Elektron tijorat rivojlangan sayin insonlarning "uzoqlardan-masofadan turib " elektron pullar to’lashlariga to’g’ri kela boshladi. Bunda pulni masofadan turib qo’ldan qo’lga berishning esa umuman iloji yo’q


faoliyatni amalga oshirishni rejalashtirgan



Yüklə 62,63 Kb.
səhifə6/10
tarix27.12.2023
ölçüsü62,63 Kb.
#162820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
10.Kriptovalyutakar bozoridagi elektron tijorat

faoliyatni amalga oshirishni rejalashtirgan:
1. Jamiyat hayotining turli sohalarida blokcheyn-texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan:
 global tendensiyalarni monitoring qilish, texnologik o'zgarishlarni, shuningdek, blokcheynni qo'llashning yangi sohalarini, usullarini va mexanizmlarini aniqlash uchun taqsimlangan reestr texnologiyalari bo’yicha xalqaro tajribani organish va uni halq xo'jaligi tarmoqlarida tezkorlik bilan o’zlashtirish;
 O'zbekistonda blokcheyn texnologiyalarini joriy etish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida mamlakatdagi ilmiy-amaliy tashkilotlar bilan birgalikda amaliy, ilmiy va marketing tadqiqotlarini tashkillashtirish;
 blokcheyn va unga aloqador texnologiyalarni, shu jumladan, bulut texnologiyalari, kriptografiya, kriptoanaliz, aqlli kontraktlar va boshqa bu
bilan bog’liq innovatsion texnologiyalarni potentsial foydalanishni tartibga
soluvchi halqaro normativ-huquqiy bazalarni tahlil qilish va ularni respublika sharoitlariga mos ravishda takomillashtirish;
 mamlakat miqyosidagi blokcheyn loyihalarni samarali ravishda amalga
oshirish uchun tegishli tashkiliy va texnik infratuzilmani rivojlantirish;
 blokcheyn-texnologiyalarni joriy etish bilan bog'liq tashabbuslar, milliy
tildagi yangi adabiyotlar, tadbirlar hamda loyihalarni axborot-analitik va
metodik jihatdan qo'llab-quvvatlash;
 Blokcheyn-texnologiyalar bo’yicha oily ta’lim muassasalar va akademik
tashkilotlar, olimlar va professor-o’qituvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
 Blokcheyn-texnologiyalarni ommalashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy va o’zbek tildagi ommabop adabiyotlar yaratish va ularni ommaviy axborot vositalari yordamida halq ommasiga keng targ’ibot qilish;
 Blokcheyn-texnologiyalarni amaliyotga qo’llash bo’yicha moliya -kredit va
bank tashkilotlari hamda tadbirkorlik sub’ektlari bilan uzviy aloqada bo’lib ishlash.
2. Milliy blokcheyn-kompetentsiya va vakolatlarni rivojlantirish, shu jumladan:
- taqsimlangan reestr texnologiyasidan samarali foydalanish uchun davlat tuzilmalarining kadrlar salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash;
-blokcheyn sohasida milliy ekspertlar guruhini shakllantirish, bu bilan bog’liq bo’lgan muammolarni muhokama qilish uchun zarur bo’lgan innovatsion maydonchalar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda amaliyotda blokcheyn texnologiyalarni qo'llashning yangi yo'nalishlari va usullarini yaratish;
- iqtisodiyotning turli sohalariga, tadbirkorlikda va davlat boshqaruviga yo’naltirilgan blokcheyn-texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish;
-taqsimlangan reestr texnologiyalarini joriy etish bilan shug'ullanuvchi milliy kompaniyalarni va soha mutahassislarini rag'batlantirish hamda qo'llab-quvvatlash;
- blokcheyn texnologiyasi yo’nalishida ilmiy va amaliy izlanish olib boruvchi
oliy o’quv yurtlari, texnoparklar, analitik markazlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va boshqa milliy akademik va mutaxassislar birlashmalarining
a’zolarini rag’batlantirish maqsadida o’zaro hamkorlikni amalga oshirish;
- Taqsimlangan ro’yhat texnologiyasini qo’llash borasida xalqaro hamkorlikni
rivojlantirishga yo’naltirilgan anjumanlarini tashkillashtirish va o’tkazish, bu
boradagi halqaro tajriba va o'zaro tajriba almashishlarda faol ishtirok etish;
3. Blokcheyn innovatsion texnologiyalarini davlat boshqaruv tizimi va milliy iqtisodiyotga tadbiq etish jarayonini muvofiqlashtirish, shu jumladan:
 blokcheyn texnologiyalarini qo’llash va tadbiq etish bo’yicha maslahat
hizmatlarini ko’rsatish, mutaxassislar hulosasini taqdim qilish hamda bu
soha bo’yicha innovatsion fikr va takliflarni berish.
 davlat boshqaruvida blokcheyn texnologiyani qo’llagan holda information-kommunikatsion sohaga oid optimal yechimlarni yaratish va tadbiq qilishda
yaxlit va bir butun texnologik yondashuvni ta’minlash;
 Davlat idoralari va boshqa tashkilotlarda taqsimlangan reestr texnologiyasiga asoslangan umumdavlat raqamli platformalari ishlatilishining rivojlanishiga ko’maklashish.
 blokcheyn konsepsiyasini ommaga namoyish qilish va uning amalga oshirilishi mumkinlgini tekshirish maqsadida davlat, hususiy yoki ijtimoiy
sohalarda blokchain ilk loyihalarini amalga oshirish.
Blokcheynni tushunish ushun avvalo pulning asosiy vazifasi nima ekanligini tushunib olamiz. Pulning asosiy vazifasi insonlar orasidagi savdo jarayonini
osonlashtirishdir:
Agarda pulning jamiyatdagi harakatini tahlil qilsak, juda ham murakkab jarayonlar
ko’z oldimizga keladi:
Bunda barcha hisob kitoblar tabiiyki, buxgalteriya orqali amalga oshadi:
Buxgalteriyadagi ma’lumotlar esa konfidentsiyal va ularni boshqarish anchagina murakkab masaladir. Ushbu vazifani osonlashtirish uchun bir qancha turdagi vositachilar hizmatidan foydalanish mumkin. Masalan, banklar, auyditor kompaniyalar va ular bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy tashkilotlar. Bu esa hisob ishlarini juda ham murakkablashtirib yuboradi. Shuning uchun hozirgi paytda blokcheynlardan foydalangan xoldagi taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasi ishlab chiqilmoqda. Uni sxematik ko’rinishda quyidagicha tasvirlashimiz mumkin:Bunda buxgalteriya kitoblari tarmoqda joylashtirilib, barcha uchun birday ko’rinshga ega bo’ladi va hech kim unga egalik qilolmaydigan ko’rinishga keladi.
Natijada biz taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasiga kelamiz. Bunda
buxgalteriya kitoblarining barcha nusxalari bir xil bo’ladi. Barcha tranzaktsiyalar
esa barcha tarmoq ishtirokchilari tarmoq orqali ko’ra oladigan shaffof va ommaviy
xolatga keladi:
Noto’g’ri va noqonuniy tranzaktsiyalarni esa boshqalardan berkitib bo’lmaydi, ular
darhol barchaga oshkor bo’ladi-qo’yadi:
Amalga oshirilgan har bir alohida tranzaktsiya esa maynerlar tomonidan
tasdiqlanadi va foydalanuvchilar tomonidan tekshirib turiladi:
Bu operatsiyalarning barchasi blokcheyn deb atalgan taqsimlangan kompyuter
tarmog’i vositasida amalga oshiriladi:
Demak, blokcheyn bu - bir xil huquqqa ega bo’lgan va tarmoqqa P2P (peer to peer) usulida ulangan bir qancha kompyuterlarga yozilgan ma’lumotlardan iborat jurnal bo’lib, unda istalgan turdagi va ko’rinishdagi ma’lumotlar ( masalan, pul operatsiyalri, kontraktlar, patsientlar yoki mijozlar haqidagi ma’lumotlar, turli ko’rinishdagi bilimlar va boshqalar) saqlanishi mumkin. Blokcheyn texnologiyalarini amalda qo’llashda ko’pincha aqlli kontraktlar (smart contract) tushunchasi ham ishlatiladi. Aqlli kontraktlarga o’tishdan avval kontrakt nimaligini eslatib o’tamiz: Kontrakt bu ikki yoki undan ko’p shasxlar orasida qandaydir huquq yoki majburiyatlarining tuzilganligi, o’zgarganligi yoki tugaganligini aniqlab beruvchi hujjatdir. Unda qandaydir xodisaning ro’y berishiga olib keluvchi shart-sharoitlar majmusi aniqlab beriladi. Aqlli kontrakt esa, real dunyoda yoki raqamli olamda qandaydir xodisaning ro’y berishiga olib keluvchi shart -sharoitlar majmusini aniqlab beradigan elektron hujjat - algoritmdir. Aqlli kontraktlarning amalga oshirilishi uchun insoniy faktorni umuman chetga chiqarib tashlaydigan markazlashmagan muhit kerak bo’ladi. Agarda aqlli kontraktda biror-bir narsaning bahosini uzatish yoki ishlatish yoki ko’rsatish zarur bo’lsa, u holda qiymat uzatish vositasi - kriptovalyutani ishlatish lozim bo’ladi. Masalan, agarda bitkoin blokcheynida aqlli kontraktni ishlatsak, u quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Aqlli kontrakt orqali blokcheynda istalgan turdagi ma’lumotlarni yoki ma’lumotlar majmuasini yoki ma’lumotlar to’plamini saqlay olamiz. Masalan:
Blokcheyn texnologiyalaridan foydalanishga yana bir misol sifatida domen
ismlarining taqsimlangan domenli tizimini ko’rsatishimiz mumkin:
Blokchen texnologiyasidan jahon miqyosida foydalanish bo’yicha yana bir qancha
real misollarni quyidagi tasvir orqali tasavvur qilishingiz mumkin:
Blokchen texnologiyasining notarial idoralar ishida ishlatilishiga yaqqol misol esa
quyida infogramma ko’rinishida keltirilgan:
Taqsimlangan reestr vositasida buxgalteriya ishini yuritish bo’yicha real mavjud bo’lgan platformalarga misol sifatida Everledger ni keltirishimiz mumkin (everledger.io). Bu blokcheyn texnologiyalarning jahon miqyosida ishlatilayotgani va tan olinayotganiga o’ziga hos xayotiy bir misoldir. Gruziyada ham yer kadastri ishlari bitkoinning blokcheynida amalga oshirilgani haqida ma’lumotlar mavjud.
Ukrainada esa blokcheyn yordamida kim oshdi savdolari o’tkazilsh loyihalari
amalga oshirilmoqda



Yüklə 62,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə