Bakteriyalarning tuzilishi, tiplari va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Suv o’tlari va ularning klassifikatsiyasi ppt


O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə2/14
tarix28.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#135288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bakteriyalardan sanoatda va qishloq xo`jaligida foydalanish

O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI
Tabiiy sistemalar sun‘iy sistemalardan ancha farq qilib, bunda klassifikatsiyalashda ko’plab belgilarning o’xshashligi va farqlariga asoslangan. Sistematik birliklarga biri-biriga o’xshash belgilarga ega bo’lgan organizmlar birlashtirildi. Tabiiy sistemalar taksonlar haqida ko’proq belgilarga asoslanib, qimmatli ma‘lumotlar berishi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga, ob‘ektni sistemadagi o’rniga qarab hali o’rganmasdan turib ham uning ayrim ehtimoliy belgi va xususiyatlari haqida fikr yuruitish mumkin.
Birinchi tabiiy sistemalar XVIII asr oxirlarida paydo bo’ldi. Fransuz olimli A.L.Jyusse (1748-1836) boshlab berdi. Natijada, Jyusse ishlarini: Fransiyada J.B. Lamark (1744-1829) va paleobotanik A.T. Bronyar (1804-1876), Angliyada D. Lindli (1799-1865), Avstriyada S. Endlixer (1804-1849), Rossiyada P. Goryaninov (1796-1805) va boshqalar davom ettirdilar. Shuningdek, jenevalik olim O.P. Dekandol (1778-1841), nemis olimi A. Braun (1805-1877) va nemis botanik olimi A. Eyxlerlar (1839-1887) ancha takomillashtirdilar.
O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI
Genealogik (filogenetik) sistemalar XIX asr oxirlarida paydo bo’la boshladi. Ularni yaralishida evolyutsion ta‘limot muhim rol o’ynadi. Filogenetik sistemada organizmlarning o’xshashlik va farqli belgilari, tarixiy taraqqiyoti, kelib chiqishi, o’zaro qarindoshlik munosabatlariga asoslangan. Ayniqsa, Engler, Vetshteyn, Xatchinson, Kronkvist, Taxtadjyan sistemalari ancha mashhur bo’lib keng tarqaldi.
O’simliklar sistematikasi - o’simlik turlarining xilma-xilligini va buning sabablarini o’rganuvchi fan bo’lib, o’z oldiga bir qancha vazifalarni qo’yadi. Shulardan o’simliklarni tasnif qilish va ularning rivojlanish tarixini tiklash asosiy o’rin tutadi.
O’simliklar sistematikasining yana bir vazifasi o’simliklarni o’rganishda turli usullardan foydalanishdir. Hozirgi zamon sistematikasi ma‘lum tur o’simliklardan, tasnif tuzish uchun, shu o’simliklarga oid to’plangan hamma ma‘lumotlardan foydalanadi. Bunda o’simliklarning paydo bo’lishini solishtirish (solishtirma-morfologik usul), ularning individual rivojlanishini o’rganish (ontogenetik usul), o’tgan geologik davrlarda o’sgan o’simliklar to’g’risidagi ma‘lumotlarni yig’ish (paleobotanik usul), o’simlik organlarining anatomik tuzilishini (anatomik usul) va har bir o’simlikning tarqalish hududini o’rganish (geografik usul) hamda yana bir qancha boshqa yordamchi usullarning ahamiyati kattadir.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə