Elektr mashinalari haqida umumiy tushunchalar. Bir fazali transformatorlarini konstruksiyasi. Uch fazali transformatorlarini ulanish usullari


-rasm. Chastotani ikki karra ko‘paytiruvchi transformatorning a) sxemasi va kuchlanish, b)magnit oqimi va EYK lar o‘zgarish grafigi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə8/9
tarix22.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112161
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maruza 1(mashinalar)

8-rasm. Chastotani ikki karra ko‘paytiruvchi transformatorning a) sxemasi va kuchlanish, b)magnit oqimi va EYK lar o‘zgarish grafigi.

Qo’shimcha magnitlaydigan chulg’amdagi tokni rostlab, qurilmaning chiqish kuchlanishi U2 ni o’zgartirish mumkin bo’ladi. Qo’shimcha magnitlaydigan chulgamdan o’zgaruvchan tok o’tmasligi uchun, bu zanjirga droscel ulanadi. Ikkilamchi chulg’amda kuchlanish pasayishini kompensatsiyalash uchun yuklama qarshiligi ZN bilan ketma-ket sig’im C ulanadi. Sig’im qurilmaning quvvat koeffitsientini oshiradi.


Chastotani uch marta oshirish. Chastotani uch marta oshirish uch fazali tarmoqqa ulangan transformatorning po’lat o’zagi to’yinganda hosil bo’ladigan uchinchi garmonikalardan foydalanishga asoslangan. Transformatorning ikkilamchi chulg’ami uchburchak usulida ulanganda ayrim fazalarda EYK uchinchi garmonikasining o’zgarishi bir xil bo’ladi va shu chulg’amlardan chastotasi uch marta ortiq tok o’ta boshlaydi. Demak, transformator ishlaganda uning po’lat o’zagini to’yingan holda bo’ladigan qilib tayyorlanadi (bunda uchinchi garmonika EYK katta bo’ladi) va ikkilamchi chulg’amlarni ochiq uchburchak usulida ulanadi (8-rasm), bunda ikkilamchi chulg’amga ulangan yuklama (ZN) ga chastotasi 2f1 bo’lgan kuchlanish berilishi mumkin. Uch fazali transformator o’rnida uchta bir fazali transformator ishlatilishi ham mumkin.





9-rasm.O’zgaruvchan tok chastotasini uch karra oshirish uchun transformator sxemasi

Chastota uch marta ortganda transformatorda kuchlanish pasayishi ancha ko’payadi. Kuchlanish pasayishi kompensatsiyalash uchun ZN ga ketma-ket qilib sig’im C ulanadi. Chastotani 4, 6 va 8 marta oshiruvchi apparatlar ham amalda qo’llaniladi.


Xulosa

Men bu mustaqil ishni tayyorlash mobaynida transformatorlar haqida umumiy ma’lumotga ega bo’ldim.Ularni qaysi turlarga bo’linishini,qanday qismlardan tashkil topgani o’rgandim. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, uch fazali transformator va bir tomonlama transformator o'rtasidagi farq asosan kirish va chiqish quvvat manbai va qo'llash sohalarida aks etadi. Shu bilan birga, yuqoridagi muqaddimadan ko'rinib turibdiki, uch fazali va bir fazali transformatorlarning o'ziga xos xususiyatlari va afzalliklari bor. Bundan tashqari, ushbu transformatorlarning amaliy qo'llanilishida ishlashi uchun oqilona ishlash usuliga qat'iy rioya qilish kerak. Qisqacha aytganda, transformator elektr tizimining muhim tarkibiy qismi bo'lib, u asosan foydalanuvchilarning elektr energiyasidan xavfsiz foydalanishlarini ta'minlash uchun asl kuchlanishning ko'tarilishi va tushishi uchun javobgardir. Transformatorning ishlashiga turli xil nosozliklar salbiy ta'sirini hisobga olgan holda, elektr tarmoqlari nosozliklar paydo bo'lishining oldini olish, profilaktika sinovlari orqali mumkin bo'lgan nosozliklarni aniqlash va oldini olish uchun zarur choralarni ko'rishi kerak. Sinov natijalariga ko'ra, profilaktik sinov quvvat tizimi va transformatorning normal ishlashini ta'minlashda bir nechta funktsiyalarni bajargan.Hozirgi kunda hayotimizni transformatorlarsiz tassavur eta olmaymiz.O’zgaruvchan tokda ishlavchi har qanday qurilmani ishlatishimizda Transformatorlarni o’rni katta.




Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə