Elektr mashinalari haqida umumiy tushunchalar. Bir fazali transformatorlarini konstruksiyasi. Uch fazali transformatorlarini ulanish usullari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə1/9
tarix22.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112161
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maruza 1(mashinalar)


  1. Elektr mashinalari haqida umumiy tushunchalar.

  2. Bir fazali transformatorlarini konstruksiyasi.

  3. Uch fazali transformatorlarini ulanish usullari

  4. Chastotani o’zgartiruvchi transformatorlar.

  5. Xulosa.



Elektr mashinalari haqida umumiy tushunchalar


Elektr mashinalari elektr energetika tizimining asosiy elementlari hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining deyarli hammasi generatorlarda ishlab chiqariladi. Elektr energiyasining asosiy istemolchisi elektr yuritmalar (motorlar) bo’lib ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyib to’rtdan uch qismini istemol qiladi. Uzatiladigan elektr energiyasining hammasi transformatorlardan o’tkazilib kuchlanishi o’zgartiriladi. Shunday qilib ushbu fanda elektr energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda va istemol qilishda qo’llaniladigan elektr mashinalari o’rganiladi. Shuning uchun elektr energetika sohasida ta’lim oluvchi talabalar uchun kelgusi maxsus fanlarni o’zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Elektr mashinalari vazifasiga ko’ra ikkiga: generatorlarga va motorlarga bo’linadi. Elektr energeiyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi qurilmaga motor, mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilmaga esa generator deyiladi. Elektromexanika fanida bundan tashqari transformatorlar ham o’rganiladi. Chunki, elektr mashinalari bilan transformatorlar o’rtasida juda ko’p umumiylik bor. Har qanday elektr mashina transformator rejimida ishlay oladi.
Elektromexanika fani texnologiya talablariga to’laroq javob beradigan elektr mashinalarini yaratish, ularni konstruktsiyalarini soddalashtirish, ishonchligini, samaradorligini oshirish va ekspluatatsiya jarayonida xavfsiz ishlashini ta’minlab, ishlash muddatini uzaytirish o’rganadigan muammolari hisoblanadi.
Elektromexanika fani barcha ixtisoslik fanlar uchun tayanch fan bo’lib hisoblanadi. «Elektr yuritma asoslari» va «Avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar» faniga bevosita tayanch fan bo’lib hisoblanadi.
Elektr tarmoqlarida keng ishlatiladigan uch fazali transfor-matorni Mixail Osipovich Dolivo-Dobrovoliskiy 1889-yilda ixtiro qilgan.
Amalda transformatorsiz o’zgaruvchan tok energiyasini o’zoq masofaga o’zatish mumkin emas, chunki kuchlanish qiymatini o’zgartirmay, energiyani o’zoq masofaga o’zatilsa, simlarda bo’ladigan isroflar ko’p bo’ladi va shuning uchun foydali ish koeffitsienti kamayib ketadi. Elektr energiyasini o’zoq masofaga o’zatuvchi sim-larda kuchlanish pasayishini va quvvat isrofini kamaytirish uchun simlarning elektrrshiligini o’zgartirish lozim. Simning elektr qarshiligini faqat uning ko’ndalang kesimini oshirish yo’li bilan kamaytirish mumkin. Bu bilan simlarga sarflana-digan rangli metall miqdori va simlarning oqirligi oshib bor-moqda. Elektr quvvatini o’zoq masofaga o’zatish uchun kuchlanish qiymati oshirilsa, simlardan o’tuvchi tok kuchining qiymati kamayadi. Natijada simlarda kuchlanishni pasayishi ham, quvvat isrofi ham kamayadi. Tok kuchini kamayishi natijasida quvvatni iste’molchilarga o’zatish uchun kichik ko’ndalang kesimli simlardan foydalanish mumkin bo’lib qoladi. Elektr energiyani o’zoq maso-faga o’zatish tannarxi arzonlashadi. Demak, elektr energiyani o’zoq masofaga kuchlanishni oshirib o’zatish foydalidir. Transfor-matorlar yordamida elektr toki kuchlanishi qiymatini kerak-ligicha oshirish, yoki kamaytirish mumkin. Odatda elektr stantsiya-larda ishlab turgan generatorlardan to’qridan-to’qri yuqori kuch-lanishli elektr tok olish mumkin emas. Amalda generatorlardan olinadigan kuchlanish qiymati 20 KVdan oshmaydi, shuning uchun elektr energiyasini ishlab chiqaradigan elektr stantsiyalarda kuch-lanishni oshiruvchi transformatorlar o’rnatiladi. O’zatiladigan quvvat qancha katta bo’lsa va masofa qancha o’zoq bo’lsa, elektr tok-ning kuchlanishi shunchalik yuqori bo’lishi kerak. Masalan, Farxod gidroelektr stantsiyasi bilan Toshkent va Chirchiq shaharlaridagi yuqori kuchlanishli tarmoqlarni birlashtiruvchi liniyalar orqali elektr energiyasi 110 KV kuchlanishda o’zatiladi.
O’zgaruvchan tok mashinalaridan asinxron mashinalar eng ko’p ishlatiladi. Halk xujaligining turli sohalarida mashina va mexanizmlarni harakatga keltirayotgan elektr motorlar asosan asinxron mashinalardir. Asinxron mashinalar generator sifatida ham, motor sifatida ham ishlatiladi. Lekin, asinxron mashinalar asosan o’zgaruvchan tok motori sifatida ishlatiladi. Asinxron motorlar bir fazali yoki uch fazali bo’ladi. Uch fazali asinxron motorni 1889-1891 yillarda rus muxandisi M.O.Dolivo-Dobrovolskiy ixtiro qilgan.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə