Elektron tijorat rivojlangan sayin insonlarning "uzoqlardan-masofadan turib " elektron pullar to’lashlariga to’g’ri kela boshladi. Bunda pulni masofadan turib qo’ldan qo’lga berishning esa umuman iloji yo’q



Yüklə 62,63 Kb.
səhifə10/10
tarix27.12.2023
ölçüsü62,63 Kb.
#162820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
10.Kriptovalyutakar bozoridagi elektron tijorat

Litecoin — 84 million kriptotanga. Kriptovalyutalar bilan ishlashni boshlashni
o’rganish yoki ular bilan ishlashga mo’ljallangan saytlar soni va kriptovalyutalar birjalari juda ham ko’p miqdorda. Masalan, BTC - e birjasi, Exmo.com - birjasi, LiveCoin.net - zamonaviy bijasi, CEX.IO - birjasi, eCoin.eu - birjasi, GOC.io -kriptovalyutalar bilan avtomatik tarzda savdo qiluvchi platforma, Cryptonit.net kriptovalyutalar sotuvchi va sotib oluvchi birjasi, Kraken kompaniyasining birjasi, Bitfinex - AQSh dollari bilan savdo qiluvchi eng katta birjasi, BTC China - savdo xajmi bo’yicha dunyodagi eng katta Xitoy firmasi, BitYes.com - AQSh dollari bilan katta miqdordagi savdo xajmini amalga oshiruvchi Xitoy kriptovalyuta birjasi va boshqalar. Keyingi paytda rusiyzabon foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan kriptovalyutalar bilan avtomatik tarzda savdo qiladigan tizimlar ham tobora mashxur bo’lib bormoqda. Ularga bir marta kirasiz va unga a`zo bo’lganingizdan so’ng, savdo jarayonini tizimning o’zi avtomatik tarzda amalga oshiradi. Siz ham o’z omadingizni ushbu kriptovalyuta savdo tizimlarida bemalol tekshirib ko’rishingiz mumkin. Ammo savdo jarayonini boshlashdan avval kriptovalyuta
turlarini va savdo amaliyotini mavjud trenajerlarda yaxshilab o’rganib, o’zlashtirib
olishingizni maslaxat qilar edik.Quyidagi tasvirda kriptovalyutalar olami o’ziga xos mozaikali tasvirlar vositasida keltirilgan va u kripto-olam to’g’risidagi o’quvchi tasavvurini yanada boyitish uchun hizmat qiladi:
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan xolda shuni ta’kidlash kerakki,
Raqamli valyuta deganda shunday valyuta turiga aytiladiki ,
Bunda y turdagi valyuta xozirgi paytda hamyoningizda bo’lgan qog’oz ko’rinishidag ivalyutalardan farqli o’laroq, faqatgina electron ko’rinishda bo’ladi. Ammo, xozirgi davrda ko’pchilik insonlar bitkoin, laytkoin, token va ethiriumlar kabi electron valyuta turlaridan qanday foydalanishni tushunavermaydilar. Demak, tabiiy ravishda quyidagi savol tug’iladi:
Elektron valyutalar vositasida internet tizimi orqali odatiy pul kabit o‘lovlar amalga oshirish mumkinmi?
Quyida shu va shu bilan bog’liq bir qancha dolzarb savollarga javob berishga harakat qilamiz.
Shuni ham aytish kerakki, bitkoin tangalarini yaratish uchun sarflanadigan
harajatlar unchalik katta emas, biroq xuddi oltin yoki neftni qazib olishdagi
tashkilotlar ko‘payishi va ushbu resurslarning kamyob topilishi bois narxi oshgani
singari, bitkoinni ham so‘nggi vaqtlarda mayning orqali hosil qilish murakkablashgan holda butun bir boshli «mayning fermalari»dagi bir necha kunlik
to‘xtovsiz amaliyot natijasida bor yo‘g‘i bir nechta bitkoin hosil bo‘layotgani
hamda bitkoinlar maksimal soni chegaralangani (21000 000) narxning ko‘tarilishiga turtki bo‘lmoqda. Biroq bundan boshqa yana eng katta sabablardan
biri bitkoinni Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya singari rivojlangan mamlakatlar
iqtisodiyotida rasman to‘lov vositasi sifatida qabul qilinishi mumkinligi tufayli ushbu bitkoin tangalariga talabni chunonan kuchaytirdiki, 2017 yilning o‘zida yil boshiga nisbatan jadal o‘sish ko‘rsatkichiga erishildi (kurs 998 AQSh dollaridan 20000 AQSh dollarigacha o‘sdi).Bugun dunyodagi yetakchi birjalar va yirik banklar ham bitkoinning oldi-sotdisini treyding tizimida yo‘lga qo‘yishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Garchi kriptovalyutalarning gurkirab rivojlanishi butun jah on moliyaviy-iqtisodiy tizimiga katta ta`sir qilgan holda mavjud bo‘lgan tizimni yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lsa ham, ayni paytda katta daromad ko‘rish istagida bo‘lgan investorlar bitkoinning rivojlanishidan manfaatdor bo‘lishmoqda. Shuningdek, bitkoin tangalarini gurkirab rivojlanishidan eng ko‘p manfaat ko‘ruvchi insonlar – bu yashirin iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi investorlardir. Aynan shuning uchun ham hozirda bir nechta iqtisodi rivojlangan davlatlar bitkoin orqali turli noqonuniy va jinoiy faoliyatlarning rivojlanib ketishi oldini olish maqsadida bitkoinni to‘lov vositasi sifatida qabul qilishmayapti.Bitkoinni xarid qilish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, hozirgi vaqtda uni bir nechta maxsus birjalardan yoki umuman har qanday bitkoinga ega bo‘lgan ishtirokchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish yo‘llari mavjuddir. Unda bitkoinning oldi-sottisi ishtirokchilarning o‘zaro kelishilgan narxlarida amalga oshiriladi. Agar to‘lovlar birjalar orqali amalga oshirilsa, xalqaro VISA, Master Card kartalari orqali va Webmoney, Qiwi, Perfect Money, Advcash, Payeer, Paypal va boshqa elektron hamyonlar orqali kriptovalyutalarni sotib olish mumkindir.Hozirgi kunga kelib, birlamchi kriptovalyutalarga ma’lum bir usullar(mayning, forjing)dan foydalangan holda ega bo‘lish mumkin. Qolganlar esa virtual pullarnifaqatgina boshqalardan sotib olishlari mumkin. Buning uchun ular ma’lum miqdorda pul to‘lashlari yoki kriptovalyutani tovar yoki hizmatga almashtirishlari mumkin. Almashinuv hech qanday vositachilarsiz amalga oshirilishi mumkin. Ammo amaliyotda bu ishni maxsus joylardagina amalga oshirish mumkin bo‘lib qolmoqda. Bu esa tabiiyravishda kriptovalyutalar bozorini vujudga keltirdi. Natijada hozirgi vaqtda kriptovalyutalar egalari ularni nafaqat haqiqiy pullarga balki boshqa turdagi virtual pullarga ham almashtirish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.
Yüklə 62,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə