Bakteriyalarning tuzilishi, tiplari va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Suv o’tlari va ularning klassifikatsiyasi ppt



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə9/14
tarix28.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#135288
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bakteriyalardan sanoatda va qishloq xo`jaligida foydalanish

BAKTERIYALAR DUNYOSI
Hozirgi vaqtda bakteriyalar bir necha tiplarga bo’lib o’rganiladi. Ulardan ayrimlari quyidagilar:
Haqiqiy grammusbat bakteriyalar tipi (fila) –Firmicutes. Ularning hujayra devori juda qalin bo’ladi. Barcha bakteriya shakllari uchraydi va noqulay sharoitda endospora hosil qiladi. Avtotrof va geterotrof oziqlanadi. 160 dan ortiq turkumlari bor. Ular bir necha sinflarga bo’linadi: Clostridia, Mollicutes, Basilli va boshqalar.
Proteobakteriyalar tipiProteobacteria. Bu tip eng katta bo’lib, o’z ichiga 400 turkumni o’z ichiga oladi. Proteobakteriyalar orasida fototrof, xemotrof va getrotrof organizmlar bor va biogen migratsiyada muhim o’rin tutadi. Ular 5 sinf va 30 dan ortiq qabilalarga bo’linadi.
Spiroxetalar tipi Spirochaeta. Hujayrasi ingichka, uzun, mayin, uchi o’tkir, parmasimon buralgan, harakatchan bakteriyalar bo’lib, ularning barchasi parazit holda yashaydi.
BAKTERIYALAR DUNYOSI
Aktinobakteriyalar tipiActinobacteria (grek. actis–nur) o’zida ham bakteriyalar, ham zamburug’larning belgilarini qisman mujassamlashtirgan juda mayda organizmlardir. Turlarga boyligi jihatidan ajralib turadi va 150 dan ortiq turkumlari bor. Tuzilishi jihatidan bakteriyalardan yuqori turadi. Ularning spora hosil qiladigan vakillari ham bor. Bu tip vakillari tipik bakteriyalardan shoxlanishi va harakatli davrini kechirmasligi bilan farq qiladi. Vegetativ tanasi to’siqsiz mitseliydan iborat. Mitseliyning ipi zamburug’larnikidan ingichka bo’lib, uzunligi ba‘zan 600 mikronga boradi. Protoplastning tuzilishi tuban bakteriyalarnikiga o’xshaydi. Ular sitoplazma va yadroga ajralmaydi, tipik yadrosi ham bo’lmaydi. Vegetativ va jinssiz yo’llar bilan ko’payadi. Vegetativ ko’payishda mitseliysi uvalanib bo’lakchalarga ajraladi. Jinssiz ko’payishi sporalar vositasida amalga oshadi. Aktinobakteriyalar tuproq, suv, havo, o’simlik va hayvon qoldiqlarida ko’p tarqalgan. Ular 40 - 70°C issiqlikda bemalol yashay oladi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə