Buxgalteriya lit


„Uyushma korxonalaridagi aksiyalar“



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79
Buxgalteriya lit

„Uyushma korxonalaridagi aksiyalar“ 
(060-satr)
moddasi bevosita 06 schotlarini tartibga solish yo‘li bilan
ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya balansi aktiv tomonining jami summasi
barcha birinchi bo‘limga kiritilgan moddalar summasidan
tashkil topadi.
Buxgalteriya balansining aktiv tomoni ikkinchi bo‘limi
„Oborot aktivlari“
deb nomlanadi. Bu bo‘limga ishlab
chiqarish xarajatlari (120-satr), tugallanmagan ishlab chi-
qarish (130-satr), tayyor mahsulot (140-satr), tovarlar
(150-satr), pul mablag‘lari (170-satr) va hokazolar kiradi.
Balansning
 „Ishlab chiqarish zaxiralari“
moddasida 10
„Materiallar“, 2 „Arzon va tez eskiruvchi buyumlar“ kabi
schotlarning ma’lumoti ko‘rsatiladi.

Т
ugallanmagan ishlab chiqarish“ (130-satr) modda-
sida tugallanmagan ishlab chiqarish va ish, xizmatlar
bo‘yicha xarajatlar ko‘rsatiladi, ya’ni mahsulot tannarxi
bilan bog‘liq xarajatlar o‘z ifodasini topadi.

Т
ugallanmagan ishlab chiqarish“ moddasi buxgalteriya
hisobi schotlari rejasining 
„Ishlab chiqarish xarajatlari“
bo‘limidagi buxgalteriya hisobi schotlarida hisobga olingan
tugallanmagan ishlab chiqarish va tugallanmagan ishlar,
xizmatlar bo‘yicha xarajatlar ko‘rsatiladi.
14 — Buxgalteriya hisobi nazariyasi


210
Bunda tugallanmagan ishlab chiqarish korxona tomo-
nidan buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi Nizom
asosida qabul qilingan baholar bo‘yicha aks ettiriladi.
„Kelgusi davr xarajatlari“
moddasida kelgusi hisobot
davrlarida qoplanadigan xarajatlar, ya’ni ularga taalluqli
muddatlar ichida ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga
olib boriladigan hisobot davrida amalga oshirilgan sarflar
ko‘rsatiladi. Bunday sarflar jumlasiga asosiy vositalar
ta’lim bo‘yicha (ta’mirlash fondi tashkil qilinmaganda)
xarajatlarning oldindan to‘langanini, ijara to‘lovlari qiyma-
tini va shu kabilarni kiritish mumkin.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə