Elektr mashinalari haqida umumiy tushunchalar. Bir fazali transformatorlarini konstruksiyasi. Uch fazali transformatorlarini ulanish usullari


Transformatorning ishlash printsipi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə3/9
tarix22.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112161
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maruza 1(mashinalar)

Transformatorning ishlash printsipi:
Transformatorning ishlash printsipi bir-birlari bilan elektr jihatdan bogʼlanmagan va qoʼzgʼalmas ikki yoki bir necha choʼlgʼamlarning oʼzaro elektromagnit taʼsirlanishiga asoslangandir. Choʼlgʼamlar W1 va W2 oʼramlar soni orqali xarakterlanadi.Transformatorning uchta salt ishlash, qisqa tutashuv va yuklama ish rejimlari mavjud. Bu rejimlarni ketma-ket koʼrib chiqamiz
Transformatorning salt ishlash rejimi:
Salt ishlash rejimida transformatorning birlamchi choʼlgʼami oʼzgaruvchan tok manbaiga ulanadi, ikkilamchi choʼlgʼamining uchlari esa ochiq qoladi, yaʼni ikkilamchi choʼlgʼam toki nolga teng boʼladi.

Transformatorning yuklama rejimi:
Аgar transformatorning ikkilamchi choʼlgʼamiga yuklama ulansa, u holda transformator ishchi rejimda ishlaydi. Bu rejimda transformatordagi fizik jarayonlar yuklama xarakteriga bogʼliq boʼladi.
Transformatorning qisqa tutashuv ish rejimi:
Qisqa tutashuv rejimida birlamchi choʼlgʼam tarmoqqa ulanadi, ikkilamchi choʼlgʼam esa qisqa tutashtiriladi. Ishlatish sharoitlarida qisqa tutashuv avariya rejimi hisoblanadi va choʼlgʼamlar toklari katta qiymatlarga ortib ketadi.
Bu rejimda ikkilamchi choʼlgʼam qisqa tutashtiriladi, birlamchi choʼlgʼamga esa pasaytirilgan Uk kuchlanish beriladi. Bu kuchlanish qisqa tutashuv kuchlanishi deyiladi va nominaldan foizlarda oʼlchanadi.

Uch fazali transformatorlarini ulanish usullari
Uch fazali transformatorlar, asosan, uch fazali tok sistemasini transformatsiyalash uchun ishlatiladi. Uch fazali transformator umumiy po‘lat o‘zakka ega bo‘lib, alohida fazalarning toklari hosil qilgan barcha magnit oqimlari ana shu o‘zak bo‘ylab tutashadi.


2-rasm. Uch fazali transformator sxemasi

Uch fazali transformatorning po‘lat o‘zagi ostki va ustki tomonlardan birlashtirilgan uchta sterjendan iborat. Har bir sterjenda har fazaning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlari joylashtirilgan. Chulg‘amlar yulduz yoki uchburchak sxemada ulanishi mumkin. Bu biriktirish sxemalari tegishlicha yulduz va Δ tarzda belgilanadi. Chulg‘amlar qanday sxemada ulanishidan qat’iy nazar birlamchi chulg‘amning bosh (A,B,C) va oxirgi (X, Y, Z) uchlari katta harflar bilan, ikkilamchi chulg‘amning bosh (a, b, c) va oxirgi uchlari (x, y, z) kichik harflar bilan belgilanadi.


Uch fazali transformatorlar chulg‘amlarini ulash sxemalarini kasr tarzida ko‘rsatish qabul qilingan. Kasrning suratidagi belgi birlamchi chulg‘amni, maxrajidagi belgi esa ikkilamchi chulg‘amni ulash sxemasini bildiradi. Masalan, uch fazali transformatorning chulg‘amlari yulduz/yulduz sxemada ulangan bo‘lib, yulduz/ yulduz tarzda belgilanadi. Agarda yulduz/uchburchak sxemada ulangan bo‘lsa, yulduz/Δ belgi bilan ko‘rsatiladi. Amalda, asosan kichik va o‘rtacha quvvatli (taxminan 1800 kVA gacha bo‘lgan) transformatorlarning ikala chulg‘amiga nisbatan yulduz usulida ulash sxemasi qo‘llanadi. Bunday ulashda chulg‘amlarning izolyatsiyasi faza kuchlanishiga (Uf = Ul /3), uchburchak sxemada ulanganda esa liniya kuchlanishiga hisoblanadi. Odatda, transformatorning yuqori kuchlanishli chulg‘ami (manba tomonidagi) yulduz sxemada ulanadi. Bunda ma’lum qiymatdagi liniya kuchlanishini olish qulay va chulg‘amning o‘ramlar soni kam bo‘ladi. Chulg‘amlarni uchburchak sxemada ulash katta tolarda ma’qul bo‘lgani uchun yulduz/Δ sxema past kuchlanish tomoni katta quvvatli bo‘lgan transformatorlarda qo‘llanadi (3-rasm).




Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə