Bakteriyalarning tuzilishi, tiplari va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Suv o’tlari va ularning klassifikatsiyasi ppt


O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə3/14
tarix28.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#135288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bakteriyalardan sanoatda va qishloq xo`jaligida foydalanish

O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI
O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI
Hozirgi zamon o’simliklar klassifikatsiyasi genealogik sistema asosida tuzilgan. Bu genealogik sistema o’simliklarning morfogenezi, ichki tuzilishi, individual taraqqiyoti, fizologik va bioximik xususiyatlari, geografik tarqalishi hamda tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlariga asoslanadi. Klassifikatsiyaning amaliy ahamiyati shundaki, bunda o’simliklar biror turining xususiyatlari, sifatlari haqida fikr yuritilganda bu turni bir-biriga ma‘lum darajada o’xshash boshqa turlardan farq qila bilish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim.
1753 yilda botanik olim K. Linney o’zining “Species Plantarum” asarida biolog mutaxassislarga ilmiy muloqat uchun lotin tilini tanladi va organizmlar nomenklaturasi uchun binar sistemani (qo’sh nomlash) taklif kiritdi. Shundan beri, o’simlik, zamburug’, bakteriya, hayvon turlarini binar nomlash ya‘ni dunyo taniydigan tur va turkumni lotincha nomlari bilan ilmiy ataymiz. Masalan: Solanum tuberosum (kartoshka), Picea abies (qoraqarag’ay), Boletus edulis (oq zamburug’) va hokazolar.
O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI
O’simlik, zamburug’, bakteriya va hayvon turlarini biologik nomlash qoidalari va tamoyillari Xalqaro (botanika, zoologiya va bakteriya) nomenklatura kodekslari bilan tartibga solinadi. Ushbu kodeksning maqsadi butun dunyoda har qaysi taksonomik guruhni faqat yagona to’g’ri nomlashdir. Nomenklatura kodekslari qoidalariga to’ldirishlar va ayrim o’zgartirishlar hamda botanik tadqiqiotlar bo’yicha yangiliklar har olti yilda bir marotoba o’tkazilib kelinadigan Xalqaro botanika kongressida (International Botanical Congress) ko’rib chiqiladi. Birinchi Xalqaro botanika nomenklatura kodekslari 1867 yilda Parij shahrida bo’lib o’tgan I Xalqaro botanika kongressida qabul qilindi. 1950 yilda O’simliklar taksonomiyasi bo’yicha xalqaro assotsiasiyasi (The International Association for Plant Taxonomy; IAPT) tashkil qilindi.
Assotsiasiya o’simliklar taksonomiyasiga oid har choraklikda Taxon jurnali va Regnum Vegetabile nomli seriyali kitoblar nashr ettirib kelmoqda. 1969 yilda esa botaniklarning xalqaro XI kongressi bo’lib o’tadi va bu kongressda taksonomik birliklarni kattadan kichikka qarab nomlash tavsiya etildi. 2011 yilda Melburun shahrida XVIII Xalqaro botanika kongressida kodeks suvo’tlar, zamburug’lar va o’simliklar xalqaro nomenklatura kodekslari (International Code of Nomenclature of algae, fungi, and plants) deb rasman nomlandi. Shuningdek, 2005 yildan boshlab, Madaniy o’simliklar bo’yicha xalqaro nomenklatura kodekslar (International Code of Nomenclature for Cultivated Plants) faoliyat olib bormoqda va navlar nomlanishi bo’yicha ish olib bormoqda.
So’nggi XIX Xalqaro botanika kongressi 2017 yil 23-29 iyul kunlari Xitoyning Shenchjen shahrida o’tkazildi va unda dunyoning 6000 dan ortiq botaniklari ishtirok etishdilar. Navbatdagi kongress yig’ilishi 2023 yilda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo’lib o’tadi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə