Taqrizchilar: k f. n., dotsent X. B. Raxmatov



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə1/135
tarix11.12.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#146154
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Taqrizchilar k f. n., dotsent X. B. Raxmatov (1)




Tuzuvchi: к.f.n., dotsent L.S.Kamolov

O'qituvchi. G SHodiyev

Taqrizchilar: k.f.n., dotsent X.B. Raxmatov.

Qarshi DU «Umumiy kimyo kafedrasining mudiri dotsenti,

k.f.n.I .Naxatov

«Fizikaviy kimyo» fanidan ma‘ruzalar matni to’plami 5440400 – Kimyoviy (ma‘ruza 70 soat) ta‘lim yo’nalishlari bakalavrlariga mo’ljallab tuzilgan

«Fizikaviy kimyo» fani uchun tanlangan ma‘ruza mavzular







Ma‘ruzalar mavzulari





1

2

1

Fizikaviy kimyoning vujudga kelishi, rivjlanishi, vazifasi va tekshirish ob‘ektlarini o’rganish usullari

2

Molekulalarning tuzilishi

3

Termodinamikaning birinchi qonuni

4

Termokimyo. Gess qonuni

5

Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Termodinamik jarayonlar

6

Termodinamikaning uchinchi qonuni

7

Kimyoviy muvozanat

8

Eritmalar. Noelektrolit eritmalar

9

Fazalar muvozanati.

10

Uch komponentli sistemalar

11

Elektrolit eritmalar.

12

Kuchli va kuchsiz elektrolitlar

13

Elektrolitlarning elektr o’tkazuvchanligi

14

Elektrodlardagi jarayonlar

15

Elektroliz jarayonlari

16

Kimyoviy reaktsiyalar kinetikasi

17

Kimyoviy reaktsiya nazariyalari

18

Fotokimyo

19

Zanjir reaktsiyalar

20

Kataliz. Gomogen kataliz

21

Katalizatorlar. Gomogen kataliz

22

Fermentativ kataliz

Jami:

SO’Z BOSHI

Ma‘ruzalar matni tayanch Oliy o’quv yurti bo’lmish QDY kimyo-biologiya fakulteti ilmiy kengashida muhokama qilinib tasdiqlangan namunaviy dastur asosida 5440400 – Kimyo ta‘lim yo’nalishlari talabаlariga mo’ljallab yozilgan bo’lib, unda fizikaviy kimyoning prinspial masalаlari: moddalarning agregat holati, ularning tuzilishi, termodinamika asoslari, termokiyo asoslari eritmalar haqidagi ta‘limot, elektr kimyo asoslari, kimyoviy kinetika, fotokimyo va boshqalar bayon etilgan. Materiallarni bayon etishda hozirgi zamon fizikaviy kimyosining asosiy uslublari – kinetik nazariya, termodinamika va kvantlar mexanikasi asos qilinib olindi.
Ma‘ruza matnlari to’plamida har bir mavzu uchun reja tuzilgan, shu mavzuga oid tayanch iboralar va tushunchalar keltirilgan, mavzuni yoritishda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan raqamlar berilgan. Keyin esa reja bo’yicha mavzuchalar matni bayon qilingan, va mavzu oxirida esa talabalarning mustaqil ishlarini bajarish uchun nazorat savollari hamda tayanch iboralar va tushunchalarning izohli lug’ati berilgan.


I. FIZIKAVIY KIMYONING VUJUDGA KELISHI,
RIVOJLANISHI, VAZIFASI VA TEKSHIRISH
OB‘EKTLARINI O’RGANISH USULLARI
Ma‘ruza rejasi
1.1. Kirish
1.2. Fizikaviy kimyoning vujudga kelishi
1.3. Fizikaviy kimyoning rivojlanishi.
1.4. Fizikaviy kimyoning tekshirish uslublari.
1.5. Fizikaviy kimyoning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Tayanch iboralar va tushunchalar
Fizikaviy kimyo, eritma, Gess qonuni, Agrokimyo, gidratlar nazariyasi, elektrolitik dissosiatsiya nazariyasi, termodinamika uslubi, kinetik nazariya uslubi, kvantlar mexanikasi uslubi.
Adabiyotlar: 1, 3, 5.
1.1. KIRISH
Kimyo fani, ayniqsa uning muhim tarmog’i hisoblanuvchi fizikaviy kimyo xalq xo’jaligining hamma соќаларида, ayniqsa qishloq xo’jaligida mo’l va sifatli mahsulotlarini yetkazishda muhim o’rin egallaydi.
Oziq – ovqat mahsulotlari texnologiyasida fizikaviy kimyo fani muhim ahamiyat kasb etadi, chunki deyarli hamma texnologik jarayonlar fizikaviy kimyo fani bilan chambarschas bog’liqdir. Kimyoviy ishlab chiqirish mutaxassislari, qishloq xo’jaligining malakali mutaxassislari va oziq – ovqat mahsulotlarini kimyoviy qayta ishlovchi mutaxassislari umumiy va noorganik kimyo, organik kimyo, agrokimyo hamda biokimyo bilan bir qatorda fizikaviy kimyoni ham chuqur bilishlari kerak, chunki bu fanlarni bilish kimyoviy texnologik jarayonlarda, o’simliklar organizmida va tuproq tarkibida sodir bo’lib turadigan turli jarayonlarni to’la tushunushga, oziq – ovqat mahsulotlari texnologiyasida esa texnologik jarayonlarni boshqarish va mahsulot chiqish unumini oshirishga, hamda ularning sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Bulardan tashqari, keyingi yillarda yangi zamonaviy fizikaviy asbob – uskunalarning yaratilishi hamda ulardan kimyoviy ishlab chiqirishda, qishloq xo’jalik va oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish mutaxassislarining fizikaviy kimyoni yaxshi o’rganishlarini taqoza etadi.
1.2. FIZIKAVIY KIMYONING VUJUDGA KELISHI
Fizikaviy kimyo fani – atom, molekula, kimyoviy hodisalar, o’zgarishlar va tuzilishlarni fizika usullarida o’rganib, fizika qonun – qoidalari asosida yechib beradigan fan sifatida 18 asrning o’rtalarida vujudga kelgan.

Bunga birinchi bo’lib Rossiya olimi M.V. Lomonosov asos solgan va u fizikaviy kimyo atamasini qo’llagan. 1751 yildan boshlab M. V. Lomonosov talabalarga fizikaviy kimyodan ma‘ruzalar o’qiydi va 1754 yili birinchi qo’llanma «Haqiqiy fizikaviy kimyoga kirish» va «Fizikaviy kimyodan tajribalar» nomli eksperement ishlar uchun dastur yozadi. U fizikaviy kimyoga quyidagicha ta‘rif beradi: «Fizikaviy kimyo – kimyoviy operatsiyalar natijasida murakkab moddalarda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni fizika qonun – qoidalari va tajribalari asosida tushuntirib beruvchi fan» dir degan. M.V. Lomonosov, kimyoda fizikaviy uslublarni qo’llab o’zining «modda massasi va energiyasining saqlanish qonuni» ni kashf etdi. M.V. Lomonosov, eritma – erigan modda molekulalari bilan erituvchi modda molekulalarining o’zaro ta‘siri mahsulotidir – deydi.
Eritma muzlash temperaturasining pasayishi kontsentratsiyagа bog’liqligini ko’rsatadi. M.V. Lomonosov birinchi bo’lib molekula to’g’risida tushuncha yaratib, molekula bilan atom o’rtasidagi tafovutlarni aniqlab berdi. U yuqoridagi qayd etilgan kashfiyotlari bilan birinchi fizikaviy kimyogar bo’lib tanildi.



Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə