Bakteriyalarning tuzilishi, tiplari va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Suv o’tlari va ularning klassifikatsiyasi ppt



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə14/14
tarix28.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#135288
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bakteriyalardan sanoatda va qishloq xo`jaligida foydalanish

10. Sifonkladal tuzilishda vegetativ tallom ko’p yadroli ipsimon yoki boshqa shaklda bo’ladi.
Ushbu tallomlarni tashkil topish xillari barcha suvo’tlarda bir xil emas.
SUVO’TLAR DUNYOSI
Suvo’tlari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo’llar bilan ko’payadi. Bir hujayrali suvo’tlarda hujayralarning bo’linishi natijasida vegetativ ko’payish sodir bo’ladi. Koloniyali, ko’p hujayrali suv o’tlarida esa tallomning qismlarga bo’linishi yoki gormogoniy natijasida ayrim hollarda maxsus vegetativ ko’payish organlari hosil qilib (masalan, xaralarda - tuganak) ko’payadi.
Jinssiz ko’payish turli xil sporalar (aplanospora, avtospora, tetraspora va boshq.) yoki zoosporalar vositasida boradi. Jinsiy ko’payish izogamiya, geterogamiya va oogamiya yo’llari ba‘zan, konyugatsiya (somatogamiya) bilan amalga oshadi. Jinsiy organlar gametangiy va jinssiz ko’payish organi esa sporangiy va zoosporangiy deyiladi. Jinsiy gametalar ya‘ni tuxum hujayra oogoniyda va spermatozoidlar esa anteridiyda hosil bo’ladi. Ular vegetativ hujayralardan farq qiladi. Jinsiy hujayralar qo’shilishdan zigota (2n) hosil bo’ladi. Zigota tinim davrini kechirgandan so’ng, bo’linadi va zoosporalar hosil bo’ladi yoki birdan yangi organizm o’sib chiqadi.
SUVO’TLAR DUNYOSI
Sporalarni hosil qiladigan organizmga sporofit va gametalar esa gametofitda hosil bo’ladi. Gametofit bir jinsli yoki har xil jinsli bo’lishi mumkin. Ko’pchilik suvo’tlarda gametofit va sporofit alohida o’simliklar bo’lib hisoblanadi. Ayrim suvo’t turlarida esa sporalar va gametalar bitta o’simlikda o’zida hosil bo’ladi va bunga sporagametofit deyiladi. Sporofit va gametofit bir xil (nasllarning izomorf almashinuvi) yoki har xil (nasllarning geteromorf almashinuvi) tuzilishga ega bo’lishi mumkin (96-rasm).
SUVO’TLAR DUNYOSI
Suvo’tlarining tallomi o’lchami ham turlichadir ya‘ni mikroskopik tuzilishdan tortib, to bir necha metrlarga etadi. Eng gigant suvo’tlar - qo’ng’ir suvo’tlari hisoblanadi, ulardan laminariyaning tasmasimon tallomi uzunligi 20 m va makrotsistis suvo’tiniki esa 100 m boradi.
Iliq suv havzalarida suvo’tlari turlar soni ko’p bo’ladi, biroq sovuq shimoliy dengizlarda esa yirik o’lchamli va katta massaga ega tallomli suvo’tlari uchraydi. Suvda tuzlarning miqdori kamayishi bilan, suvo’tlarning tur tarkibi ham kamayadi.
Eng chuqur suv havzalarida qizil suvo’tlari uchraydi, ular okean va dengizlarning tiniq suvlarida 200 metr chuqurligida ham yashaydi. Aksariyat suvo’tlar to 30 m chuqurlikda uchraydi. Sayoz suvlarda asosan yashil suvo’tlar bo’ladi.
Suvo’tlari bo’limlari orasida turlar soni bo’yicha kuchli farq qiladi. Eng turlarga boy bu yashil suvo’tlari bo’lib, turlar soni 13 mingdan tortib to 20 mingacha etishi mumkin. Diatom suvo’tlarini qariyb 5 mingta turlar, qo’ng’ir suvo’tlarini 1,5 ming turlar va qizil suvo’tlarining esa 4 ming atrofida turlari bor.
Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə