Bu kitobchani katta yoshdagi odamga bagHshlaganim uchun bolalardan kechirim so‘rayman. 0 ‘zimni oqlash



Yüklə 6,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix25.04.2023
ölçüsü6,15 Mb.
#106844
  1   2   3   4   5   6
Kichkina Shahzoda




León VERTga
Bu kitobchani katta yoshdagi odamga bagHshlaganim
uchun bolalardan kechirim so‘rayman. 0 ‘zimni oqlash
uchun shuni aytishim mumkinki, bu katta yoshdagi odam
mening eng yaxshi do‘stim bo‘ladi. Buning ustiga, u
dunyodagi hamma narsani, hatto bolalarga atab
chiqarilgan kitobchalami ham tushunadi. Va, nihoyat,
u Fransiyada yashaydi, u yerda hozir hammayoq sovuq,
ocharchilik, do‘stim esa taskin-tasalliga benihoya
muhtoj. Agarbulaming barchasi ham meni oqlayolmasa,
u holda kitobchamni birpaytlar mana shu katta yoshdagi
do‘stimning o ‘mida bo(lgan kichkina bolakayga
bag‘ishlayman. Axir kattalaming hammasi ham awal-
boshda yosh bola bo‘lganlar, faqat buni ularning
ozginasigina biladi, xolos. Shunday qilib, mana, men
bag ‘ishlovga tuzatish kiritaman:
León VERTga — bir paytlar yosh bola bo‘lgan
do‘stimga bagHshlanadi.
Rasmlami muallif chizgan

"
o
3


I
Olti yashar paytimda, osuda o‘rmonlar haqida 
hikoya qiluvchi «Bo‘lgan voqealar» degan kitobda g‘alati 
bir suratga ko‘zim tushib qoldi. Suratda bahaybat 
bo‘g‘ma ilonning bir yirtqich hayvonni tiriklay yuta- 
yotgani aks ettirilgan edi. Mana o ‘sha surat:
Surat tagiga shunday deb yoziigan edi: «lion o‘ljasini 
chaynab o‘tirmay but-butunisicha yutib yuboradi. 
Shundan keyin u joyidan qimirlayolmay qoladi va to 
o‘ljasini hazm qilib bo‘lgunicha surunkasiga yarim yil 
dong qotib uxlaydi».
Men junglidagi sarguzashtlarga to‘la hayot haqida 
uzoq xayol surdim, so‘ng rangli qalam bilan umrimda 
birinchi marta rasm chizdim. Bu mening 1-raqamli 
rasmim edi. Mana, men chizgan narsa:
Ijodim namunasini kattalarga ko‘rsatib, qo‘rqinchli 
emasmi, deb so‘radim.
— 
Shlyapaning nimasi qo‘rqinchli ekan? — deb 
e’tiroz bildirishdi menga.
Ammo rasmdagi narsa sirayam shlyapa emas edi. 
Bu — filni tiriklay yutib yuborgan bo‘g‘ma ilon edi.


0 ‘shanda, kattalarga tushunarli bo‘lsin, deb ilonning 
ichki ko‘rinishini ham chizdim. Axir, kattalarga hamma 
narsani doim tushuntirib borish kerak-da. Bu mening 
2-raqamli rasmim edi.
Kattalar menga ilonlarning ichki-yu tashqi ko‘ri- 
nishini chizish o‘rniga jug‘rofiya, tarix, arifmetika 
va husnixatni ko‘proq o‘rganishni maslahat berishdi. 
Ana shundan keyin, olti yashar paytimda rassom- 
likning porloq istiqbolidan voz kechishga majbur 
bo‘ldim. 1- va 2-raqamli rasmlarim muvaffaqiyat- 
sizlikka uchragach, o‘zimga nisbatan ishonchimni 
yo‘qotdim. Kattalar hech qachon o‘zlaricha biron 
narsani tushuna olmaydilar, ularga hadeb hijjalab 
tushuntirib beraverish esa oxir-oqibat bolalarning 
ham joniga tegib ketadi.
Shunday qilib, boshqa kasb tanlashimga to‘g‘ri 
keldi-yu, uchuvchilikni o‘rganib oldim. Osmoni falak 
bo‘ylab qariyb butun dunyoni kezib chiqdim. Ochig‘ini 
aytish kerak, jug‘rofiya menga juda qo‘l keldi. Bir 
qarashdayoq Xitoyni Arizona viloyatidan ajrata ola- 
digan boidim. Kechasi samoda adashib ketsang, bu 
benihoya asqotadi-da.
Umrim davomida turli-tuman jiddiy odamlarni 
uchratdim. Kattalar orasida uzoq vaqt yashadim. Ular- 
ni yaqindan ko‘rdim, bildim. Va bundan, tan olishim 
kcrakki, ular haqidagi fikrim yaxshi tomonga o‘z- 
garmadi.
Kattalar orasida boshqalardan ko‘ra aqlli va faro-
5


satliroq biror kishini uchratganimda unga 1-raqamli 
rasmimni ko‘rsatardim — men uni asrab qo‘ygan edim, 
doim yonimda olib yurardim. Bu odam chindan ham 
biror nimani tushunadimi-yo‘qmi, sinab ko‘rmoqchi 
bo‘lardim. Ularning barchasi rasmga qarab turib: 
«Shlyapa-ku, bu», derdi. Shundan keyin men ularga 
na bo‘g‘ma ilonlar, na junglilar, na yulduzlar haqida 
og‘iz ochardim. Ularning tushunchalariga mosla- 
shardim-da, brij va golf o‘yinlari haqida, siyosat va 
bo‘yinbog‘lar haqida gap boshlardim. Shunda kattalar 
menday bama’ni odam bilan tanishganlaridan behad 
mamnun bo‘lar edilar.
II
Men shu tariqa yolg‘izlikda yashardim, dilimni 
anglaydigan biror hamdardim yo‘q edi... Olti yil mu- 
qaddam samolyotimning motori buzilib, Sahroi Ka- 
birga qo‘nishga majbur bo‘ldim. Yonimda na mexanik, 
na bironta hamroh bor edi. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, 
samolyotni amallab bir o‘zim tuzatishga ahd qildim. 
Yo motomi tuzataman, yo halok bo‘laman. Bir haftaga 
bazo‘r yetadigan suv qolgan.
Shunday qilib, birinchi kechani huvillab yotgan 
sahroda, qum ustiga uzala tushib o‘tkazdim. Minglab 
chaqirim narida ham tirik jon asari sezilmasdi. Kemasi 
halokatga uchrab, bepoyon okeanda sol uzra suzib 
borayotgan odam ham menchalik yolg‘iz bo‘lmagandir. 
Shu bois tong-saharda meni kimningdir ingichka ovozi 
uyg‘otib yuborganda naqadar hayratga tushganimni 
tasawur ham qilolmasangiz kerak.
— Iltimos... menga qo‘zichoq chizib ber! — degan 
qo‘ng‘iroqdek tovush yangradi yonginamda.
— A?..
— Menga qo‘zichoq chizib ber...


Tepamdan go‘yo yashin urgandek, sapchib o‘r- 
nimdan turdim. Apil-tapil ko‘zlarimni ishqalab, at- 
rofga alangladim. Qarasam — ro‘paramda allaqanday 
g‘aroyib bir bolakay menga jiddiy tikilib turibdi. Mana, 
lining eng yaxshi surati, men uni keyin chizishga mu- 
varïaq bo‘ldim:
Albatta, bu rasmda u aslidagidek yaxshi chiqmagan. 
Nachora, bunga men aybdor emasman. Olti yashar 
paytimda kattalar, sendan rassom chiqmaydi, deb rosa 
miyamga quyishgani uchun men bo‘g‘ma ilonlaming 
ichki va tashqi ko‘rinishidan boshqa narsani chizishni 
o'rgana olmadim.
Shunday qilib desangiz, ko‘zlarimni katta-katta 
ochgancha bu g‘aroyib bolakayga qarab turardim. 
Odamzot makonidan minglab chaqirim olisdagi 
yaydoq biyobonda ekanim yodingizdan chiqmagandir. 
Sliunisi g‘alatiki, bu bolaning aft-angoriga qarab, 
adashib qolgan yoki nihoyatda horib-charchagan, 
qo'rquvdan yuragi yorilib, ochlik va tashnalikdan o‘lar 
liolga yetgan, deb bo‘lmasdi. Kimsasiz sahroda, inson 
iiadami tegmagan cho‘l-u biyobonda daf atan paydo 
hoMib qolgan bu bolaning ko‘rinishidan bunday


fikrlarni xayolga ham keltirish mumkin emasdi. Ni- 
hoyat, menga yana til ato bo‘lib, asta so‘radim:
— Lekin... sen bu yerda nima qilib yuribsan?
U tag‘in ohistalik bilan va g‘oyat jiddiy ohangda:
— Iltimos... qo‘zichoq chizib ber... — dedi.
Bularning barchasi shu qadar sirli, anglab bos 
nias bir tarzda ro‘y berayotgan ediki, rad qilishga jur’a- 
tim yetmadi. Jazirama sahro qo‘ynida, hayotim qil ustida 
turgan bir pallada qanchalik bema’ni ko‘rinmasin, 
cho‘ntagimdan qog‘oz-qalam oldim-u, lekin shu 
zahoti o‘zimning asosan jug‘rofiya, tarix, arifmetika 
va husnixatni o‘rganganim lop etib esimga tushdi-da, 
bolakayga qarab (hatto biroz achchiqlanib) rasm chi- 
zishni bilmasligimni aytdim. Bu gapimga u:
— Barí bir qo‘zichoq chizib ber, — deb javob 
qildi.
Men umrimda qo‘zichoq rasmini chizib ko‘rma- 
ganim uchun, o‘zim bilgan o‘sha eski ikkita suratdan 
birini — bo‘g‘ma ilonning tashqi ko‘rinishini chizib 
ko‘rsatdim.
Ammo bolakay rasmni ko‘rib:
— Yo‘q, yo‘q! Menga ilon ham, fil ham kerak emas! 
Ilon haddan tashqari xavfli, fil esa haddan tashqari 
katta. Mening uyimdagi narsalarning hammasi kich- 
kina. Menga qo‘zichoq kerak, qo‘zichoq chizib ber, — 
deb xitob qilganida nihoyatda hayron qoldim-da, shu 
rasmni chizib berdim.


U rasmni sinchiklab ko‘zdan kechirgach:
— 
Yo‘q, bu qo‘zichoq judayam oriq-ku, — dedi. — 
Boshqasini chizib ber.
Men boshqa qo‘zichoq rasmini chizdim.
Yangi do‘stim xushfe’llik bilan muloyim jilmayib 
qo‘ydi.
— 
Bu qo‘zichoq emas-ku, — dedi u. — 0 ‘zing ham 
ko‘rib turibsan-a, qo‘chqor-ku. Ana, shoxiyam bor...
Men qo‘zichoqni tag‘in boshqatdan chizdim. Biroq 
bu rasm ham unga ma’qul bo‘lmadi:
— E, bu o‘lguday qari-ku. Menga uzoq yashay- 
digan qo‘zichoq kerak.
Endi sabr-toqatim tugadi. Axir, tezroq motorni 
tuzatish kerak edi-da! Shuning uchun apil-tapil mana 
shu narsani chizib tashladim.
Keyin bolaga qarab:
— Mana senga quticha. Qo‘zichog‘ing shuning ichi- 
da yotibdi, — dedim.
9


Shunda meni butkul loi qoldirib, bu talabchan 
hakam gul-gul yashnab ketdi:
— Menga xuddi shunaqasi kerak edi-da! U ko‘p 
o‘t yermikan, nima deysan-a?
— Nima edi?
— Axir mening uyimda unchalik serobgarchilik 
emas-da.
— Unga ko‘p narsa kerak emas. Men senga judayam 
kichkina bir qo‘zichoq beraman.
— U judayam kichkina emas... — dedi u boshini 
egib, rasmga termilarkan. — Qara! U uxlab qoldi...
Men Kichkina shahzoda bilan shu tariqa tanishdim.
III
Uning qayerdan paydo bo‘lganini hadeganda bilib 
ololmadim. Kichkina shahzoda meni savollarga ko‘- 
mib tashlar, ammo o‘zidan biror nimani so‘rasam, 
eshitmaganga olar edi. Faqat, anchadan keyin, gap 
orasida tasodifan aytib qolgan ba’zi so‘zlaridan uning 
sirli tashrifi birmuncha oydinlashdi. Masalan, sa- 
molyotimni birinchi marta ko‘rganida (samolyot ras- 
mini chizib o‘tirmayman, negaki, buni bari bir ep- 
layolmayman), u shunday deb so‘radi:
— Bu qanaqa narsa?
— Bu narsa emas, samolyot. Mening samolyotim, 
u uchadi.
Keyin unga osmoni falakda uchish qo‘limdan 
kelishini faxrlanib aytdim. Shunda u:


- E, shoshma! Sen hali osmondan qulab tush- 
dingmi? — deya xitob qilib qoldi.
- Ha, — dedim kamtarlik bilan.
- Ana xolos! Qiziq-kuL
Kichkina shahzoda shunday deb qo‘ng‘iroqdek 
tovush bilan kulib yubordi. Buni ko‘rib picha ach- 
chiglm chiqdi: axir men, boshimga kulfat tushgan- 
ila, odamlar bunga jiddiy munosabatda bo‘lishla- 
rini yoqtiraman-da. Birozdan keyin u:
»
4> 
0
O
11


— Demak, sen ham osmondan tushib kelibsan- 
da, — dedi. — Xo‘sh, qaysi sayyoradan kelding?
«E, bu kimsasiz sahroda to‘satdan qayerdan paydo 
bo‘lib qoldi, desam, gap buyoqda ekan-da!», deb 
o‘yladim o‘zimcha va dabdurustdan:
— Bundan chiqdiki, sen bu yerga boshqa sayyoradan 
tushib kelibsan-da? — deb so‘radim.
Biroq u savolimga javob bermadi. Samolyotimni 
ko‘zdan kechirarkan, asta bosh chayqadi:
— He, buning bilan uzoqdan uchib kelolmaysan, 
ko‘rinib turibdi...
So‘ng nima haqdadir xiyla o‘ylanib qoldi. Keyin 
cho‘ntagidan men chizib bergan boyagi qo‘zichoqni 
olib, uni go‘yo qimmatbaho xazinadek tomosha qi- 
lishga kirishdi.
«Boshqa sayyoralar» xususidagi bu chala-yarim 
e’tirofdan so‘ng ko‘nglimdagi qiziqish hissi naqadar 
alanga olib ketganini tasawur qila olsangiz kerak. Iloji 
boricha ko‘proq narsa bilib olish niyatida ustma-ust 
savol yog‘dira ketdim:
— Sen qayoqdan uchib kelding, bolakay? Uying 
qayerda o‘zi? Qo‘zichog‘imni qayoqqa olib ketmoq- 
chisan?
U o‘yga cho‘mgancha jimib qoldi-da, keyin:
— Menga quticha berganing juda soz bo‘ldi-da, 
qo‘zichoq kechasi uning ichida uxlaydi, — dedi.
— Albatta. Agar aqlli bola bo‘lsang, senga arqon 
ham hadya qilaman — qo‘zichoqni kunduzlari bogiab 
qo‘yasan. Qoziq ham beraman.
Kichkina shahzodaning qoshlari chimirildi:
— Bog‘lab qo‘yasan? Nima keragi bor buning?
— Chunki, bog‘lab qo‘ymasang, u biron yoqqa ketib 
adashib qoladi.


Mntii cshilih do‘stim xandon otib kulib yubordi: 
li, qayoqqayam ketardi u?
Hilib boMmaydi-da. Boshi oqqan tomonga 
ki'lnvoradi, kctavcradi.
Shimda Kichkina shahzodajiddiy tortib:
Mayli, hcchqisi yo‘q, — dedi. — Axir, men 
yushiiydigan joy nihoyatda kichkina... — Birozdan so‘ng 
iimltih bilan qo‘shib qo‘ydi: — Boshing oqqan tomonga 
kiMnviTganing bilan uzoqqa ketolmaysan...
IV
Shu (ariqa men yana bir muhim yangilikni kashf 
I'UlIm: lining ona sayyorasi bor-yo‘g‘i bir uydek kelar 
oknn!
Ochig'ini aytganda, bu narsa meni unchalik hay- 
mtInntirmadi. Chunki men Yer, Yupiter, Mars, Zuhra 
Nlngnri ulkan sayyoralardan tashqari, yana yuzlab 
hoshqa sayyoralar mavjudligini, aksariyatiga hatto nom 
hum berilmaganini, ular orasida teleskopda ham 
ko'rish mushkul bo‘lgan mittivoylari ham borligini 
hilar cdini. Astronom olim ana shunday jimit sayyorani 
knshl etarkan, unga nom qo‘yib o‘tirmaydi, balki ra- 
qiini bilan atab qo‘ya qoladi. Masalan: 3251-asteroid, 
ticgandck.
Mcnda, Kichkina shahzoda B—612 deb atalmish 
mo'jaz sayyoradan tushib kelgan, deb hisoblashga 
Imkon beruvchi jiddiy asoslar bor. Bu asteroid 
U’leskopda faqat bir marta — 1909-yili, bir turk astro- 
nomi (omonidan kuzatilgan edi.
( Vshanda astronom ajoyib kashfiyoti haqida xalqaro 
aslronomiya kongressida ma’ruza qilgan, ammo uning 
gapiga biror kimsa ishonmagan, chunki u turkcha ki- 
ylngan edi. Ana shunaqa g‘alati xalq bu kattalar!
Blini qarangki, B—612 deb atalmish asteroidning
13


baxtiga, turk sultoni o‘z fuqarolariga, o‘lim jazosi 
tahdidi bilan, yevropacha kiyinishni joriy etdi. 0 ‘sha 
astronom 1920-yili kashfiyoti haqida tag‘in ma’ruza 
qildi. Bu safar u eng so‘nggi modada kiyingan edi — 
hamma uning gapini ma’qulladi.
B—612 deb atalmish asteroid haqida sizga bunday 
batafsil so‘zlab o'tirganimga, hatto uning tartib raqa- 
mini keltirganimga kattalar sabab. Chunki kattalar ra- 
qamlami juda yaxshi ko‘rishadi. Agar ularga yangi do‘st 
orttirganingiz xususida aytib qolsangiz, ular hech qaH 
chon eng asosiy narsa haqida so‘ramaydilar. Ular hech 
qachon: «Uning ovozi qanaqa? Qanaqa o‘yinlami 
yaxshi ko‘radi? U kapalak tutadimi-yo‘qmi?», deb 
surishtirmaydilar. Ular: «Yoshi nechada? Nechta og‘a- 
inisi bor? Og‘irligi qancha ekan? Otasi qancha moyana
14


olmli?”, ileya so‘ray ketadilar. So‘ng shutariqa o‘zlaricha 
Milimini bilib oigan bo‘ladilar. Mabodo kattalarga: 
«Mi*n c|i/.g‘ish g‘ishtli chiroyli bir uyni ko‘rdim, dera- 
/¡iskIü yorongul ochilib turibdi, tomida kaptari bor», 
ílt'l) ¡lytsangiz, ular bu imoratni sira ham ko‘z o‘ngila- 
ilyn kcltira olmaydilar. Ularga: «Men yuz ming frankli 
iiviii
ko'rdim», deb aytish lozim — shundagina ular: 
~Aiui go‘zallig-u mana go‘zallik!», deya xitob qiladilar.
Xuddi shuningdek, agar ularga: «Kichkina shahzoda 
t tundan ham mavjud edi, u nihoyatda ajoyib bolakay 
tul i, ynyrab kulardi, bir qo‘zichog‘im bo‘lsa, derdi. 
(Jo7iehog‘im bo‘lsin, degan odam, rostdan mavjud 
bo'ladi-da», desangiz, hayron yelka qisib qo‘yadilar- 
da, si/ga xuddi esi past go‘dakka qaragandek qaraydilar. 
Ammo bordi-yu: «U B—612 degan sayyoradan uchib 
kclgan edi», deb tushuntirsangiz, bu gapga uzil-kesil 
khonishadi va ortiq turli-tuman savollari bilan sizni 
hivor qilishmaydi. Ana shunaqa g‘alati xalq bu kattalar. 
I llar xala bo‘lib o‘tirishga arzimaydi. Bolalar kattalarga 
nlshalan kengfe’l va kechirimli bo‘lishlari lozim.
Animo bizlar, ya’nikim hayotning nima ekanini 
anglaydigan kishilar, nomerlar va raqamlar ustidan 
(|itli qah urib kulamiz! Men, masalan, o‘zimga qolsa, 
ushhu qissani xuddi sehrli ertakdek boshlagan bo‘- 
lurdim:
«Bor ekan-da, yo‘q ekan, bir Kichkina shahzoda 
ho‘lgan ekan. U nihoyatda kichkina — o‘zining tanasidan 
kalgina katta bir sayyorada yashar, birorta ham do‘sti 
yo'qligidan qattiq iztirob chekar ekan...» Hayotning 
nlmaligini anglaydigan kishilar buning ertakdan ko‘ra 
ko'proq haqiqatga o‘xshashini darhol payqagan bo‘lur 
i'dilar.
/ero men kitobimning shunchaki ermak uchungina
15


o‘qilishini aslo istamayman. Bo‘lib o‘tgan u voqealami 
qayta eslash men uchun g‘oyat og‘ir, ularni hikoya 
qilish ham oson emas. Do‘stim qo‘zichog‘i bilan birga 
meni tark etganidan buyon oradan olti yil o‘tdi. Uni 
unutib yubormaslik uchun ham u haqda so‘yla- 
moqchiman. Chunki dunyoda do‘stlami unutib yubo- 
rishdan ham qayg‘uliroq narsa yo‘q, axir do‘st bo‘lish 
har kimga ham nasib etavermaydi-da. Qolaversa, men, 
yorug‘ olamda raqamdan boshqa narsaga qiziqmay- 
digan kattalarga o‘xshab qolishni sira-sira istamayman. 
Mana shu boisdan ham men rangli qalamlar bilan 
birga bo‘yoqlar solingan quticha sotib oigan edim.


Mniing yoshimda qayta boshdan rasm chizishga 
klrishish - aytishga oson, xolos, chunki men butun 
iimrlm davomida bo‘g‘ma ilonning tashqi-yu ichki 
ko'rinishidan boshqa narsa (uni ham olti yashar 
piiylimda chizganman) chizmagan edim-da! Albatta, 
lio/.ir iloji boricha asliga o'xshatishga harakat qilaman, 
hii(K| bu ishni qoyilmaqom qilib bajaraman, deb kafillik 
hrroímayman. Shuning uchun portretlarning biri 
hlnoyidck chiqsa, ikkinchisi mutlaqo o‘xshamasligi 
liimi mumkin. Kichkina shahzodaning bo‘yi to‘g‘risida 
huin shu gapni aytish lozim: rasmlarning birida u 
hmldan tashqari ulkan, boshqasida esa haddan tash- 
(|iirl kichkina bo‘lib ko‘rinadi. Shuningdek, kiyimining 
mugí ham yodimdayo‘q. Shubois esimda qolganicha, 
Itismollab, xayolan chizaveraman. Nihoyat, m enba’zi 
hlr muhim tafsilotlar tasvirida xatoga yo‘l qo‘yishim 
luí 
111
mumkin. Ammo 
}
ileh umid qilaman. 
|
iiursani tushuntirib bergan emas edi. Ehtimol, u meni 

Imm xuddi o‘zi qatori deb hisoblagaridir.


men quticha devorlari aro qo‘zichoqni ko‘rishga qodir 
emasman. Balki men kattalarga ozroq o‘xshab ketar- 
man. Chamasi, qariyotgan bo‘lsam kerak.
Y
Kun sayin men Kichkina shahzodaning sayyorasi 
haqida, do‘stim uni qanday qilib tark etgani-yu safar 
chog‘i qanday sarguzashtlarni boshidan kechirgani 
haqida yangi-yangi ma’lumotlarni bilib ola boshla- 
dim. Xonasi kelib qolganida u shu haqda ozmi-ko‘pmi 
gapirib qolardi. Shu tariqa, uchinchi kuni Kichkina 
shahzodaning sayyorasida ro‘y bergan baobab balo- 
sidan voqif bo‘ldim.
Bunga ham aslida o‘sha qo‘zichoq rasmi sabab bo‘l- 
di. Kichkina shahzoda, chamasi, nimadandir qattiq 
shubhaga tushgandek edi, to‘satdan menga qarab:
— Ayt-chi, qo‘zichoqlar rostdan o‘t yeydimi? — 
deb so‘radi.
— Ha, rostdan.
— E, zo‘r ekan unda!
Qo‘zichoqning o‘t yeyishi nega bunchalik muhim 
ekanini, tabiiyki, tushunmadim. Lekin Kichkina 
shahzoda shunday deb qo‘shimcha qildi:
— Bundan chiqdiki, ular baobablarni ham yer 
ekan-da?
Men bu gapga e’tiroz bildirib aytdimki, baobab 
degani o‘t-o‘lan yoki buta emas — minora bo‘yi kela- 
digan bahaybat daraxt; agar u sayyorasiga butun boshli 
fil podasini haydab borganida ham, ular birorta bao- 
babni yeya olmaydi.
Kichkina shahzoda bu gapni eshitib, miyig‘ida 
jilmaydi:
— Unda, fillarni bir-biriga mingashtirib qo‘yish
18


kt'ink,,, So'ng picha o‘ylanib, mulohazakor ohangda 
ilitvttin rldi: 
Baobablar endi unib chiqqan paytida 
hitltiyiitn kiclikina bo‘ladi.
To'g'ri, lekin nega endi qo‘zichog‘ing baobabni 
yoyishi kerak?
1!, yemasa bo‘lmaydi-da! — deya xitob qildi u, 
(lo'yo benihoya oddiy, ibtidoiy bir haqiqat xususida 
•Mi'/liiyotgandek.
(iup nimadaligini anglab yetguncha rosa boshim 
i|oldi.
Kiclikina shahzodaning sayyorasida ham boshqa 
Miyyonilardagi kabi foydali va zararli o‘t-o‘lanlar o‘sar 
I'kan, I )emakki, u yerda dorivor, shifobaxsh o‘tlarning 
iimg'i bilan birga, zararkunanda va begona o‘simlik- 
Imning umg'lari ham mavjud. Ammo urug‘ hali tuproq 
lugida mudrab yotarkan, ko‘zga ko‘rinmaydi, shu bois 
lining /ararlimi, foydali ekanini bilish ham mushkul. 
I'tiqal yer nyg‘ongachgina urug‘ ham asta-sekin nish 
tll'lb yorug4 olam sari talpinadi, kurtak ochib barg 
yo/iidi-da, quyoshga bo‘y cho‘zadi. Qattiq yerdan 
qitlfirah chiqqan chog‘ida u nimjongina, beozor bir 
glyoh boladi. Agar u bo‘lg‘usi gulko‘chat yoki may- 
mnnjon boMsa, mayli, bemalol o‘sib-unaversin; bor- 
tll-yn qandaydir zararkunanda o‘simlik bo‘lsa, tag- 
lomiri bilan yulib tashlash kerak. Kichkina shahzo- 
daning sayyorasida ana shunday zararli mudhish urug‘- 
lnr bor ekan — baobablaming urug‘i. Sayyoraning tup- 
rog'ida shu yovuz urug‘ to‘lib-toshib ketgan ekan. Agar 
hnohnhni o‘z vaqtida payqab yulib tashlanmasa, keyin 
imdan qutulishning iloji bo‘lmaydi. U butun sayyo- 
iiini egallab oladi, bahaybat, quturgan tomirlari bilan 
uni liar tomondan chirmab eza boshlaydi. Mabodo 
Miyyora mo‘jazgina bo‘lsa-yu, baobablar son-sanoqsiz
19


bo‘lsa, u holda ular uni tilka-pora qilib tashlashi ham 
hech gap emas.
— Bizda shunday bir qoida bor, — dedi Kichkina 
shahzoda keyinchalik menga. — Ertalab uyqudan turib, 
yuz-qo‘lingni yuvgach, uyoq-buyoqni yig‘ishtirgandan 
so‘ng darhol sayyorangni tozalashga kirishmog‘ing lozim. 
Baobablarni har kuni, kanda qilmay yo‘q qilib turish 
kerak. Ammo ularni gul ko‘chatidan ajrata bilish kerak: 
ikkalasining niholi bir-biriga judayam o‘xshaydi. Bu 
haddan tashqari zerikarli ish, lekin sirayam qiyin emas.
Bir gal u menga, mana shu gaplami bizning bolalar 
ham tushunsin, desang, bir rasmini chizib ko‘rmay- 
sanmi, deb maslahat berdi.
— Agar ular qachondir safarga chiqmoqchi bo‘l- 
salar, bu narsa g‘oyat qo‘l keladi, — dedi u. — Boshqa 
ishlar biroz kechiksa ham ziyon qilmaydi, ammo 
baobablarni o‘z holiga qo‘yib berilsa, oxiri voy bo‘ladi. 
Men bir sayyorani bilaman, u yerda bir dangasa 
yashardi. U uch tup niholni vaqtida qo‘porib tash- 
lamadi, oqibatda...
Kichkina shahzoda bu haqda batafsil so‘zlab berdi, 
men esa o‘sha sayyoraning rasmini chizdim. Birovga 
aql o‘rgatishni yomon ko‘raman, ammo baobablarning 
naqadar xavfli ekánini juda oz odamgina biladi, vaho- 
lanki, asteroidga qadam qo‘yadigan har bir kishi 
muqarrar ravishda bu dahshatli xatarga duchor bo‘ladi. 
Shu sababdan men hozir odatimga xilof tarzda: «Bo 
lalar, baobablardan ehtiyot boMinglar!», deb hayqir- 
gim keladi. Barcha do‘stlarimni ko‘pdan buyon tahdid 
solib turgan shu balo-qazodan ogoh qilib qo‘ymoq- 
chiman, chunki ular shunday xatar borligini bir payt- 
lar men ham mutlaqo bilmaganimdek hatto xayol- 
lariga ham keltirmaydilar.
20


Slmning uchun ham men ovora bo‘lib shu rasmni 
ihi/dim , slmning uchun ham qilgan mehnatimga 
/mincha achinmayman. Ehtimol, siz, nima uchun bu 
kllolnln nianavi baobablarning tasviridan boshqa bi- 
rorln ham (a’sirli rasm yo‘q, deb so‘rarsiz. Bunga men 
nddiyyina qilib shunday javob qaytaraman: boshqa 
nismlnr ham ta’sirchanroq chiqsin, deb, men rosa 
urliulim, biroq, afsuski, qoiim dan kelmadi. Bao- 
hnhlitrni chi/ayotgan paytimda esa, bu chindan ham 
miulhish xatar, uni daf etishni aslo kechiktirib bo‘l- 
inuytli, dcgan fikr menga ilhom bag‘ishlagan edi...
21


VI
Eh, Kichkina shahzoda! Asta-sekin men sening 
naqadar g‘amgin va yakrang hayot kechirganingni 
anglab yetdim. Uzoq yillar mobaynida yagona dilxush 
ermaging quyosh botar payt — g‘urubni tomosha 
qilishdan iborat boigan ekan. Men buni to‘rtinchi 
kuni ertalab, o‘zing so‘z orasida:
— G ‘urubni judayam yaxshi ko‘raman. Yur, 
quyoshning botishini tomosha qilamiz, — deb qol- 
ganingda sezdim.
— E, unda biroz kutish kerak.
— Nimani?
— Quyosh botishini-da.
Bu gapni eshitib, awal behad hayron bo‘lib qol- 
ding, keyin esa o‘zingning ustingdan o‘zing kulib:
— Nazarimda, haliyam uyimda yurgandekman! — 
deding.
Haqiqatan ham, Amerikada kun choshgoh bo‘lgan- 
da Fransiyada kun botishini hamma biladi. Agar u yerdan 
bir lahzaning ichida Fransiyaga yetib borilsa, quyosh 
botishini ham tomosha qilish mumkin. Baxtga qarshi, 
Fransiya bu yerdan uzoq, benihoya uzoq. Sening say- 
yorangda esa tagingdagi kursichani bir necha qadam


mu i sursang bas — g‘urubga istagancha uzluksiz maftun 
hn'üb lermilaverish mumkin edi...
Bir safar men bir kunda qirq uch marta quyosh 
holishini tomosha qilganman!
( )radan sal o‘tgach, xiyol anduh bilan yana shunday 
dcditig:
Bilasanmi... ba’zan yuraging nimadandir g‘ussaga 
lo’lih kctganda, botayotgan quyoshga birpas termilib 
i »’I ¡rsang bormi...
I )emak, g‘urubni qirq uch marta tomosha qilgan 
kiining judayam xafa bo‘lgan ekansan-da?
Animo Kichkina shahzoda bunga javoban indamadi.
VII
Beshinchi kuni ertalab, tag‘in o‘sha qo‘zichoq sabab 
Im'lih, Kichkina shahzodaning sir-u asrorini bilib ol- 
(llni. I ), go‘yo uzoqvaqt sukut ichra o‘ylab shu xulosaga 
kelgandek, dabdurustdan:
Qo‘zichoq o‘t yer ekan, bundan chiqdi, gulni 
hiun ycyishi mumkin ekan-da? — deb so‘radi.
Ha, to‘g‘ri kelgan narsani yeyaveradi.
Hatto tikanli gulniyam yeydimi?
l ia, tikanli gulniyam.
I Jnday bo‘lsa, gulga tikanning nima keragi bor?
Buni men ham bilmasdim. Hozir judayam band 
cdim: motorning bir gaykasi yeyilib ketgan, shuni 
htinib chiqarolmay, qonimga tashna bo‘lib turardim. 
Av/oyim buzuq edi — ahvol tobora og‘irlashib bormoq- 
ilu, suv deyarli tamom bo‘ldi, bu majburiy qo‘nish- 
nlng oxiri rasvo bo‘lmasa edi, degan g‘ulg‘ula yuragimga 
o'iinalay boshlagan edi:
Xo‘sh, tikanning nima keragi bor?
Kichkina shahzoda biror-bir savol berarkan, javob
23


olmagunicha qo‘ymas 
edi. Tosh qotib ketgan 2-vr* 
gayka hadeganda bu- 
ralavermagach, fig‘o- 
nim falakka chiqib, 
og‘zimga kelgan gapni 
g‘o‘ldiradim:
— Gulga tikanning 
sirayam keragi yo‘q, 
azbaroyi yomonlikka 
chiqaradi.
— Shunaqami?!
Jimlik cho‘kdi. An-
chadan keyin u ranji- 
gan ohangda:
— Gapingga ishon- 
mayman, — dedi. —
Axir, gullar judayam 
zaif, o qko‘ngil-ku.
0 ‘zlarini botir ko‘rsa- 
tish uchun ham tikan 
&
chiqanshadi, go yo 
j
shunda ulardan ham-
ma qo‘rqadigandek...
Indamadim. Hozir o‘zimcha jahl bilan g‘o‘ldirab 
qasam ichmoqda edim: bu la’nati gayka shu safar ham 
chiqmasa, bolg‘a bilan shunday aylantirib solamanki, 
mayda-mayda bo‘lib ketadi!.. Biroq Kichkina shah- 
zoda tag‘in xayolimni buzdi:
— 0 ‘ylaysanki, gullar...
— E, hech narsani o‘ylamayman-e, men! Kallam- 
ga kelgan gapni aytdim-qo‘ydim-da. Ko‘rib turibsan- 
ku, jiddiy ish bilan bandman.
24


11 monga hayratdan dong qotib tikildi:
Qanaqa jiddiy ish?!
11 
hamon mendan nigohini uzmasdi: men esa, 
ill) basharam qop-qora moy, qo‘limda bolg‘a, uning 
koViga nihoyatda notavon bo‘lib ko‘rinayotgan manavi 
üllllld iroq arava — samolyot uzra engashgancha asabiy 
lnliu|ib turardim.
Xuddi kattalarga o‘xshab gapirasan-a! — dedi u. 
llyalib ketdim. U esa ayab-netib o‘tirmay, gapida 
tliivom ctdi:
llammasini chalkashtirib yubording... hech 
luiisani tushunmas ekansan!
Chindan ham uning qattiq jahli chiqqan edi. Ach- 
thlqlanib boshini chayqarkan, tillarang sochlari sha- 
lliokla lo‘zg‘ib ketdi.
Men bir sayyorani bilaman, u yerda yuzi bo‘- 
/nrgan bir janob yashaydi. U umrida biror marta gul 
llldlab ko'rmagan, biror marta yulduzlarga tikilma- 
gUll. U hech qachon birovni sevgan ham emas, um- 
I'ldu hiron-bir yumushni ham bajargan emas. U faqat 
bir ish bilan — raqamlarni bir-biriga urishtirish bilan 
ovoia. Erta-yu kech xuddi senga o‘xshab yakkash: «Men 
jlikliy odamman! Men jiddiy odamman!», deb takror- 
Ittgnni-takrorlagan. Tag‘in gerdayib-kekkayib yurishini 
Mylmaysanmi! Aslida u odam emas, qo‘ziqorin.
Ni ma deding?
Qo‘ziqorin, deyapman! — Kichkina shahzoda 
N/,baroyi achchiqlanganidan, rangi bo‘zdek oqarib 
kcldi. - Million yillardan buyon gullaming tanasida 
llkiin o‘sadi. Va million yillardan buyon qo‘zichoqlar 
gUlli uni bari bir yeb qo‘yadi. Shunday ekan, hech 
qnnday naf ko‘rmasa hamki, gullarning tikaniga 
bimchalik zo‘r berishining boisi nimada? Nahot mana
25


shu jumboqni anglash zarur ish bo‘lmasa? Nahotki 
gullar bilan qo‘zichoqlar o‘rtasidagi asriy adovat siri 
muhim narsa bo‘lmasa? Axir bu o‘sha yuzi bo'zargan 
janobning hisob-kitobidan ko‘ra jiddiyroq va zarurroq 
emasmi? Aytaylik, men bu dunyoda na tengi, na 
o‘xshashi bo‘lgan bir gulni bilaman, u faqat mening 
sayyoramdagina o‘sadi. Endi bir kuni jimitgina qo‘- 
zichoq shartta borsa-yu uni paqqos yeb bitirsa! Nima 
ish qilib qo‘yganini hatto xayoliga ham keltirmasa... 
Balki bu ham seningcha muhim narsa emasdir?
U qip-qizarib ketdi, bir zumdan keyin tag‘in, 
davom etdi:
— 
Agar boshqa millionlab yulduzlarda uchra- ; 
maydigan bir gulni yaxshi ko‘rsang, shuning o‘zi ham 
kifoya: osmonga boqqaning zamon o‘zingni baxtiyor 
his etasan. «Olislarda, qaydadir mening ham gulinij 
bor», deb shivirlasang bas — ko‘ksing tog‘dek yuksalib ? 
ketadi. Bordi-yu qo‘zichoq to‘satdan uni yeb qo‘ysa 
bormi, olamdagi jamiki yulduz birdaniga so‘ngandek 
bo‘ladi-qoladi! Senga qolsa, bu sirayam muhim narsa 
emas!
U ortiq gapirolmadi, nafasi tiqilib, ho‘ngrab yubor- 
di. Atrofni qorong‘Uik chulg‘adi. Qilayotgan ishimni 
shartta tashladim, badbaxt gayka-yu bolg‘a ham, 
tashnalig-u o‘lim vahmi ham daf atan unut bo‘ldi. 
Mening yulduzimda, Yer atalmish mening sayyoram- 
da Kichkina shahzoda o‘ksib-o‘ksib yig‘lar — uni 
yupatmoq darkor edi. Men uni bag‘rimga bosgancha 
qo‘limda allalay boshladim: «Sen ko‘ngil qo‘ygan gulga 
hech kim tegmaydi... qo‘zihog‘ingning tumshug‘iga 
o‘zim no‘xta chizib beraman... men...» Bundan bo‘lak 
nima deyarimni bilmasdim, aql-u hushim tamoman 
boshimdan uchgan, o ‘zimni behad beo'xshov va
26


n'ii|í‘aysiz sezardim. Nima qilsam u dilimni anglarkin? 
hilqich bermay mendan lahza sayin uzoqlashib bo- 
myolgan bu beg‘ubor ko‘ngil sadosini qanday quvib 
ViMsam ekan? Axir, aslida ko‘zyosh degani — anglab 
l>o‘linas, sirli bir saltanat emasmi?
VIII
I lademay bu gulni yaxshilab bilib oldim. Kichkina 
shah/.odaning sayyorasida hammavaqt oddiygina, 
In'hasham gullar o‘sardi. Ular kambarg, beozorgina 
ho* lib, nihoyatda kam joyni egallar, ertalab ochilib, 
m|sliom chog‘i so‘lib qolar edi. Bu gul esa, kunlaming 
hirida shamolda qaydandir uchib kelib sayyora tuprog‘iga 
liisliib qolgan urug‘dan unib chiqqan edi. Kichkina 
shah/.oda boshqa o ‘t-o ‘lan, gulchechaklarga aslo 
o'xshamagan bu mo‘jaz niholdan ko‘zini uzolmasdi. 
Ilordi-yu u baobabning biror yangi xili bo‘lsa-chi? 
Animo nihol tez orada yuqoriga qarab bo‘y cho‘zishdan 
lo'xladi-da, g‘uncha tugdi. Kichkina shahzoda umri bino 
bo'lib bunday katta g‘unchalarni ko‘rmagan edi, 
(l'nroyib mo‘jiza ro‘y berajagini ko‘ngli sezib, betoqat 
kuta boshladi. Notanish, noma’lum g‘uncha esa hamon 
yu/ ochishni xayoliga keltirmas, yashil gumbaz ichra 
pínlion o‘tirgancha hanuz o‘ziga oro berar edi. U qunt 
hilan rang tanlar, gulbarg liboslami nozik badaniga 
hir-bir o‘lchab ko‘rardi — yorug‘ olamga allaqanday 
lolac|izg‘aldoqqa o‘xshab, hurpaygan-to‘zg‘igan holda 
diydor ko‘rsatishni sira-sira istamasdi-da. U husni 
jnmolini bor latofati-yu butun jozibasi bilan namoyon 
dmoqni orzu qilardi. Ha, ana shunday o‘ziga bino 
qo'ygan go‘zal edi u!
Sirli tayyorgarlik shu yo‘sin uzoq davom etdi. Va, 
nihoyat, bir sahar chog‘i, quyoshning ilk nurlari ko‘ri-
27


nishi bilanoq gulbarglar ohista ochildi, bu lahzaga shu 
qadar uzoq taraddud qilgan go‘zal esa shirin esnab:
— Eh, esizgina, barvaqt uyg‘onib ketibman-ku... 
AfV eting meni... — dedi. — Hammayog‘im to‘zg‘ib 
yotuvdi-ya...
Kichkina shahzoda hayrat va zavqini yashirolmadi:
— Naqadar chiroylisiz-a!
— Yo‘g‘-e, rostdanmi? — dedi gulg‘uncha bunga 
javoban astagina. — Ha, balki sezgandirsiz, men 
quyosh bilan birga tug‘ilganman-da.
Kichkina shahzoda bu g‘unchaning kamtarlik bobida 
namuna bo‘lolmasligini payqadi, biroq u shunchalar
28


(Iilh;ir va latif ediki, odamni beixtiyor dovdiratib 
t|o'y;irdi!
Nonushta vaqtiyam bo‘lib qoldimi deyman, — 
dedi u saldan keyin. — Baraka topkur, menga yordam 
<|il;irsiz-a?
Kichkina shahzoda behad xijolat bo‘ldi, ko‘zachada 
mu/dck buloq suvidan keltirib uni sug‘ordi.
Ko'p o‘tmay go‘zal gulg‘unchaning xiyla mag‘rur 
vn ¡irazchiligi ham ma’lum boiib qoldi-yu, Kichkina 
Nlmh/oda 
u bilan til topishaman deb rosa qiynaldi. Bir 
kmii gul poyasidagi to‘rtta tikanni ko‘rsatib:
Qani, yoMbars zo‘r bo‘lsa, buyoqqa kelsin, men 
titling o‘zidan ham, o‘tkir tirnog‘idan ham qo‘rqmay- 
mim! - dedi.
Mening sayyoramda yoMbars yashamaydi,— deb 
tf'liro/ bildirdi Kichkina shahzoda. — Keyin, yo‘lbarslar 
o’I vcniaydi.
Men o‘t emasman-ku, — dedi gulg‘uncha ranjib.
Kechiring meni...
Yo‘q, men yo‘lbarsdan sirayam qo‘rqmayman, 
iimino yelvizak degan narsadan yuragim chiqib ketadi. 
Sl/ilii parda yo‘qmi, meni shamoldan to‘sib qo‘ysangiz?
29


«G‘alati-ya, o'simlik bo‘laturib yelvizakdan qo‘r- 
qadi... — deb o‘yladi Kichkina shahzoda. — Judayam 
ko‘nglini topish qiyin ekan bu gulning...»
— Bu yer rosa sovuq ekan. Kechqurun meni shisha 
qalpoq bilan o ‘rab qo‘ying, xo‘pmi? Sayyorangiz 
haddan tashqari befayz ekan. Men kelgan joyda-chi...
Gulg‘uncha gapini tugatmay jimib qoldi. Chunki 
buyoqqa u hali urug‘ chog‘ida uchib kelgan edi-da. 0 ‘zga 
olamlar haqida shu bois hech narsa bilmasligi tabiiy 
edi. Osongina fosh bo‘lishing muqarrar vaziyatda esa 
yolg‘on gapirmoq —borib turgan ahmoqlikdir! Gul- 
g‘uncha xijolat tortdi, so‘ng go‘yo Kichkina shah 
zoda, o‘zini uning oldida qanchalar gunohkor ekanini 
sezsin, degan ma’noda ustma-ust yo‘taldi:
— Qani parda, bormi?
— Men boya borib olib kelmoqchi edim, lekin 
gapingizni bo‘lishga...
Shunda gulg‘uncha yana qattiqroq yo‘tala boshladi: 
mayli, uning vijdoni battar qiynalsin!
Kichkina shahzoda, garchi bu feruza gulni yaxshi 
ko‘rib qolgan, unga xizmat qilishdan baxtiyor bo‘lsa-


du, ko‘p 
0
‘tmay ko‘nglida shubha uyg‘ondi. U shun- 
ohaki aytilgan havoyi gaplarni yuragiga yaqin olar, 
*lui sabab o‘zini benihoya baxtsiz sezar edi.
Bekor uning gapiga quloq solgan ekanman, — 
doli qoldi u bir kuni menga. — Hech qachon gullaming 
nylganiga quloq solmaslik kerak ekan, ularga termilib, 
hidlaridan bahramand bo‘lish lozim ekan, xolos. Me 
iling gulim butun sayyorani xush bo‘ylarga burkagan 
edi, inen esa bundan faqat quvonish zarurligini bil- 
masdim. Yo‘lbars haqidagi, tirnoq haqidagi anavi 
gaplarga kelsak... ulardan odamning ko‘ngli zavq- 
sliavqqa to‘lishi kerak edi, men bo‘lsam achchiqlanib 
o‘liiibman-a... — Bir muddat sukut saqlab, anduh 
hilan e’tirof etdi: — 0 ‘shanda hech nimani tushun- 
niagan ekanman! Og‘izdagi so‘zga emas, amaldagi 
Ishga qarab baho berish kerak edi. U menga o‘zining 
inuattar bo‘ylarini armug‘on etdi, hayotimni nurga 
chulg'adi. Men undan qochmasligim kerak edi! 0 ‘sha 
qovushmagan hiyla-nayranglar zamirida nozik bir 
lalofat mujassam ekanini payqashim kerak edi. Axir, 
null; lr shunchalik beqarorki!.. Ammo men nihoyatda 
yosli edim, muhabbat sir-asroridan bexabar edim.
31


IX
Anglashimcha, u jahongashta qushlar bilan birga 
parvoz qilishga qaror bergan. Oxirgi kuni ertalab u 
odatdagidan ko‘ra boshqacharoq g‘ayrat bilan say- 
yorasini tozalashga kirishadi. Qunt va zo‘r hafsala bilan 
uyg‘oq vulqonlarni tozalay boshladi. Sayyorada ikkita 
uyg‘oq vulqon bo‘lib, ular nonushta tayyorlashga- 
judayam qulay edi. Bundan tashqari, yana bitta soln- 
gan vulqon ham bor edi. Biroq, bu so‘ngan-ku, deb 
xotiijam yurib bo‘lmaydi-da, dedi u. Shu sababdanj 
uni ham erinmay tozalab chiqqan. Vulqonlarni chinni- 
chiroqdek ozoda qilib tozalasangiz, ular tutun-u qurum,: 
chiqarmay bir maromda biqirlagancha qaynab yotadi...; 
Albatta, biz — Yerdagi ahli zamin, g‘oyat kichkina; 
odamlarmiz, vulqonlarimizni tozalashga kuchimiz yet-; 
maydi. Shuning uchun ham ular bizga shu qadar ko‘p 
ziyon-zahmat yetkazadi.
Kichkina shahzoda baobablarning so‘nggi niholla- 
rini yularkan, xiyol g‘ussaga ham botdi. Balki endi 
sirayam bu yerlarga qaytmasman, deb o‘yladi. Ammo 
bu tongning har kungi odatiy yumushlari unga 
g‘ayrioddiy zavq bag‘ishlamoqda edi. Ajoyib feruza gulni 
oxirgi bor sug‘orib, ustini shisha qalpoq bilan yopib 
qo‘yishga chog‘lanarkan, o‘pkasi to‘lib, hatto yig‘lagisi 
kelib ketdi.
— Xayr, yaxshi qoling, — dedi u. Gul churq etmadi.
— Xayr sizga, — deb takrorladi Kichkina shahzoda.
Feruza gul yo‘talib qo‘ydi. Sovuq qotganidan emas,
albatta.
— Ahmoqlik qilgan ekanman, — dedi u nihoyat. — 
Kechir meni. Baxting yor bo‘lsin...
Tovushida ta’na-dashnomdan asar ham sezilmasdi. 
Kichkina shahzoda qo‘lida shisha qalpoq, lol-u hayron
32


i|otib qolgan edi. Bu latofat, bu mehr qayoqdan paydo 
ho'ldi ekan?
Ha, men seni yaxshi ko‘raman, ha... — degan 
lltroq ohang yangrardi quloqlari ostida. — Aybim 
nlumdaki, sen buni bilmasding. Bu unchalik muhim 
hum emas aslida. Lekin sen ham xuddi mendek tentak 
cd mg. Mayli, baxtingni top, omadingni bersin... Qal- 
p«>qni chetroqqa qo‘y, u endi menga kerakmas.
-• Ammo, shamol...

Yo‘q, unchalik shamollamaganman... Tungi 
mluibnam menga naf keltiradi. Axir, men — gulman-ku.

Yüklə 6,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə