Bakteriyalarning tuzilishi, tiplari va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Suv o’tlari va ularning klassifikatsiyasi ppt



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə8/14
tarix28.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#135288
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bakteriyalardan sanoatda va qishloq xo`jaligida foydalanish

BAKTERIYALAR DUNYOSI
Bakteriyalar morfologiyasi va xivchinlarining joylashuvi:
A-bakteryalar shakllari: 1-tayoqchasimon bakteryalar; 2-urchuqsimon tayoqcha (Clostridium); 3-koklar; 4-diplokokklar; 5-streptokokklar; 6-stafilakoklar; 7-sartsinalar; 8-vibrionlar; 9-spirillalar; 10-poyasimon bakteryalar; 11-toroidlar; 12-yulduzsimon bakteriyalar; 13-oltiburchakli hujayra; 14-ko‗p hujayrali bakteriya (Beggiatoa). B-bakteriyalarda xivchinlar joylashuvining asosiy xillari: 1-monotrix; 2, 4-amfitrix; 3-lofotrix; 5-peritrix.
Bakteriyalarning bazi turlari mustaqil harakat qilish qobiliyatiga ega. Ular xivchinlari yordamida harakatlanadi. Xivchinlari bitta, ikkita, to’rtta yoki bir nechta bo’lib, hujayrasining bir uchida ayrim va to’p bo’lib joylashadi yoki sirtini butunlay o’rab oladi. Xivchini bitta bo’lsa monotrix, ikkita bo’lib har uchida bittadan joylashsa amfitrix, to’p bo’lib joylashganlar lofotrix, xivchinlar hujayra tanasini hamma tomondan o’rab olsa peritrix deb ataladi. Xivchinlari juda ingichka bo’lib, ularni faqat elektron mikroskopda ko’rish mumkin. Bakteriyalarning bazi turlari gonidiylar hosil qilish bilan ko’paya boradi. Gonidiylar mayda kurtakchalardan iborat bo’lib, ular ona hujayradan bo’linadi. Hamma qismi o’sib, rivojlanib mustaqil organizmga aylanadi. Bakteriyalar noqulay sharoitda sporalar hosil qiladi. Sporalar 150°C issiqlikda va - 200°C sovuqda ham yashash qobiliyatini yo’qotmaydi. Ular hatto noqulay sharoitda 10-1000 yilgacha hayotchanligini saqlab qoladi.
BAKTERIYALAR DUNYOSI
Bakteriyalarni hujayra tuzilishiga, metabolizmiga ko’ra, shuningdek, hujayra kimyoviy tarkibidagi farqlariga qarab klassifikatsiyalanishi mumkin. Bakteriyalar klassifikatsiyasi bo’yicha ma‘lumotlar Berji sistematika bakteriologiya tashkiloti (Bergey's Manual of Systematic Bacteriology) rahbarligida «Sistematik bakteriologiya xalqaro jurnali» da (International Journal of Systematic Bacteriology) nashr ettirilmoqda. Prokariotlar nomenklaturasi xalqaro kodeksi (International Code of Nomenclature of Prokaryotes) qoidalariga muvofiq, Prokariotlar sistematikasi xalqaro qo’mitasi (International Committee on Systematics of Prokaryotes) esa xalqaro qoidalarga ko’ra, bakteriya taksonlarini nomlash va ularni sistematik birliklarini aniqlash bilan shug’ullanib kelmoqda.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə