“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “E-learning” December-2020,Volume 4 issn2-181-1199



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix26.10.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#131214
1   2   3   4   5   6   7   8
maxmudova-dilfuza-meliyevna-2

http://ej.nspi.uz//
24
 
o‘zgarishlar va izchil islohotlar amalga oshirildi. Shu sababli, ta’lim sohasidagi 
xorijiy davlatlarning boy tajribasini o‘rganish, dolzarb va juda talabchan vazifadir. 
Hech kimga sir emaski, bizning ta’lim tizimimizning holatlari va xususiyatlarini 
hisobga olgan holda bunday tajribadan foydalanish uzoq va serharajat tajribalar 
bilan bir xil natijalarga erishishdan ko‘ra ancha samarali bo‘ladi. Ayniqsa, bu 
sohadagi muammolar va vazifalar hamma joyda taxminan bir xil. Ma’lumki, ta’lim 
sohasidagi asosiy muammolardan biri yangi ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish 
va ularni psixologik asoslashdir. Ushbu maqola bugungi kunda noan’anaviy 
ta’limning bir turi bo‘lgan muammoli ta’lim nazariyasining asosiy tushunchalarini 
bayon etgan va respublikamiz mutaxassislarini ushbu sohada faol ishlaydigan 
boshqa mualliflarning yutuqlari bilan tanishtirgan sharh-tahliliy maqoladir.
Ma’lumki, ta’lim jarayoni quyidagi ikki xususiyatga ega: o‘quvchilarda yangi 
bilimlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish qobiliyatini boshqarish va shakllantirish. 
Bugungi kunda qo‘llanilayotgan barcha ta’lim texnologiyalari bir-biri bilan 
chambarchas bog‘liq, biroq ayni paytda har bir texnologiya uchun zarur bo‘lgan 
talab – uni tarbiyalash, ta’limning tabiati va talabaning tashabbuskorligi. Onglilik 
prinsipi (intuitivizm)ga asoslangan-tajribani o‘zlashtirishning tabiati bilan bog‘liq 
bo‘lgan ta’lim.
Onglilik prinsipiga asoslangan ta’lim nazariyalarini hisobga olgan holda
quyidagi savolga javob berish muhimdir: o‘quv jarayonida xabardorlik obyekti 
nima? Agar talabalar faqat qoidalar, vositalar haqida bilsalar, unda bu an’anaviy, 
kommunikativ, dogmatik ta’lim shakli deb ataladi. Agar bu ma’lum qoidalarga 
rioya qilingan holda xatti-harakatlarning o‘zi haqida xabardorlik bo‘lsa, demak bu 
aqliy harakatlarning shakllanish nazariyasi. Agar bu dastur haqida xabardorlik, 
harakatlar algoritmi bo‘lsa, unda bu dasturlashtirilgan mashg‘ulot, algoritmlar 
nazariyasi. Agar bu muammoni anglash bo‘lsa, uni yechish uchun vositalarni, 
usullarni, texnikani o‘zlashtirish kerak bo‘lgan vazifa bo‘lsa, demak bu muammoli 
ta’lim. Ba’zi mutaxassislar fikricha «an’anaviy ta’lim axborot-kommunikatsiya
dogmatik, passiv ta’lim shaklidir va samarali amalga oshirilishi ko‘plab omillar, 



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə