Elektr mashinalari haqida umumiy tushunchalar. Bir fazali transformatorlarini konstruksiyasi. Uch fazali transformatorlarini ulanish usullari


- rasm. Magnit yumshoq (1) va manit qattiq (2) matеriall



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə7/9
tarix22.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112161
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maruza 1(mashinalar)

7- rasm. Magnit yumshoq (1) va manit qattiq (2) matеriallarning gistеrеzis sirtmogi.
Transfopmatorlarning o’zaklari, o’zgaruvchan tok mashina va apparatlari siklik qayta magnitlanish sharoitida ishlaydi. Ularda gistеrеzis tufayli bo’ladigan isroflar iloji boricha kam bo’lishi uchun gistеrеzis sirtmog’i nisbatan, juda tor bo’lgan fеrromagnit matеriallar ishlatgan ma'qul. Bunday matеriallarga elеktrotexnik po’lat list kiradi. Lеkin doimiy magnitlar uchun koertsitiv kuchi va qoldiq induktsiyasi katta, binobarin, gistorеzis sirtmog’i kеng magnit qattiq matеrial ishlatgan ma'qul.
Chastotani o’zgartiruvchi transformatorlar
Chastotani 2 va 3 marta oshiradigan transformatorlar sxemalari amalda ko’p ishlatiladi. Chastotani ikki marta oshirish. Bu qurilma Tr- 1 va Tr- 2 lardan iborat bo’lib, har bir transformator uchtadan chulg‗amga ega, birlamchi chulg’am 1 qo’shimcha magnitlovchi chulg’am 3 va 2 ikkilamchi chulg’am. Transformatorlarning birlamchi chulg’amlari teskari tartibda ketma-ket ulanadi, qo’shimcha magnitlovchi va ikkilamchi chulg’amlar to’gri ketma-ket ulanadi Shuning uchun ta‘minlovchi kuchlanish U1 o’zgarishining birinchi yarim davri davomida transformatorlarning biriga Fum + Fμ, boshqasiga ularning ayirmasi (Fum + Fμ) ga teng bo’lgan magnitlovchi kuch ta‘sir etadi. Bu yerda: Fum va Fμ qo’shimcha magnitlaydigan va birlamchi chulg’amning magnitlovchi kuchlari. Natijada birinchi transformatorning o’zagi to’yingan holda bo’ladi, magnit oqimining Ф1, o’zgarish egri chizig’i yapaloqlashadi; ikkinchi o’zakdagi Ф2 ning egri chizig’ida oqim kamayib ketadi. Keyingi yarim davrda Fμ ning yo’nalishi o’zgaradi, Fum ilgarigidagicha qoladi. Oqimlar Ф1 va Ф2 ning o’zgarishi ham almashinadi. Ular bir-biridan 180° ga siljiydi va nosimmetrik bo’ladi. Demak, ularda toq va juft garmonikalar bo’lmaydi. Birlamchi chulg’amda EYK E1 oqimlar Ф1 va Ф2 ning ayirmasi bilan hosil qilinadi. Bu ayirma oqim chastota f1 bilan o’zgaradi. Ketma-ket ulangan ikkilamchi chulg’amlarda yig’indi EYK yig’indi oqim Ф12 ta‘sirida hosil qilinadi hamda bu EYK birinchi va toq garmonikalarga ega bo’lmaydi. Shuning uchun ikkilamchi chulg’am U2 kuchlanish Ф1 va Ф2 oqimlarning ikkinchi garmonikasi bilan aniqlanadi, ya‘ni ikki marta ortiq chastota bilan o’zgaradi (chastotasi 2f1 bo’ladi).



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə