|
“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “E-learning” December-2020,Volume 4 issn2-181-1199“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” March-2022,volume 6,№1 ISSN2-181-1199maxmudova-dilfuza-meliyevna-2“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” March-2022,volume 6,№1 ISSN2-181-1199
http://ej.nspi.uz//
25
xususan, o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlari bilan belgilanadigan
bilimlarni rivojlantirishning barcha asosiy shartlari va sharoitlarini o‘z ichiga
oladi» [1].
Adabiyotlar tahlili.
Yuqorida keltirilganlarga asosan, noan’anaviy ta’limning
revojlanishi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish hozirgi kunda dolzarb va
samarali bo‘lib qoladi. Zamonaviy oliy ta’limda keng tarqalgan va zamonaviy
ta’lim amaliyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan noan’anaviy ta’lim sohalarida
rivojlanayotgan modellarning eng muhimi, dasturiy ta’minot va muammoli
ta’limni o‘z ichiga oladi.
Muammoli ta’lim, nazariy va amaliy muammolarni hal qilish orqali yangi
bilimlarni talabalar tomonidan o‘rganishga asoslangan. Taniqli polyak olimi V.
Okon “Osnovi problemnogo obucheniya” kitobida ta’kidlashicha, tadqiqotchilar
o‘z ishlari davomida izlanish yo‘liga qanchalik yaqin bo‘lsa, shuncha yaxshi
natijalarga erishadilar [2]. Rus mutaxassislari (T.V.Kudryavsev, A.M.Matyushkin,
Z.I.Kalmikova va boshqalar) turli xil modifikatsiyalarda muammoli ta’lim uchun
psixologik asoslarni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Mualliflarning fikriga ko‘ra,
«muammo o‘quvchilarga kognitiv vazifa va o‘qituvchi yoki o‘quvchilarning
bevosita ishtirokida uni hal qilish yo‘llarini va usullarini mustaqil hal qilishni
o‘rgatadi. Ular faraz qiladilar, to‘g‘riligini tekshirish usullarini rejalashtiradi va
muhokama qiladilar, bahslashadilar, tajriba o‘tkazadilar, kuzatadilar, natijalarni
tahlil qiladilar, asoslaydilar va isbotlaydilar» [7]. Bularga, masalan, qoidalar,
qonunlar, formulalar, teoremalar, matematik formulalar va ifodalarning mustaqil
ravishda qayta isbotlash, geometrik teoremani isbotlashning yo‘lini kashf etish
muammolari kiradi.
Muammoli ta’lim bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi:
1) umumiy muammoli vaziyatni anglash;
2) uning tahlili, ma’lum bir muammoni shakllantirish;
3) muammoni hal qilish (farazlarni aniqlash va asoslash, ularning tekshirish);
4) muammoni yechimini to‘g‘riligini tekshirish.
|
|
|