turkiston, Zarafshon tog’larining g’arbiy tarmoqlari o’rab turadi. Bu tog’larning eng baland joyi 2165 m (Hayotboshi cho’qqisi) Nurota tog’ida va 2204 m Qoratepa tog’ida joylashgan. Bu tog’lar paleozoy erasining ohaktoshlari slanes, granit jinslaridan tashkil topgan. Bu tog’larning shimoliy yon bag’irlari, xususan Omonqo’ton tomonlari tuman vodiysiga ancha tik tushadi. Tog’larning janub tomonida Jom va Qarnab cho’llari joylashgan tumanhududi tog’lar oralig’idagi tog’ mintaqasida joylashgan.
Iqlimi keskin o’zgaruvchan - kontinental. Yoz fasli issiq qish fasli sovuq bo’ladi. Yoz faslining eng issiq vaqti iyul oyiga to’g’ri keladi va maksimal harorat 45,6 C ni tashkil etadi. Qish faslining eng sovuq vaqti yanvar oyiga to’g’ri keladi va minimal harorat - 30,4 C ni tashkil etadi. Viloyatda qish fasli uzoq davom etadi. Yog’ingarchilikning asosiy miqdori asosan bahor va qish fasllariga to’g’ri keladi. Ba’zi vaqtlardagina kuz faslida ham yog’ingarchilik kuzatilishi mumkin. Yillik yog’ingarchilikning miqdori 100–800 mm ni tashkil etadi. Yog’ingarchilikning o’rtacha miqdori Nurobodda 424 mm ga to’g’ri keladi. Ba’zan bahorning oxiri va yozning boshlarida jala quyib, sel oqimlari paydo bo’ladi. Sellar qishloq xo’jaligi va tabiat manzaralariga zarar yetkazadi. Shuning uchun tog’larda, daraxtlar, ixota o’rmonlari, kichik o’rmonchalarar bunyod etilgan.
Voha hududi yaqinida katta suv manbalari yo’q. Uning hududidan Zarafshon daryosi oqib o’tadi. Bu tarmoqlar Xatirchi tumani yaqinida bir-biriga qo’shilib, yana Zarafshon nomi bilan Buxoro tomonga oqadi. Zarafshon daryosining ikki qirg’og’ida 500 ming gektar tabiiy to’qayzorlar mavjud. Hozirgi kunda bu to’qayzorning maydoni bor yo’g’i 50 ming gektarni tashkil etadi.
Voha relyefining notekisligi, iqlimining keskin o’zgaruvchanligi, yog’ingarchilik miqdorining har xilligi uning tuproqlarining ham turli-tuman bo’lishiga olib kelgan. Sug’oriladigan yerlarda o’tloq tuproqlari, Zarafshon daryosi qirg’oqlarida, cho’l hududlarida qumoq tuproqlar va och bo’z tuproqlar tarqalgan.
Voha hududi o’simliklar dunyosiga boy. Ular cho’l, adir, tog’ mintaqalarida tarqalgan. Bahorda tog’ etaklari, qirlar, adirlarda qo’ng’irbosh, chuchmoma, qizg’aldoq kabi o’simliklar tarqalgan. Bu hududda 1235 tur o’simliklar o’sadi. Cho’l va adir mintaqalarida sug’orilmaydigan yerlarda shuvoq, karrak, yantoq, oqquray, qo’ziquloq kabi o’simliklar, tog’ etaklarida bodom, na’matak, do’lana, tog’ning baland qismlarida archa, yong’oq, terak,olma, zarang, tol,qayin kabi daraxtlar o’sadi.
Voha hududining hayvonot dunyosi juda turli-tuman bo’lib, bu yerda 450 dan ortiq hayvon turlari yashaydi. Bu yerda baliqlardan: laqqa baliq (Silurus glanis), kumushrang tobonbaliq (Carassisus auritus) va boshqalar uchraydi. Sun’iy suv havzalarida zog’ora baliq (Cyprinius caprio), xumbosh baliq (Hypophtalmychtis molitrix), oq amur (Ctenopharyngodon idella) tarqalgan. Suvda va quruqlikda yashovchilardan ko’l baqasi (Rana ridibunda) va yashil qurbaqa (Bufo viridis) uchraydi. Cho’llarda sudralib yuruvchilardan cho’l toshbaqasi (Testudo horsfieldi), echkemar (Varanus griseus), cho’l agamasi (agama sanguinolenta Pallas), sharq bo’g’ma iloni (Eryx tataricus Licht), o’qilon (Psammophis lineolatum Brandt), suvilon (Natrix tesselata L.) va boshqalar keng tarqalgan. Qushlar sinfi nisbatan keng tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Ulardan asosan ko’k kaptar (Columba livia), mayna (Acridotheres tristis), qishloq qaldirg’ochi (Hirundo rustica), dala chumchug’i (Passer montanus), hind chumchug’i (Passer inducus) keng tarqalgan. Bog’larda zarg’aldoq (Oriolus oriolus), janub bulbuli (Luscinia megarhynchos) uchraydi. Sut emizuvchilardan eng ko’p tarqalgan turlar quloqdor tipratikan (Hemiechinus auritus albulus), kichik taqatumshuq (Rhinolopus hiposideros), qum tovushqoni (Lepus tolai), uy sichqoni (Mus musculus), tulki (Vulpes vulpes), chiyabo’ri (Canis auritus) lar hisoblanadi

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə