Bakteriyalarning tuzilishi, tiplari va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Suv o’tlari va ularning klassifikatsiyasi ppt


Suvo’tlar tallomining morfologik differentsiasiyasi xillari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə13/14
tarix28.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#135288
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bakteriyalardan sanoatda va qishloq xo`jaligida foydalanish

Suvo’tlar tallomining morfologik differentsiasiyasi xillari:
A,B-monad shakllar; A-Chlamydomonas; B-Eudorina; V-palmelloid shakllar: 1-Hydrurus; 2- Chlamydomonas; G,D-kokkoid shakllar: G-Chlorella; D-Navicula; E-I-ipsimon shakl; E-Ulothrix; J-Oscillatoria; I-Bulbochaete; M-geterotrixal shakl. Stigoclonium; K,L-to’qimali shakllar; K-Ulva; L-Laminaria; N,S-sifonli shakllar; N-Caulerpa; P-Botrydium; S-Vaucheria; T,R-sifonokladal shakllar; T-Valonia; R-Cladophora.
SUVO’TLAR DUNYOSI
Evolutsiya jarayonida suvo’tlarning tallomi differtsiyallanib morfologik jihatidan har xil tuzilgan:
1.Monad tuzilgan tana xivchinlari faol harakat qiladi. Bundan xivchinli tuzilish bir hujayrali, senobiy va kollonial tuzilgan suvo’tlarida kuzatiladi.
2. Rizopodial yoki amyoboid shakldagi vegetativ tanada qattiq po’sti bo’lmaydi va amyobaga o’xshash sitoplazmatik soxta oyoqlar chqarib harakat qiladi.
3. Palmelloid yoki kapsal harakatsiz tuzilish bo’lib, umumiy shilliq bilan o’ralgan.
4. Kokkoid tuzilish ham harakatsiz bo’lib, po’st bilan o’ralgan, bir hujayrali yoki kolloniya bo’ladi.
5. Ipsimon (trixal) tuzilishda hujayralar oddiy yoki shoxlangan holda ipsimon bo’lib joylashgan bo’ladi va ko’ndalangiga bo’linib bo’yiga o’sadi.
SUVO’TLAR DUNYOSI
6. Geterotrixal yoki turli ipsimon tuzilish murakkab ipsimon bo’lib, ayrimlari muhitda yopishib o’ssa ayrimlari vertikal holda tikka o’sadi.
7. To’qimali (parenximatozli) tuzilish bunda ipsimon tallom ham eniga ham bo’yiga bo’linib parenximatozli plastinka ko’rinishidagi tallom hosil qiladi.
8. Soxta to’qimali (psevdoparenximatozli) tuzilishda ipsimon tallomlar bir-biri bilan qo’shilib yirik tallomni hosil qiladi.
9. Sifonal yoki sifonli tuzilishda vegetativ tallom hujayralarga bo’linmay, bitta hujayra va ko’p yadroli bo’ladi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə