Elektr mashinalari haqida umumiy tushunchalar. Bir fazali transformatorlarini konstruksiyasi. Uch fazali transformatorlarini ulanish usullari


Bir fazali transformatorlarini konstruksiyasi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə2/9
tarix22.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112161
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maruza 1(mashinalar)

Bir fazali transformatorlarini konstruksiyasi

Biror kuchlanishli o’zgaruvchan tokning chostotosini o’zgartirmagan xolda uni boshqa kuchlanishli o’zgaruvchan tokka aylantirish uchun ishlatiladigan statik apparat transformator deyiladi.


Transformatorning ishlash prinsipi elektromagnit induksiya xodisasiga asoslangan. Elektrotexnika sanoatida ishlatiladigan transformatorlarning o’zagi ma’lum shakldagi berk rama ko’rinishida yig’ilgan aloxida po’lat plastinkalaridan iborat.

1-rasm Bir fazali transformator.

Birlamchi chulg’am (g’altak) dagi o’ramlar soni W1 bo’lsin. Unga tarmoqdan yoki generatordan o’zgaruvchan kuchlanish beriladi. Bunda o’ramdan o’zgaruvchan I tok o’tadi, bu tok po’lat o’zakni magnitlab, unda o’zgaruvchan magnit oqimi hosil qiladi. Bu tokning magnitlovchi ta’siri amper o’ramlar soni (I W1,) ga proporsional bo’ladi. G’altakda tok ortgani sari o’zakdagi magnit oqimi xam ortib boradi, buning o’zgarishi esa g’altak o’ramlarida uzinduksiya EYUK hosil qiladi. Uzinduksiya EYUK g’altakka berilgan kuchlanish darajasiga yetganda birlamchi o’ramda tokning ortishi to’xtaydi. Shunday qilib, transformatorning birlamchi o’rami zanjirida uning uchlariga berilgan kuchlanish U1 va o’zinduksiya EYuK E1 bo’ladi. Bunda kuchlanish U1 dan o’ramda kuchlanishning pasayishi miqdoricha ortiq bo’lib, kuchlanishning bu pasayishi esa juda kam bo’ladi. Transformator o’zagida vujudga kelgan o’zgaruvchan magnit oqimi transformatorning ikkilamchi g’altagini ham kesib o’tib, uning har o’ramida birlamchi g’altakning har bir o’ramidagidek EYuK hosil qiladi. hosil bo’lgan EYUK ning kattaligi chulg’amlarning o’ramlari soniga proporsional bo’ladi:



Transformatorning birlamchi chulg’amidan tok o’tganda uning o’zagida shu tokka proporsional bo’lgan magnit oqimi hosil bo’ladi. Bu oqim xam sinusoidal qonun bo’yicha o’zgaradi, ya’ni


Transformatorning tuzilishi
Har qanday transformator ikki asosiy qism, yaʼni berk poʼlat oʼzakdan va mis simdan oʼraladigan choʼlgʼamlardan iborat. Transformator oʼzagi maxsus elektrotexnik poʼlat plastinalardan yigʼiladi. Bu plastinalar qalinligi transformator ishchi chastotasiga bogʼliq, chastota qancha yuqori boʼlsa, plastina shuncha yupqa boʼladi.Oʼzak shakli va unda choʼlgʼamlarning joylashishi boʼyicha transformatorlar sterjenli, bronli (sh-simon), torreodal va lentasimon kesimli boʼlishi mumkin. Bajarilish sxemasi boʼyicha transformatorlar (yaʼni choʼlgʼamlar soni boʼyicha) bir, ikki va koʼp choʼlgʼamli boʼlishi mumkin.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə