Elektron tijorat rivojlangan sayin insonlarning "uzoqlardan-masofadan turib " elektron pullar to’lashlariga to’g’ri kela boshladi. Bunda pulni masofadan turib qo’ldan qo’lga berishning esa umuman iloji yo’q


Elektron tijoratda blokcheyn texnologiyalari va smart kontraktlar



Yüklə 62,63 Kb.
səhifə4/10
tarix27.12.2023
ölçüsü62,63 Kb.
#162820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
10.Kriptovalyutakar bozoridagi elektron tijorat

Elektron tijoratda blokcheyn texnologiyalari va smart kontraktlar
Endi blokcheynlarning mohiyati va amaliy-iqtisodiy ahamiyati haqida ham yana
Biroz to’xtalib o’tamiz. Ko’pincha “Blokcheyn —ma’lumotlarni saqlash uchun taqsimlangan reyestr (ruyhat)…” deb tushuntiriladi.
Ushbu izohni bir necha marta eshitgan,
Biroq hech narsani tushunmagan bo‘lishingiz mumkin.
Shuning uchun bu atamaning klassik ma’nosini keltirib o’tamiz: Blokcheyn — bu bir-biri bilan internet orqali bog‘langan ko‘plab kompyuterlarda bir vaqtning o‘zida saqlanuvchi taqsimlangan ma’lumotlar bazasidir.
Uning nega kerakligini misol yordamida tushuntirish osonroq.
AQShdagi akangizga bank jo‘natmalari orqali 100 dollar yubordingiz deb tasavvur qiling. Jo‘natma shaklini to‘ldirganingizdan so‘ng, bank xodimi shahsiy hisobingizdan pulni yechib olib, uni halqaro o‘tkazmalar uchun bankning yagona hisobiga o ‘tkazadi. Shundan so‘ng,
Boshqa xodim bu pullarni agent bankning hisobiga o‘tkazadi, u esa, o‘z navbatida, ullarni AQShga o‘tkazadi.
U yerda o‘tkazmangiz aynan shu tahlit akangizning shaxsiy hisobiga tushadi .
Jo‘natma davomida hech kim xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, uch kun o‘tib akangiz 97 dollarni oladi (barcha banklarning komissionlari olinganidan so‘ng, albatta).
Biroq eng qo‘rqinchlisi, shu uch kun ichida na siz, va na sizning akangiz, qolaversa, bankirlardan hech biri ayni vaqtda pullaringiz qayerda ekanligini va ularning hisobini kim yuritayotganligini bilmaydi. Serverning kutilmaganda buzilib qolishi,
Bank xodimining insofsizligi yoki xakerlik hujumi uzoq surishtiruvlarning boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Axir bu kabi hodisalar hisobingizdagi pullar bilan ham sodir bo‘lishi mumkin-ku. Demak, siz har kuni tizimga umid qilasiz va bankingizga ishonasiz, bu esa o’ziga hos bir muammo. Hozirda blokcheynlar asosan kriptovalyuta jo‘natmalari uchun foydalanilmoqda. Biroq shu bilan bir vaqtda u turli tashkilotlarning turli-tuman maqsadlarini amalga oshirish uchun ham faol joriy etilmoqda. Blokcheynning afzalligi uning shaffof, tezkor, soddaligi va qiymatida. Siz kriptovalyuta yoki biror-bir ma’lumotni blokcheyn orqali jo‘natgan bo‘lsangiz, bunday jo‘natma haqida ma’lumotni o‘zgartirish yoki qalbakilashtirishning umuman imkoni yo‘q. Chunki bu jarayon butun dunyo bo‘yicha yuz minglab kompyuterlar tomonidan tasdiqlanadi. Aynan ushbu kompyuterlarda ushbu ma’lumotning ko‘plab nusxalari saqlanadi — ular bilan istalgan foydalanuvchi istalgan vaqtda tanishishi mumkin. Jo‘natma jarayoni markazlashmagan holda bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa vaqt oladi va bank jo‘natmasidan bir necha o‘n marta arzondir. Agar siz pullarni yoki qandaydir ma’lumotni blokcheynda saqlasangiz, ushbu qaydlar hech qachon yo‘qolib ketmaydi yoki soxtalashtirilmaydi. Bozorning istalgan ishtirokchisi istalgan daqiqada moliyaviy ahvolingizga ishonch hosil qilishi mumkin. Blokchenda hech qanday uchinchi tomon yoki vositachi ishtirokisiz, to‘liq shaffoflik va hisoblar aniqligining matematik kafolati ta’minlab beriladi.
O’zbekiston Respublikasida blokcheyn bilan ishlashga Toshkent shahrida
joylashgan «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi qoshidagi taqsimlangan reestr texnologiyalari (blokcheyn) bo’yicha vakolatlar markazi mas’ul tashkilot bo’lib hisoblanadi. Ushbu taqsimlangan reestr texnologiyalari (blokcheyn) bo’yicha vakolatlar markazi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PQ-3549-sonli “O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini Faoliy atini tashkil etish to’g’risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida tuzilgan. Xususan, 2018-2019 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha "Yo'l xaritasi"ning 7 -bo’limida belgilangan "Mirzo Ulugbek Innovation Center" innovatsion markazi qoshida blokcheyn texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanish shart -sharoitlarni yaratish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda mahalliy dasturchilarni tomonidan ushbu texnologiyani o’zlashtirishni qo’llab-quvvatlash maqsadida Taqsimlangan reestr (blokcheyn) texnologiyalari bo'yicha vakolatlar Markazi yaratish ko’zda tutilgan.
Markaz faoliyati bo’yicha hujjatda (kontseptsiyada) tashkil etilayotgan markaz
faoliyatining asosiy yo’nalishlari, maqsadlari, vazifalari, tamoyillari va faoliyatining tashkiliy-huquqiy mexanizmlari batafsil bayon etilgan. Ushbu
loyihani amalga oshirish uchun mas'ul ijrochilar bo’lib O‘zbekiston Respublikasi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriligi, Mirzo Ulug'bek innovatsion markazi va boshqa manfaatdor idoralar hisoblanadi. Hujjatda (kontseptsiyada) quyidagi atama va aniqlanuvlar qo’llanilgan:
taqsimlangan reestr (blokcheyn) - axborotni o’zida jamlagan, muayyan
qoidalarga muvofiq tuzilgan uzluksiz bloklar zanjiridir (bog'langan ro'yxat). Ko'pincha bunday bloklar zanjiri nusxalari bir-biridan mustaqil ravishda turli
xil kompyuterlarda (qurilmalarda) saqlanadi.
vakolatlar markazi - tuzilmasining asosiy vazifasi qilib ma'lum bir sohadagi
yangi bilimlarni, tajriba va vakolatlarni izlash va uzatish hamda konsalting, servis hizmatlari va professional hizmatlarni ko'rsatishdir.

Yüklə 62,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə