Buxgalteriya lit



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   79
Buxgalteriya lit

„Nomoddiy aktivlar“
moddasida ko‘rsatilgan. „Nomoddiy
aktivlar“ balansda boshlang‘ich qiymati, eskirish va qoldiq
qiymati bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Ma’lumki, nomoddiy aktivlar korxonaga daromad kel-
tiradigan yoki uning faoliyatiga kerakli shart-sharoit
yaratadigan natura-buyum shakliga ega bo‘lmagan mablag‘-
lar qiymatini o‘z ichiga oladi. Nomoddiy aktivlar tarkibida
patentlar, ixtirochilikdan foydalanish huquqlari, „nou-
xau“, tovar markalari, boshqa qonuniy huquq va imtiyoz-
lar qiymati aks ettiriladi. Masalan, yerdan, suvdan, boshqa
tabiiy boyliklardan, bino va qurilmalardan foydalanish
huquqi.
Nomoddiy aktivlar kabi asosiy vositalar ham balansda
boshlang‘ich qiymati, eskirishi, qoldiq qiymati bo‘yicha
aks ettiriladi. Asosiy vositalar qay tartibda ishlatilayotgan
(harakatda, konversiyada, zaxirada yoki mulkiy ijarada)
bo‘lishidan qat’i nazar „Asosiy vositalar“ moddasida aks
ettiriladi.
„Kapital qo‘yilmalar“ 
(030-satr) moddasi qurilish
ishlarini xo‘jalik va pudrat usulida olib borayotgan, tugallan-
magan qurilish qiymati buyurtmachi tomonidan aks
ettiriladi. Bu moddada asosiy moddani tashkil qilish uchun
qilingan xarajatlar, shuningdek, bunday ishlarni bajarish
II BO‘LIM BO‘YICHA JAMI
400+410+420+430+440+450+460+470+
+480+490+500+510+520+530
540
Balansning passivi bo‘yicha JAMI 390–540
550


209
uchun korxonalar tomonidan berilgan avanslar ham shu
moddada ko‘rsatiladi.
„Sho‘ba korxonalaridagi aksiyalar“
(040-satr) mod-
dasida 06 „Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar“ schotida
yuritiladigan „paylar va aksiyalar“, „obligatsiyalar“ sum-
masi kiradi.
„Sho‘ba korxonalariga berilgan qarzlar“
(050-satr)
moddasida 06 „Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar“ schoti-
ning „Berilgan qarzlar“ subschotidagi ma’lumotlar olinadi.
Demak, 06 „Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar“
schotining ma’lumotlari buxgalteriya balansi aktiv tomoni
birinchi bo‘limining ikkinchi, ya’ni 040, 050- satrlarida
ko‘rsatiladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə