Buxgalteriya lit



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Buxgalteriya lit

„Rezerv kapitali“ 
moddasida amaldagi qonun va
nizomlarga asosan, korxonada tashkil qilingan rezerv
kapitalining qoldig‘i ko‘rsatiladi.

Т
aqsimlanmagan foyda“
(qoplanmagan zarar)
moddasida (30-satr) sof foyda, ya’ni tayyor mahsulot,
ish va xizmatlardan ko‘rilgan moliyaviy natijalar, korxo-
naning moliyaviy faoliyati bo‘yicha daromad va xarajatlar,
ya’ni 80 „Foyda va zararlar“ schoti bilan 81 „Hisoblangan
va to‘langan foyda (daromad) solig‘i“ schoti qoldiqlari
o‘rtasidagi farq ko‘rsatiladi.
Yillik hisobotda 87 „
Т
aqsimlanmagan foyda“ (qoplan-
magan zarar) schotining kreditiga o‘tkazilgan foyda 150-
satrda ham ko‘rsatiladi. O‘tgan yildagi taqsimlanmagan foyda
bo‘lsa, hisobot yilidagi taqsimlanmagan foyda qoldig‘i bilan
qo‘shib ko‘rsatiladi.
Umuman, buxgalteriya balansining passiv tomonida
korxona va tashkilotlardagi mablag‘larning manbalari tegishli
turlari bo‘yicha ko‘rsatiladi.
4-§. Buxgalteriya hisobotiga yoziladigan
tushuntirish xati
Yillik buxgalteriya hisobotiga hisobot yilida korxona
faoliyati natijalariga ta’sir qilgan asosiy omillar tushun-
tirilgan va korxonaning moliyaviy holati aks ettirilgan
tushuntirish xati ilova qilinadi.
Ma’lumki, hisobot shakllarida korxona va tashkilotlar
xo‘jalik mablag‘larining joylashishi hamda tashkil topish


212
manbalari jadval ko‘rinishida ifoda etiladi. Jadvallardagi
ma’lumotlar esa korxona xo‘jalik faoliyati, hisobot davrida
ro‘y bergan o‘zgarishlar, ularning sababi to‘g‘risida to‘la
ma’lumot bermaydi. Bu ma’lumotlarni yuqorida aytib
o‘tilgan yillik hisobotga yozilgan tushuntirish xatidan olish
mumkin. Unda hisobot davrida tashkilot bo‘yicha asosiy
ko‘rsatkichlarning bajarilishi, unga ta’sir qiluvchi omillar,
shartnoma shartlarining bajarilishi, asosiy vositalardan
samarali foydalanish, xarajatlar holati, rejaga nisbatan
haqiqiy bajarilishi ko‘rsatiladi.
Т
ushuntirish xatining kirishida qabul qilingan qonun-
larning bajarilishi, hukumat tomonidan chiqarilgan
qarorlarning bajarilishi uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar
yoziladi. Unda hisobot davrida o‘tkazilgan inventarizatsiya
natijasi bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning qisqacha
mazmuni ko‘rsatilishi kerak. Ayrim sabablarga ko‘ra
belgilangan inventarizatsiya rejalari bajarilmagan bo‘lsa,
uning sabablari ko‘rsatilishi kerak. Agar hisobot davrida
ishlatilmay kelinayotgan asosiy vositalar mavjud bo‘lsa,
uning sababi yozilishi shart. Bunda asosiy vositalardan
samarali foydalanish yo‘llarini ko‘rsatish zarur.


213

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə