Bu kitobchani katta yoshdagi odamga bagHshlaganim uchun bolalardan kechirim so‘rayman. 0 ‘zimni oqlash


S h u sababli ham boladan qo‘g‘irchog‘i tortib olinsa, o‘ksib-  o‘ksib yig‘laydi... — Ularning baxti-da, — dedi nazoratchi. XXIII



Yüklə 6,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix25.04.2023
ölçüsü6,15 Mb.
#106844
1   2   3   4   5   6
Kichkina Shahzoda

S h u
sababli ham boladan qo‘g‘irchog‘i tortib olinsa, o‘ksib- 
o‘ksib yig‘laydi...
Ularning baxti-da, — dedi nazoratchi.
XXIII
— Salom, — dedi Kichkina shahzoda.
— Salom, — dedi savdogar.
U tashnalikni bosuvchi, takomillashtirilgan 
q a n -
daydir bir ichimlik sotib o‘tirardi. Shu ichimlikdafl 
besh-olti qultum ichilsa bas, keyin bir hafta chanqov 
nimaligini bilmay yuraverish mumkin.
— Buni sotishdan ma’ni nima? — deb so‘radi Kich* 
kina shahzoda.


— Bu narsa vaqtni juda qattiq tejashga yordam be- 
radi, — dedi savdogar. — Mutaxassislarning hisobiga 
qaraganda shu ichimlik tufayli haftasiga ellik uch daqi- 
qa tejash mumkin ekan.
— Xo‘sh, o‘sha ellik uch daqiqada nima qilinadi 
keyin?
— Xohlagan ishingni qilaverasan.
«Agar mening ellik uch daqiqa ortiqcha vaqtim bo‘lsa 
edi, — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Kichkina shahzoda, — 
to‘ppa-to‘g‘ri buloq boshiga borardim-u...»
XXIV
Falokatga uchraganimga rosa bir hafta bo‘lgan edi, 
g‘aroyib ichimlik sotadigan savdogar haqida eshitgach, 
so‘nggi qultum suvimni ichib tugatdim.
— Ha-a, — dedim Kichkina shahzodaga qarab, — 
bu aytgan gaplaring hammasi qiziq, ammo men hali 
samolyotimni tuzatolganim yo‘q, mana, ko‘rding, 
oxirgi tomchi suvni ham quritdim, agar to‘ppa-to‘g‘ri 
buloq boshiga borib qolsam, men ham o‘zimni behad 
baxtiyor hisoblardim.
— Men do‘st bo‘lgan Tulki aytardiki...
— Azizim, hozir tulki-pulking qulog‘imga kirmaydi!
— Nega?
— Chunki tashnalikdan o ‘lib ketishimga ko‘zim 
yetib turibdi...
U gap nimadaligini barí bir tushunmadi-da, yana 
e’tiroz bildirdi:
— Do‘sting bo‘lsa yaxshi-da, qo‘rqmay oMirnga ham 
boraversang bo‘ladi. Mana men Tulki bilan do‘st 
boMganimdan shunday xursandmanki...
«Qanday dahshatli balo xavf solib turganini u sez- 
maydiyam, bilmaydiyam. Umrida hech qachon na


ochlikni, na tashnalikni ko‘rgan. Unga quyosh nurining 
o‘zi kifoya...»
Men buni tovush chiqarib aytmadim, o‘zimcha 
o‘yladim, xolos. Biroq, Kichkina shahzoda menga 
qaradi-da, to‘satdan:
— Men ham chanqadim... yur, quduq qidirib ko‘ra- 
miz, — dedi.
Men horg‘in qo‘l siltadim: bu poyonsiz sahroda 
tusmollab quduq izlashdan nima ma’no bor? Ammo 
bari bir yo‘lga tushdik.
Uzoq vaqt bir-birimizga churq etmay bordik; niho- 
yat, qorong‘i tushib, osmonda birin-ketin yulduzlar 
charaqlay boshladi. Tashnalikning zo‘ridan meni biroz 
bezgak ham tutmoqda edi, shu bois yulduzlarni tush- 
dagidek elas-elas ko‘rardim. Kichkina shahzodaning 
gapi yodimga tushib, so‘radim:
— Demak, tashnalik nimaligini sen ham bilar ekan- 
san-da?
Biroq u indamadi, faqat shunchaki so‘zlagandek:
— Suv ba’zan yurakka ham kerak bo‘ladi... — deb 
qo‘ydi.
Uning nima demoqchiligini tushunmadim-u, so‘- 
rab o‘tirmadim — uni so‘roq qilishning behuda eka- 
nini yaxshi bilardim.
U nihoyat holdan toyib, qumga muk cho‘kdi. Men


ham yoniga ohista cho‘zildim. Allamahalgacha hech 
hirimiz churq etmadik. Bir payt u sekingina:
— Yulduzlar judayam chiroyli, chunki qayeridadir 
guli bor, faqat ko‘rinmaydi, xolos, — deb qoldi.
— Ha, albatta, — dedim men, oy yog‘dusida tov- 
lanib yotgan qum to‘lqinlariga tikilgancha.
— Sahro ham chiroyli... — deb qo‘shib qo‘ydi 
Kichkina shahzoda.
Bu gap chindan ham to‘g‘ri edi. Sahro menga ha- 
inisha yoqadi. Qum barxaniga chiqib o‘tirasan, hech 
natsa ko'rinmaydi, hech narsa eshitilmaydi, ammo bari 
bir sahro qo‘ynida nimadir bilinar-bilinmas yaltiraydi...
— Bilasanmi, sahro nima uchun yaxshi? — dedi u.
Chunki uning bag‘rida, ko‘z ilg‘amas allaqayerlarda
bnloqlar yashiringan bo‘ladi...
Hayratdan qotib qoldim. Birdaniga qumlardan taralib 
yotadigan sirli yog‘duning nima ekanini angladim. Bir 
paytlar, yosh bola chog‘imda ko‘hna bir uyda yashardim. 
NaqI qilishlaricha, bu uyga katta bir xazina ko‘milgan 
ckan. Ravshanki, uni biror kimsa hech qachon topib 
ololmadi, kim bilsin, balki biror kimsa hech qachon 
i|klirib ham ko‘rmagandir. Ammo o‘sha mish-mish 
lul'ayli uy go‘yo tilsim qilingandek sehrli ko‘rinardi — 
lining bag‘rida sir pinhon edi...
— Ha-a, — dedim ohista. — Yulduzmi, uymi, 
siihromi, nimaiki bo‘lmasin, undagi eng go‘zal narsa
ko‘zga ko‘rinmaydigan narsadir.
-- Do‘stim Tulki bilan hamfikr ekansan, judayam 
xnrsand boMdim, — dedi Kichkina shahzoda quvonib.
Saldan keyin u uxlab qoldi. Men uni qo‘limda 
ko'largancha yo‘lda davom etdim. 0 ‘z-o‘zimdan haya- 
Jonlanib ketgan edim. Nazarimda, qoMimda nafis bir 
Hii/inani ko‘tarib borayotgandek edim. Nazarimda, Yer


yuzida bundan ko‘ra nozik va nafisroq hech narsa yo‘q- 
dek tuyulardi. Oy yog‘dusida uning bo‘zdek oqargan 
manglayiga, yumuq mijjalariga, shamolda to‘zg‘ib 
yotgan tillarang kokillariga termilib borarkanman, 
o‘zimga o‘zim, bularning barchasi — shunchaki qo- 
biq, der edim. Eng asosiy narsani ko‘z ilg‘amaydi, u 
siyratda, botinda pinhon...
Uning xiyol ochiq lablarida tabassum o‘ynardi, 
ularga tikilib turib o‘zimcha yana shunday deb o‘yladim: 
mana, Kichkina shahzoda, beozorgina uxlab yotibdi, 
feruza guliga shunchalar sadoqatliki, odamning 
beixtiyor ko‘ngli erib ketadi, gulining yodi-xayoli, 
sham shu’lasining sharpasidek, uni biron zum, hatto 
uyqusida ham tark etmaydi... Va shunda men uning 
aslidagidan ham ko‘ra nozikroq ekanini angladim. Axir, 
sham shu’lasini ehtiyot qilish kerak — quturgan shamol 
uni o‘chirib qo‘yishi mumkin.
Alqissa, shu tariqa yoi yurdim-u mo‘l yurdim va 
tong chog‘i bir quduq boshiga yetib bordim.
XXV
— 
Odamlar jon-jahdi bilan tezyurar poyezdlarga 
oshiqib nima izlayotganini o‘zlari ham bilmaydi, — 
dedi Kichkina shahzoda. — Shuning uchun ham orom 
neligini bilmay goh bir tomonga, goh ikkinchi 
tomonga zir yugurardilar... — Xiyol o‘tgach, shunday 
deb qo‘shib qo‘ydi: — Lekin bari behuda...
Biz topgan bu quduq Sahroi Kabirdagi boshqa 
quduqlarga o‘xshamasdi. Odatda, bu yerdagi quduq 
qumni nari-beri o‘yib yasalgan chuqurchadan iborat 
bo‘lardi. Bu esa qishloqlarda uchraydigan haqiqiy quduq 
edi. Ammo atrof-javonibda qishloqning asari ham 
yo‘qligi uchun men buni tushga yo‘yib qo‘ya qoldim.


— G ‘alati-ya, — dedim Kichkina shahzodaga, — 
hammasi tayyor — chambarak ham, chelak ham
arqon ham....
U kulimsirab qo‘ydi-da, arqonni tortib, chamba- 
rakni buradi. Chambarak xuddi shalog'i chiqqan 
charxpalakdek g‘ichirlab aylana boshladi.
— Eshityapsanmi? — deb so‘radi Kichkina shahzoda.
- Quduqni uyg‘otib yubordik, ana, endi xirgoyi 
qilishgatushdi...
Men, u charchab qoladi, deb xavotirda edim.


— Suvni o‘zim tortaman, — dedim shosha-pisha, — 
sening kuching yetmaydi.
Suv to‘la chelakni sekin tortib chiqardim-da, qu- 
duqning tosh qirg‘og‘iga avaylab qo‘ydim. Qulog‘imda 
hamon chambarakning g‘ichirlab aylanishi aks sado 
berar, chelakdagi suv ohista chayqalar, mavjlarida 
quyosh shu’lasi o‘ynar edi.
— Shu suvdan ichgim kelyapti, — deya menga jav- 
dirab boqdi Kichkina shahzoda. — Bir qultum ber...
Shunda men uning nima izlab yurganini tuyqusdan 
angladim!
Chelakni ko‘tarib, asta labiga tutdim. U ko‘zlarini 
yumib oigan, huzur qilib obi hayot simirar edi. Bu 
chinakam bir shodiyona edi. Chunki bu oddiy suv 
emasdi. U sahroda, yulduzlar ostidagi uzoq sargar- 
donlikdan so‘ng, chambarakning g‘ichirlab aylani- 
shidan so‘ng, qoilarimning harakatidan so‘ng bizga 
muyassar bo‘lgan noyob, ilohiy bir ne’mat edi. G o‘yo 
yurakka tengsiz malham edi u...
— Sening sayyorangda, — dedi Kichkina shahzoda,
— odamlar bir chamanzorda besh mingta gul o‘stirar 
ekan-u, izlaganini topolmas ekan...
— Topolmaydi, — deb ma’qulladim men.
— Holbuki, ular izlagan narsani bir dona guldan, 
bir qultum suvdan ham topish mumkin.
— To‘g‘ri aytasan, — deb tasdiqladim yana.
Kichkina shahzoda tag‘in o‘yga cho‘mdi:
— Afsuski, ko‘zlar basir. Ko‘ngil ko‘zi bilan izlash 
lozim.
Suvdan miriqib ichdim. Nafas olishim yengillashdi. 
Sahar chog‘i qum xuddi asaldek tillarang tovlanadi, 
unga tikilgan sari o‘zimni baxtiyor sezardim. Chindan 
ham, nega, nedan qayg‘u chekay?..


— Sen va’dangning ustidan chiqishing kerak, — 
dedi Kichkina shahzoda muloyimlik bilan, tag‘in 
yonimga kelib o‘tirarkan.
— Qanaqa va’da?
— Esingdami, qo‘zichog‘ingga no‘xta... beraman, 
degan eding?.. Axir, men o‘sha gulga javobgarman- 
ku...
Cho‘ntagimdan chizgan rasmlarimni oldim. Kich 
kina shahzoda ulami ko‘zdan kechirarkan, kulimsiradi:
— Baobablaring xuddi karamga o‘xshaydi-ya...
Men bo‘lsam, baobabni boplab chizganman, deb
gerdayib yuribman-a!
— Tulkingning qulog‘i bo‘lsa... shoxning o ‘zi! 
Uzunligini qara-yu! — U yana kulib yubordi.
Bu gaping insofdan emas, og‘ayni. Axir, men 
umrimda bo‘g‘ma ilonning ichki-yu tashqi ko‘rinishi- 
dan boshqa narsa chizgan emasman-da.
— Mayli, hechqisi yo‘q, — dedi u meni yupatib. — 
Bolalar shundoq ham tushunib olishadi.
Keyin men uning qo‘zichog‘iga no‘xta chizib ber- 
dim. Suvratni Kichkina shahzodaga berdim-u negadir 
yuragim zirqirab ketdi.
— Nimanidir o‘ylab qo‘ygansan-u, menga aytma- 
yapsan...
Biroq u indamadi.
— Bilasanmi, — dedi nihoyat, — ertaga sizlaming hu- 
zuringizga — Yerga kelganimga bir yil to‘ladi... — U tag‘in 
jimib qoldi, bir zum o‘tgach: — Men mana shu atrofga 
tushgan edim... — dedi. Shunday dedi-yu duv qizarib ketdi.
Negaligini xudo biladi-yu dilimni yana qo‘rg‘o- 
shindek g‘ashlik qopladi. Lekin bari bir yurak yutib 
so‘radim:
— Bundan chiqdiki, bir hafta awal, ikkalamiz ta-


nishgan tongda, odamzot makonidan ming-ming cha- 
qirim uzoq bu ovloq yerlarda sen yolg‘iz o‘zing bejiz 
kezib yurmagan ekansan-da? Osmondan tushgan jo- 
yingga qaytib kelayotganmiding?
Kichkina shahzoda battarroq qizarib ketdi.
Men endi hadiksirab so‘radim:
— Balki, bir yil to‘lgani uchun shunday qilmoqchi- 
misan?
U yana loladek qizardi. U birorta savolimga javob 
bermadi, ammo qip-qizarib ketgani — «ha» degani 
emasmi?
— Qo‘rqib ketyapman... — deya so‘z boshladim 
xo‘rsinib.
Ammo u gapimni kesdi:
— Ishga kirishadigan vaqting bo‘ldi. Turaqol, ma- 
shinangning yoniga bor. Men seni shu yerda kutaman. 
Ertaga kechqurun qaytib kelgin...
Ammo ban bir ko‘nglim tinchimadi. Beixtiyor 
Tulkini esladim. Qo‘lga o‘rganib qolganingdan keyin 
ba’zan ko‘zyosh to‘kishga ham to‘g‘ri keladi.
XXVI
Quduqdan sal narida ko‘hna tosh qo‘rg‘onning 
vayronalari saqlanib qolgan edi. Ertasi oqshom ishni 
tugatib qaytarkanman, uzoqdan Kichkina shah- 
zodaning choldevor ustida oyog‘ini osiltirib o‘tirganini 
ko‘rdim. Yaqinlashgach, ovozini ham eshitdim.
— Esingdan chiqdimi? — derdi u. — Bu gap xuddi 
shu yerda bo‘lmagan edi-yu, lekin...
Chamasi, kimdir unga javob qaytarmoqda edi, 
chunki shunday deb e’tiroz bildirdi:
— To‘g‘ri, bu gap bundan roppa-rosa bir yil awal 
bo‘lgan edi, lekin boshqa joyda...


Qadamimni tezlatdim. Ammo devoming tagida zog‘ 
ham ko‘rinmasdi. Biroq Kichkina shahzoda hamon kim 
bilandir gaplashib o‘tirardi:
— Albatta-da. Mening izimni qumdan osongina 
topasan. Keyin kutib turgin, bugun kechasi men o‘sha 
yerga kelaman.
Devorning oldigacha yigirma qadamlar chamasi 
qoldi, lekin men hanuz hech narsani ko‘rmadim.
Biroz jimlikdan so‘ng Kichkina shahzoda:
— Zaharing o‘tkirmi o‘zi? Ishqilib, meni ko‘p qiy- 
namaysanmi? — deb so‘radi.
Turgan joyimda qotib qoldim, yuragim orqamga 
tortib ketdi, biroq hamon biror nimani tushunmas 
edim.
— Keta qol endi, — dedi Kichkina shahzoda. — Men 
pastga sakramoqchiman.
Shunda oyoq ostiga qaradim-u, ikki gaz nariga 
sapchib tushdim! Devorning shundoqqina tagida,
i)-Kichkina shahzoda


odamni chaqsa, yarim minutda til tortmay o‘ldiradigan 
bir ilon bo‘ynini gajak qilgancha Kichkina shahzodaga 
tikilib turardi. Cho‘ntagimdagi to‘pponchani pay- 
paslagancha unga qarab yugurdim, ammo ilon shar- 
pamni sezib, qurib borayotgan jilg'adek, qum uzra 
asta siralgancha, bilinar-bilinmas ohanrabo sas chiqarib 
toshlararo g‘oyib bo‘ldi.
Rosa vaqtida yetib kelgan ekanman, boyoqish Kich 
kina shahzodamni dast ko‘tarib oldim. Rangi qordek 
oqarib ketgan edi.
— Nima qilganing bu, bolakay! — dedim nafasim 
tiqilib. — Nega ilon bilan suhbat qurib o‘tiribsan?
Shunday deb, uning doimiy yo‘ldoshi — tillarang 
sharfini bo‘yniga taqib qo‘ydim, yuz-ko‘zini yuvib, 
majburan suv ichirdim. Ammo boshqa biror narsani 
so‘rashga yuragim dov bermadi. U menga sinchiklab 
tikildi-da, bo‘ynimdan mahkam quchdi. Yuragining 
yarador qushdek betoqat tipirchilayotganini yaqqol 
eshitib turardim.
— Nihoyat mashinangni tuzatib olibsan, judayam 
xursand bo‘ldim, — dedi u. — Endi bemalol uyingga 
qaytishing mumkin...
— Shoshma, sen buni qayoqdan bilding?!
Chunki, barcha balolami dog‘da qoldirib, samol-
yotimni tuzatishga muvaffaq bo‘lganimni aytmoq 
uchun endigina og‘iz juftlagan edim-da!
U, savolimni odatdagidek javobsiz qoldirib, shun 
day dedi:
— Men ham bugun uyimga qaytaman.
Keyin g‘amgin ohangda qo‘shib qo‘ydi:
— Le kin mening safarim senikidan uzoqroq... seni- 
kidan qiyinroq...
Bularning barchasi allanechuk g'alati edi. Men uni


xiiddi go‘dak boladek mahkam bag‘rimga bosib tu- 
rardim-u, lekin, nazarimda, u go‘yo og‘ushimdan 
sirg‘alib chiqqancha bo‘shliqqa singib ketayotgandek 
tuyulardi, uni tutib qolishga o‘zimni ortiq qodir emas- 
dek his qilardim...
U olis-olislarga horg‘in, o‘ychan termilarkan:
— Menda sening qo‘zichog‘ing qoladi. Qutichayam. 
No‘xta ham... — dedi, dedi-yu g‘amgin kulimsirab 
qo‘ydi.
Men uzoq kutdim. U go‘yo asta-sekin o‘ziga kela- 
yotgandek edi.
- Biror narsadan qo‘rqqanga o‘xshaysan, bolakay...
Qo‘rqmay ham bo‘ladimi! Ammo u ohistagina ku-
limsiradi:
— Bugun kechqurun bundan battar qo‘rqsam 
kerak...
Muqarrar falokat tuyg‘usi tag‘in vujud-vujudimni 
muzlatib, karaxt qilib tashladi. Nahot, nahotki, uning 
jarangdor kulgisini qayta eshitmasam? Axir, bu kulgi 
men uchun sahrodagi pokiza buloq bilan barobar-ku!
- Bolakay, kulgingni sog‘indim, bir kulgin...
Ammo u bunga javoban:


— Bugun bir yil to‘ladi, — dedi. — Yulduzim bir 
yil awal men qulab tushgan joyga rosa ro‘baro‘ keladi...
— Menga qara, bolakay, axir, bularning barchasi
— ilon ham, yulduz bilan uchrashuv ham ahmoqona 
bir tush-ku, to‘g‘rimi?
Biroq u gapimga indamadi.
— Eng asosiy narsa — ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan 
narsa... — dedi u.
— Ha, albatta.
— Bu ham xuddi gulga o ‘xshaydi. Agar olis 
yulduzlardan birida o‘sadigan gulni yaxshi ko‘rsang, 
kechasi osmonga boqib huzur qilasan. Ko‘z o‘ngingda 
yulduzlarning jami guldek ochilib yotadi...
— Albatta...
— Kechasi yulduzlarga termilasan. Mening yulduzim 
benihoya kichkina, uni senga ko‘rsatolmayman. Shun- 
day bo‘lgani tuzuk. U sen uchun osmon to‘la yul- 
duzning biri bo‘lib qolgani ma’qui. Shunda sen osmonga 
boqishni yaxshi ko‘rib qolasan... Jamiki yulduz senga


oshno bo‘lib qoladi. Keyin, men senga nimadir sovg‘a 
ham qilmoqchiman... — U shunday deb kulib yubordi.
— Eh, bolakay, bolakay, kulgilaringni qanchalar 
yaxshi ko‘rishimni bilsang edi!
— Senga bermoqchi bo‘lgan sovg‘am ham mana shu- 
da...
— Yo‘g‘-e?
— kimning o‘z yulduzi bor. Ba’zilarga, aytay- 
lik, sarbon-u sayyohlarga — ular yo‘l ko‘rsatuvchi, 
ba’zilarga esa shunchaki mitti shu’la, xolos, olimiar- 
ga — yechish lozim bo‘lgan masala, men ko‘rgan 
korchalonga esa — oltin bo‘lib ko‘rinadi ular. Ammo 
bu odamlarning barchasi uchun yulduzlar bezabon. 
Sening yulduzlaring esa butunlay o‘zgacha bo‘ladi...
— 0 ‘zgacha deysanmi?
— Kechalari osmonga boqasan-u men yashaydigan, 
mening kulgim yangrayotgan yulduzlarning barchasi 
jilmayib kulayotgandek tuyuladi. Ha, sening kula 
biladigan yulduzlaring bo‘ladi!
U shunday dedi-yu, kulib yubordi.
— Yupanganingdan keyin esa (oxir-oqibat doim 
yupanasan bari bir) qachondir men bilan oshno 
bo‘lganingni eslab, yuraging quvonchga to‘ladi. Sen 
hamisha mening do‘stim bo‘lib qolasan, hamisha menga 
qo‘shilib kulishni istab yurasan. Ba’zan derazangni 
mana shunday lang ochib yuborasan-u, shodumon 
bolib ketasan... Shunda do‘stlaring, nega u osmonga 
boqib bunchalar xursand bo‘layotgan ekan, deb qattiq 
hayron bo‘ladilar. Sen bo‘lsa ularga: «Ha, ha, men 
doimo yulduzlarga boqib xushxandon kulaman!» 
deysan. Ular esa seni, aqldan ozib qoldimikan, deb 
gumon qilishadi... ko‘rdingmi, qanday chatoq hazil 
boshladim sen bilan...


U yana qo‘ng‘iroqdek tovush bilan kulib yubordi.
— Go‘yo yulduzning o‘rniga senga bir shoda ja- 
rangdor qo‘ng‘iroq sovg‘a qilgandek bo‘ldim...
Yana xandon taslilab kuldi, so‘ng tag‘in jiddiy tortdi:
— Bilasanmi... bugun kechasi... yo‘q, yaxshisi kel- 
may qo‘ya qol.
— Men seni yolg‘iz qoldirmayman.
— Senga, biror joyim og‘riyotgandek... hatto jon 
berayotgandek bo‘lib tuyulishim ham mumkin. Shunaqa 
bo‘ladi o‘zi. Kelmay qo‘ya qol, kerakmas.
— Men seni yolg‘iz qoldirmayman...
U nimadandir qattiq tashvishmand ko‘rinardi.
— Bilasanmi... haligi... ilonni o‘ylayapman. Tag‘in 
u seni chaqib olsa-ya? Axir u yovuz hayvon-ku. Birovni 
chaqsa, huzur qiladi.
— Men seni yolg‘iz qoldirmayman.
U birdan xotiijam tortdi:
— Ha, aytmoqchi, uning zahri ikki kishiga yet- 
maydi...
Kechasi uning qanday turib ketganini sezmay 
qolibman. U sassiz-sharpasiz sirg‘alib ketib qolgan edi. 
Nihoyat, uni quvib yetganimda, u jadal, dadil odim 
otib borardi. Meni ko‘rib:
— Ha, senmisan... — dedi, xolos.
So‘ngra asta qo‘limdan tutdi-yu, allanimadan 
cho‘chigandek darrov tortib oldi:
— Bekor kelyapsan men bilan. Ahvolimni ko‘rlb 
qiynalasan. Nazaringda o‘layotgandek ko‘rinaman, 
lekin bu yolg‘on bo‘ladi...
Men indamay boraverdim.
— Bilasanmi... yo‘lim nihoyatda olis, jismim eso 
nihoyatda og‘ir. Men uni olib ketolmayman.
Men indamay boraverdim.
86


&
-
Bu xuddi eski qobiqni tashlagandek bir gap. Hech 
bir qayg‘uradigan joyi yo‘q buning.
Men indamay boraverdim.
Uning biroz mhi tushdi, ammo ban bir zo‘r berdi:
- Mana ko‘rasan, juda soz bo'ladi hali. Men ham 
yulduzlarga termilaman. Shunda jamiki yulduz g‘ichir- 
lab aylanadigan chambarakli ko‘hna quduq bo‘lib ko‘- 
rinadi. Va ulaming har biri menga ichgani suv beradi...
Men indamay boraverdim.
- Bir o ‘ylab ko‘rgin-a, qanchalik soz bo‘ladi 
o'shanda! Senda besh million qo‘ng‘iroq bo‘ladi, 
menda esa — besh million buloq...
U birdan jimib qoldi — bo‘g‘ziga yig‘i tiqilib keldi.
- Mana, yetib ham keldik. Qo‘y endi meni, 
buyog‘iga o‘zim boray.
Shunday deb qum uzra bemajol cho‘kdi — yura- 
gini qo‘rquv chulg‘adi. Xiyol o‘tgach, sekingina shi- 
virladi:
- Bilasanmi... gulim... men gulimga javobgarman.


Chunki u shunchalar zaif, nochorki! Soddaligini 
aytmaysanmi? 0 ‘zini himoya qilmoqqa to‘rttagina 
arzimas tikanidan boshqa narsasi yo‘q...
Men ham qumga muk tushdim, oyoqlarimdan 
mador qochib, chalishib ketmoqda edim.
— Mana... tamom endi... — dedi u.
Bir lahza tek qoldi-yu, so‘ng o‘midan turdi. Bir 
qadam ilgari bosdi...
Men esa hamon joyimdan qo‘zg‘alolmas edim.
Oyoqlari ostida go‘yo sariq yashin chaqnagandek 
bo‘ldi, bir daqiqa qotib qoldi. Yig‘lamadi, bo‘zlamadi. 
So'ng xuddi boita urilgan daraxtdek ohista quladi: na 
bir sharpa, na bir sas... Illo, qum zarralari tiq etgan 
tovushni ham yutib yuboradi-da.
XXVII
Mana, o‘shandan buyon olti yil o‘tdi... Hanuzgacha 
bu haqda biror kimsaga churq etib og‘iz ochganim 
yo‘q. Qaytib kelganimda, do‘stlarim meni tag‘in eson- 
omon ko‘rib sevindilar, biroq ko‘nglim benihoya g‘ash 
edi, so‘ragan odamga:
— Charchabman shekilli... — deb qo‘ya qolardim.
Lekin, asta-sekin bari bir yupana boshladim.
Batamom emas, albatta. Biroq shu narsani yaxshi 
bilamanki, u o‘z sayyorasiga qaytib ketgan, chunki 
tong yorishgach, qum ustida jasadini ko‘rmadim. Uning 
jismi unchalik og‘ir ham emasdi-da.
Kechalari yulduzlarga quloq tutib o‘tirishni yaxshi 
ko‘raman. Go‘yo besh million qo‘ng‘iroq shodumon 
jiringlayotgandek...
Lekin, buni qarangki, qo‘zichoqqa no‘xta chizib 
berayotganimda, tasmachasini unutgan ekanman. Endi 
Kichkina shahzoda uni qo'zichoqqa taqa olmaydi. Shu


bois goh-goh o‘zimdan so‘rayman: uyoqda, do‘stim- 
ning sayyorasida ahvol qalay ekan? Tag‘in qo‘zichoq 
gulni yeb qo‘ygan bo‘lsa-ya?
Ba’zan esa o‘zimga o‘zim: «Yo‘g‘-e, unday emasdir! 
Kichkina shahzoda kechasilari feruza gulni shisha qalpoq 
bilan yopib qo‘yardi, qo‘zichoqqa ham ko‘z-quloq 
bo‘lib tursa kerak», deb taskin beraman-u, birdan qu- 
vonib ketaman. Shunda yulduzlar ham ohista jilmayib 
kulayotgandek tuyuladi.
Gohida esa: «Ba’zan nimadir xotirdan faromush 
bo‘ladi-ku, axir... Unda, har balo ham bo‘lishi mum- 
kin! Bordi-yu, Kichkina shahzoda bir kuni shisha qal- 
poqni esidan chiqarib qo‘ysa yo qo‘zichoq kechasi 
sezdirmay qutichasidan chiqib ketib qolsa-ya...» deb 
o‘ylayman vahimaga tushib. Shunda osmondagi qo‘n- 
g‘iroqlarim ham unsizgina yig‘layotgandek tuyuladi...
Bulaming barchasi allanechuk aql bovar etmay- 
digan sirli hodisalardir. Aminmanki, sizga ham, Kich 
kina shahzodani yaxshi ko‘rib qolgan boshqa har 
qanday odamga ham, xuddi men kabi, koinotning 
allaqaysi burchagida biz hech qachon ko‘rmagan bir 
qo‘zichoq bizga notanish bir gulni yeb qo‘ygan-qo‘y- 
maganini aslo bari bir bo‘lmasa kerak; dunyoning 
ko‘zimizga qanday ko‘rinishi ana shunga juda-juda 
bog‘liq...
Boshingizni ko‘tarib, bepoyon osmonga boqing. 
So‘ngra o‘zingizdan: «0‘sha feruza gul omon bormikan? 
Bordi-yu qo‘zichoq uni yeb qo‘ygan bo‘lsa-ya?» deb 
so‘rang. Ana shunda ko‘rasiz — olam ko‘z o‘ngingizda 
butkul boshqacha jilvalana boshlaydi...
Va birorta katta odam buning qanchalar muhim 
ekanini hech qachon tushuna olmaydi!



Yüklə 6,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə