Bu kitobchani katta yoshdagi odamga bagHshlaganim uchun bolalardan kechirim so‘rayman. 0 ‘zimni oqlash



Yüklə 6,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix25.04.2023
ölçüsü6,15 Mb.
#106844
1   2   3   4   5   6
Kichkina Shahzoda

Bu yer, meningcha, dunyodagi eng go‘zal va eng
hasratli makon bo ‘Isa kerak. Sahroning bu kimsasiz
parchasi sal yuqorida ham tasvirlangan edi, ammo uni
yaxshiroq k o ‘rib olishingiz uchun yana qaytadan
chizmoqchiman. Xuddi shu joyda Kichkina shahzoda
Yer yuzida birinchi bor paydo bo ‘Igan, keyin xuddi shu
joyda g ‘oyib bo ‘Igan edi. Diqqat bilan qarab eslab qoling,
agar qachonlardir Afrikaga, sahroga borib qolsangiz,
bu joyni tanishingiz oson bo

ladi. Mabodo shu yerdan
o ‘tar bo‘lsangiz, oiinib so‘rayman, mana shu yulduz
ostida bir nafas tô ‘xtang! Bordi-yu shu payt îillarang
sochli bir bola yoningizga kelib, qo‘ng‘iroqdek tovush
bilan kula boshlasa, birorta savolingizga javob bermasa,
o yiaymanki, kimga duch kelganingizni albatta sezsangiz
kerak. 0 ‘shanda, sizdan o ‘tinib so‘rayman, dardli
dilimga yupanch berish esingizdan chiqmasin: uning
qaytib kelganini menga zudlik bilan xabar qiling.


ANTUAN DE SENT-EKZYUPERI VA
UNING «KICHKINA SHAHZODA»SI
XX 
asr nafaqat fransuz, balki umumjahon ada- 
biyotining yetuk namoyandalaridan biri hisoblanmish 
Antuan de Sent-Ekzyuperi 1900-yil 29-iyunda Fransiya- 
ning yirik shaharlaridan biri Lionda dunyoga keldi. 
Otasidan erta yetim qolgan Antuanning bolaligi Lion 
yaqinidagi buvisiga qarashli Sen-Moris maskanida o‘tdi. 
Antuan juda sho‘x, quvnoq va ziyrak bola edi. U hamma 
narsaga qiziqar, bolalikning ajralmas yo‘ldoshi bo‘lmish 
ertaklar-u telefon, dengiz kemalari va samolyotlar kabi 
zamonasining eng iig‘or kashfiyotlari uni o‘ziga tortardi. 
U o‘z taassurotlarini goho qog‘ozga tushirar, goho rasm- 
lar chizar, goho musiqa bilan shug‘ullanar va yoxud 
uchar velosiped kabi aql bovar qilmagan ixtirolar qilar 
edi. Antuanning onasi buning uchun unga zarur barcha 
narsalarni hozir qilishga intilardi.
1909-yildan 1914-yilgacha Antuan va uning akasi 
Fransua Man shahridagi kollejda ta’lim olishdi. Birinchi 
jahon urushi boshlangach, ulaming onasi o‘g‘illarini 
Shveytsariyadagi xususiy kollejlardan biriga o‘qishga yubor- 
di. 1917-yili akasi Fransua bevaqt olamdan o‘tgach, Antuan 
ning qalbida chuqur o‘zgarish ro‘y berdi va u ilk bora yashash- 
dan maqsad nima, degan savolga javob axtara boshladi.
Kollejni tugatgach, hali hayotda o‘z yo‘lini tanlama- 
gan o‘spirin, kelajakda qanday kasb egasi bo‘lish ustida 
ko‘p o‘ylanadi va, nihoyat, dengizchi zobit bo'lish 
qaroriga keladi. Biroq u Harbiy Dengiz kuchlari Oliy 
maktabiga kirish imtihonlaridan eng past baho olib 
institutga qabul qilinmaydi, sababi — adabiyotni yaxshi 
biladigan, olti yoshidan boshlab she’r va ertaklar yozib


yuradigan yigit imtihonda taklif qilingan buyuk millat- 
chilik ruhidagi mavzuda insho yozishdan bosh tortadi.
Yosh Antuan Nafis San’at Akademiyasining arxi- 
tektura fakultetiga o‘qishga kiradi, biroq insonning hayot- 
dagi o‘rni haqidagi fikrlar uni aslo tark etmaydi, zero 
Antuan o‘z hayotini aniq bir sohaga bag‘ishlamoqchi, 
insoniyatga chinakam naf keltiradigan ishga qo‘l urmoqchi 
edi. 1921-yili u arxitektura fakultetini tark etadi va Fransiya 
harbiy havo kuchlari safiga xizmatga o‘tadi.
Sent-Ekzyuperi harbiy havo kuchlaridagi o‘z fao- 
liyatini oddiy askarlikdan boshlaydi. Kuch-qudratga 
to‘lgan yigit samolarda parvoz qilishni orzu qiladi va 
uchuvchilik uchun uyushtirilgan sinovlardan muvaffa- 
qiyatli o‘tadi, dastlab fuqaro va so‘ng harbiy uchuvchi 
guvohnomasini qo‘lga kiritadi. Biroq ko‘p o‘tmay ro‘y 
bergan aviafalokat tufayli u uchishdan voz kechadi.
Sent-Ekzyuperi uch yil parvoz qilishdan yiroqla- 
shadi, biroq mana shu uch yil uning aviatsiyaga bo‘lgan 
mehrini yanada kuchaytiradi.
1926-yil Sent-Ekzyuperi uchun hal qiluvchi yil bo‘ldi. 
Shu yili u «Latiko-Eyr» havo kompaniyasiga ishga kirib, 
o‘zi sevgan mashg‘ulot bilan shug‘ullana boshlaydi va 
«Uchuvchi» nomli birinchi hikoyasini e’lon qiladi.
Shu kundan boshlab to umrining oxirigacha Sent- 
Ekzyuperi uchuvchi bo‘lib qoladi. Uning hayoti turli 
hayajonli voqealarga to‘la va mazmunli kechadi. 0 ‘z 
hamkasblari orasida uning obro‘si kundan kunga ortib 
boradi, u yangidan yangi havo yo‘llarini egallashga, 
hatto tungi uchishni o‘zlashtirishga erishadi. U paytlarda 
tungi uchish juda xavfli hisoblanar, samolyotlar oddiygina 
bo‘lganligi uchun tunda halokatlar ko‘p bo‘lardi. Sent- 
Ekzyuperi Yevropaning, Afrika va Lotin Amerikasining 
turli burchaklariga uchar, yuk va yo‘lovchilarni tashir 
edi. Keyinchalik u G ‘arbiy Sahro (hozirgi Mavrita-


niya)ning Kap-Jubi shahri aeroportining boshlig‘i, 
so‘ngra fransuz aviakompaniyasining Argentinadagi 
bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishladi.
Sent-Ekzyuperi o‘zining bo‘sh vaqtlarini adabiyotga, 
musiqaga va ixtirochilikka bag‘ishladi. 1929-yili u o‘zi- 
ning ilk yirik asari «Janub chopari» va 1931-yili «Tungi 
parvoz» romanlarini e’lon qildi. Bu asarlar chop etilgan 
kunlaridan boshlaboq keng kitobxonlar va adabiyotchi- 
Iar diqqatini o‘zlariga jalb qildi va yuksak baholandi. 
«Tungi parvoz» romani, jumladan, 1931-yili nufuzli 
«Femina» mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Sent-Ekzyuperi badiiy filmlarga ssenariylar yozish 
va jumalistika bilan ham shug‘ullangan. U jurnalist sifatida 
1935-yili sobiq Sho‘rolar ittifoqida va 1936 —37-yillarda 
Ispaniyada boMgan. U fransuz gazeta va jumallarida chop 
etilgan o‘z maqolalarida fashizmning insoniyatga keltira- 
digan kulfatlari haqida ko‘p so‘z yuritadi.
Sent-Ekzyuperi o‘zining eng mukammal asari — «Er- 
kaklar zamini» (1939) romanida zamon va insonlar 
haqidagi o‘ylari hamda fikrlarini bayon qilgan va bu asar 
Fransiya Akademiyasi tomonidan eng yaxshi roman 
uchun Gran Pri mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Fashistlar Germaniyasi Fransiyaga hujum qilgan 
birinchi kundanoq Sent-Ekzyuperi harbiy havo kuch- 
lariga xizmatga qaytgan va urush frontlarida razvedka 
uchishlari bilan shug‘ullangan. Fransiya urushda 
mag‘lubiyatga uchragach, u Amerika Qo‘shma Shtat- 
laridan boshpana topadi va 1942-yili «Harbiy uchuvchi» 
novellasini hamda «Kichkina shahzoda» falsafiy ertagi- 
ni yaratadi. Kitob Amerikada 1943-yil aprelida bosilib 
chiqdi, biroq bu payt yozuvchi u yerda yo‘q edi: Sent- 
Ekzyuperi 1943-yil martida jangovar safga qaytib, 
Fransiyaning Shimoliy Afrikadagi mustamlaka o'ikala-
i ida fashistlarga qarshi kurashardi. 1944-yil 31-iyul kuni


u so‘nggi parvozga chiqadi — Antuan de Sent-Ekzyuperi- 
ning samolyotini fashist qiruvchisi urib tushiradi: bu orada 
Fransiya ozodlikka erishishiga atigi uch hafta qolgan edi.
«Kichkina shahzoda» ertagi Antuan de Sent-Ekzyu- 
perining eng qisqa asarlaridan bin bo‘lsa ham, unda 
adibning inson hayotining ma’nosi va mazmuni haqidagi 
dardlari va falsafiy mushohadalari, insonlar o‘rtasidagi 
do‘stlik, birodarlik, hamdardlik va o‘zaro hurmat muno- 
sabatlari, Yovuzlik va Yomonlikka qarshi kurash g‘oyalari 
aks ettirilgandir.
Biroq «Kichkina shahzoda» asarida insonlarning o‘z 
vataniga, tug‘ilib o‘sgan maskaniga bo‘lgan muhabbati 
va sog‘inch hissi asosiy o‘rinni egallagan: adib yiroqda 
turib fashistlar tomonidan bosib olingan vatani haqida va 
u yerda qolgan do‘sti haqida o‘ylaydi. Samolyotining mo- 
torida ro‘y bergan kamchilik tufayli sahroga qo‘nishga 
majbur bo‘lgan uchuvchi bizga koinotning mitti bir sayyo- 
rasidan kelgan Kichkina shahzodani uchratgani haqida va 
u boshidan kechirgan sarguzashtlar haqida hikoya qiladi.
0 ‘zidan atigi biroz katta boigan sayyorada yolg‘iz 
yashovchi Kichkina shahzoda do‘st axtarib koinot bo‘ylab 
safarga chiqadi. Uning sayyorasiga yaqin sayyoralar ham 
mitti-mitti bo‘lib, ularda ham atigi bittadan odam istiqo- 
mat qiladi: ularning biri o‘zini bo‘m-bo‘sh sayyoraning 
qiroli deb his qilsa, ikkinchisi — manman, uchinchisi 
ichkilikboz bo‘lsa, to‘rtinchisi chalasavod olim va h.k. 
Ulaming xatti-harakatlari, gap-so‘zlari va o‘ziga bo‘lgan 
munosabatlari Kichkina shahzodaga g‘alati tuyuladi. Ha, 
chindan ham kattalar g‘alati odamlar edilar. Ularning 
har biri bir dunyo, hammasining o‘z sayyorasi, o‘i
tashvishi va o‘z dardlari bor. Birovning birov bilan ishi 
yo‘q, hamma o‘zi bilan o‘zi ovora.
Va nihoyat Kichkina shahzoda Yer sayyorasiga tashrlf 
buyuradi va faqat shu yerdagina o‘ziga chinakam do‘stlar
94


orttiradi (Tulki, uchuvchi). Shu do‘stlari orqali u in- 
sonning o‘ziga yaqin kishilari, o‘zi yaxshi ko‘rgan 
jonivorlari va hatto gullari oldidagi mas’uliyatini anglab 
yetadi, dunyoni faqat ko‘z bilan ko‘rib bilib bo‘lmas- 
ligiga, uni qalban, yurakdan chuqur his qilish zarurligiga 
ishonch hosil qiladi.
Bu ertakni yaratganida Amerikada yashab turgan Sent- 
Ekzyuperi vatanini sog‘inganidek, vatani oldidagi o‘z 
mas’uliyati, burchini his qilganidek, Kichkina shahzoda 
ham o‘zining mitti sayyorasini sog‘inadi, u yerda qolgan 
yagona atirguli haqida qayg‘uradi va o‘z yurtiga — yulduziga 
qaytadi.
Ertak g‘amgin ohanglarda yakunlanadi. Biroq ham- 
maga o‘z vatani aziz. Kichkina shahzoda ham o‘z vataniga 
qaytdi.
Endi, kichik do‘stim, kitobni o‘qib bo‘lib aslo qay- 
g‘urmang. Boshingizni ko‘tarib osmonga boqing. Oq- 
shomlari siz u yerda minglab yulduzlarni ko‘rasiz. Ular 
dan eng mittisi bu — siz do‘stlashib ulgurgan Kichkina 
shahzodaning yulduzi. U ham sizga boqib turibdi. U endi 
yolg‘iz emas, zero uning Yer deb atalmish ona sayyora- 
mizda, jumladan 0 ‘zbekistonda ham millionlab do‘stlari 
bor. U sizlami bir-biringiz bilan do‘stlashishga, ona za- 
minimiz, ona vatanimizni sevib ardoqlashga, ota-onala- 
ringiz, qarindosh-urug‘laringiz, do‘stlaringiz hamda atro- 
limizdagi jonli va jonsiz tabiat oldida mas’uliyatli boMishga 
da’vat etmoqda. Har kim ana shu mas’uliyatni his qilib 
yashasa, ona zaminimiz yanada gullab-yashnaydi, Yovuz- 
lik va Yomonlikdan asar qolmaydi. Ana shunda Kichkina 
shahzoda yana sayyoramizga tashrif buyursa ajab emas.
Bahodir Ermatov,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yüklə 6,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə